O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


IV. Gap diktanti. Bunda yozib o’rganilgan gaplar emas,ularga o’xshash gaplar yozdiriladi. Gaplar miqdori ko’payib boradi


Download 2.32 Mb.
bet68/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
IV. Gap diktanti. Bunda yozib o’rganilgan gaplar emas,ularga o’xshash gaplar yozdiriladi. Gaplar miqdori ko’payib boradi.

Dastlab ikki so’zli, so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarining iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi:




Rustam rasm soldi. Baxrom nima qildi?
Baxrom futbol o’ynadi.
Shohnur Normo’min aka-uka.





11-MAVZU

Husnixat darslarini tashkil etish va husnixat darslarini rejalashtirish.

(ma’ruza 4-soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi

O’quv soati 2-soat

Talabalar soni: 60

O’quv mashg’ulot shakli

Axborotli ma’ruza



Ma’ruza rejasi



1.1-sinf husnixat darslarini rejalashtirish.
2. 2-sinf husnixat darslarini rejalashtirish.
3. Chiroyli yozuvga o’rgatish dars rejasi.

Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga 2-sinfda chiroyli yozuvga o’rgatish dars rejasi va yozuvga o’rgatish darsi ishlanmasi haqida ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari

Yozuvga o’rgatishning murakkab usullaridan biri hisoblangan “Harflarni bir xil balandlikda yozish” usuli haqida ma’lumot.

Bir chiziqli (katta yo’lli) daftarda harflarni bir xil balandlikda yozish chiroyli yozuvga o’rgatishning asosiy shartlaridan asosiysi ekanligi; katta yo’lli daftarda kichik harflar o’chami 3 mm,bosh harflar o’lchami esa 6-7 mm o’lchamda bo’lishi lozimligini aytib beradilar.

2-sinfda chiroyli yozuvga o’rgatish dars rejasi 11 qismdan iboratligi,yozuv qoidasi haqida ma’lumot.



Chiroyli yozuv qoidalari; harfning shaklini daftarga yozdirish; barbiya mashqlari o’tkazish; harfiyni qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yozishga o’rgatish; harfning boshqa harflar bilan bog’lanishini mashq qilish va uyga vazifa berish kabi yozuv darsi rejasini ayrib beradilar.

2-sinfda yozuvga o’rgatish darsi ishlanmasining tuzilishi: mavzu, darsning borishi va usullari haqida ma’lumot



Bir yo’lli daftarga yozish mashg’ulotlarining murakkabligi, yozuv darslarida ko’proq qo’l va barmoq mashqlarini tashkil etish,harflar qiyaligi va balandligini saqlash,yozuv darsi ishlamasi haqida gapirib beradilar.

O’qitish vositalari

UUM,ma’ruza matni,doska,,bo’r,latta

O’qitish usullari

Axborotli ma’ruza,blits-so’rov,aqliy hujum.

O’qitish shakllari

Frontal,jamoa ishi

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

O’g’zaki sovollar,blits so’rov.

Husnixat va uni o’qitish metodikasi ” fani “Husnixat darslarini tashkil etish va husnixat darslarini rejalashtirish ”mavzusi bo’yicha 11-muammoli ma’ruzaning texnologik xaritasi

Ish bosqich-
lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).
Reja:

1.1.Mavzu: Husnixat darslarini rejalashtirish uslubiyatining ilmiy va amaliy adabiyotlar obzori;
1.2. Maqsad: Mavzu haqida talabalarga ma’lumot berish, ularning shu mavzuga oid malakasini oshirish. Mashg’ulot muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish.

Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar

II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)

2.1.Talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi.
Bilimlarni faollashtirish savollari:
1.Husnixat darslarini tashkil etishda nimaga ahamiyat qaratish lozim?
2.Husnixat darslarini rejalashtirish manbai nima?
3. Yozuv darsi ishlanmalarni rejalashtirishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim?
2.2.Taqdimot yuklaydi, muammoni yechishning eng maqbul tuzilmaviy- mantiqiy chizmasini daftarga ko’chirib olishini aytadi va yakuniy xulosa qiladi.

Savollarga javob beradilar

Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar


Savollarda aks etgan har bir mayda muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, xulosa chiqaradilar.



III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)

3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlar kasbiy faoliyatda ahamiyatga ega ekanligi talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2.Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beradi: Tavsiya etilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar bilan yaqindan tanishish

Tinglaydilar

Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar






Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling