O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 264.51 Kb.
bet1/12
Sana13.09.2023
Hajmi264.51 Kb.
#1677179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Samandar amaliyot uchun hisobot oxiri1


___ ___ ___2022y.
______________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI


"IQTISODIYOT" FAKULTETI

MENEJMENT”KAFEDRASI


H I S O B O T I
Bajardi: MN-321 guruh talabasi
Soatov Samandar
Rahbar: Abdumannanov B. M.
Samarqand-2022
Kirish

  1. “O‘z Milliy bank" AJ bosh offisi faoliyatining umumiy tasnifi

  2. “O‘z Milliy bank" AJ bosh offisi faoliyatini reglamentlovchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar

  3. “O‘z Milliy Bank" AJ Qumqo‘rg‘on filialining amaliyot o`talgan bo`lim faoliyati va ko`rsatkichlari

  4. “O‘z Milliy Bank" AJ Qumqo‘rg‘on filiali faoliyatini bank operatsiylari tahlili

  5. “O‘z Milliy Bank" AJ bosh offisi faoliyatini rivojlantirish istiqbollari

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Men 2022-yil 13-iyun kunidan 9-iyul kunigacha “O‘z Milliy bank AJ” Qumqo‘rg‘on filialida tanishuv amaliyotimni olib bordim, amaliyot davomida hayotiy konikmalar banklarning davlatimiz ushun muhim omil bo‘lib xizmat qilishini o‘rgandim. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Respublikamiz hukumati mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashni o’z oldiga muhim vazifalardan biri sifatida qo’ydi. Bunda asosiy e’tibor murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ko’zda tutgan holda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu harakatlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va dunyo bozori kon’yunkturasini hisobga olib, mamlakatimizning jahon mehnat taqsimotida o’ziga xos mavqeni egallashiga yo’naltirildi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;Korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;Tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.Bu harakatlarning asosiy maqsadi xalqimiz turmush tarzini yaxshilash, davlatimizni har tamonlama shakllantirib, rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishdir. Buxgalteriya fanining vazifasi – talabalarga bank buxgalteriyasini tashkil etishning nazariy, xuquqiy, tailiy asoslari haqida bilimlari berish, tijorat banklarida buxgalteriya xisobini yuritish halqaro standartlari asosida yuritishni tashkil qilish, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini o’rganishdan iborat. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy maqsadi ham zarur bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir. Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajasi: - banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, hujjatlashtirish, xujjatlar aylanishi va bank nazorati, Bosh va yordamchi hisob-kitoblar bo’yicha sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va hisobi, qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarning rasmiylashtirilishi va hisobi, banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtirilishi, qisqa muddatli kredit operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobini: -talaba kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish, bank ichki, daromadlar va xarajatlarning rasmiylashtirilishi va hisobi, tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari to’g’risida; - talaba tijorat banklarining yangi hisobvaraqlar rejasi bo’yicha hisob va buxgalteriya o’kazmalarini jahon andozalari asosida bajarilishini, tijorat banklarining buxgalteriya hisobini amalga oshirishda qo’llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va hujjatlarning aylanishi, tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari bo’yicha tasavvur va malakaga ega bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shartsharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” Qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami.T.: “Sharq”, 20014 y. 23 b. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev. 20.04.2017 yildagi Qarori bilan “2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish” dasturidan - “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan. 1

  1. O‘z Milliy Bank AJ”bosh offisi faoliyatining umumiy tasnifi va tuzulmasi

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ o‘z faoliyatini 29 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biriga aylandi. Ushbu moliya instituti faoliyatining barqarorligi “Standard & Poor’s”, “MOODY’S”, “Fitch” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari baholari bilan tasdiqlaniladi.
2020 yil 9 iyun kuni “Standard & Poor’s” agentligi O‘zmilliybankka "Salbiy" prognozi bilan BB-/B darajasida kredit reytingini taqdim qildi. Ushbu “Salbiy” prognoz agentlik tomonidan O‘zbekistonning suveren reytingi prognozi yil boshida qayta ko‘rib chiqilgani hisobida berilgan.
2020 yil 28 iyul kuni “MOODY’S” agentligi O‘zmilliybankiga "B1" darajada milliy valyutada va "B2" darajada xorijiy valyutada uzoq muddatli reyting depozitlarini taqdim etdi. Depozitlar reytingi bo‘yicha prognoz - "barqaror" bo‘lib, bu yaqin 12 oy davomida O‘zmilliybankning barqaror bozor pozisiyasini va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.
O‘z navbatida, Fitch Ratings agentligi 2020 yil 19 avgust kuni emitent defolti bo‘yicha O‘zmilliybankka "Barqaror" prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli reyting va "B" qisqa muddatli reytinglarni taqdim etdi. "Barqaror" prognozi suveren reyting bo‘yicha prognozni aks ettiradi.
"O‘z Milliy Bank" AJ Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan 107 ta filiali orqali iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga hamda aholiga turli bank xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov buyrig‘i asosida shakllangan "O‘zbekiston Milliy Banki” Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 27 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bankning Respublikamizning barcha viloyatlarida bir nechtadan filiallari mavjud bo‘lib, xalqimizga holis xizmat qilib kelmoqda. Barcha bank filiallari juda qulaylik bilan jihozlangan bo‘lib bu yedagi xizmat ko‘rsatishning qulaylik darajasini yanada oshirmoqda. Shuningdek 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.

Download 264.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling