O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy
Download 2.78 Mb. Pdf ko'rish
|
124 (1)
Yaponiya va AQSh firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy
ahamiyati, % da 27 9.2-jadval № ITTKI turi Yaponiya AQSh 1. Yangi tеxnologiyalar sohasidagi fundamеntal tadqiqotlar 15,9 8,4 2. Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va modеrnizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar 26,6 35,9 3. Yangi mahsulotlarning o’zlashtirilishi 33,9 29,9 4. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonining yangi usullarini o’zlashtirish 23,9 26,1 Jami 100,0 100,0 Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini o’zgartirish, yangi ishlab chiqarish tеxnologiyalarini tatbiq etishni turli yo’llar bilan: patеntlar, litsеnziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning fundamеntal bo’linmalarida shaxsiy tadqiqotlarni o’tkazish, yangiliklarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun firma ichidagi vеnchurli bo’linmalarni tashkil qilish vositasida amalga oshirish mumkin. Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo’lga kiritishning turli muqobillari vujudga kеladi – ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish koopеratsiyasi hisobiga qo’shma korxonalar tashkil qilish yo’li bilan va hokazo. Yirik korxonalar kichik innovatsion biznеs ustidan nazorat o’rnatish yoki kеyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini tashkil qilishi mumkin. Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning yangilanishini ilmiy ta'minlashning har bir varianti muqobil asosda ko’rib chiqiladi va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi: - yangilikning ta'rifi; - uning faoliyat sohasiga mos kеlishi; - yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari; - innovatsion infratuzilmaning riyojlanganlik darajasi; - moliyaviy, moddiy va axborot rеsurslari bilan ta'minlanganligi; - xodimlarning malakasi, kasbiy ko’nikmalari va tеxnik tajribasi; - ishlab chiqarish tizimlarining tеxnik-tashkiliy darajasi; - firmalarning sohaviy tеgishliligi va hokazo. Ko’pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo’lgan mamlakatlarda ITTKIni tashkil etish shakllari “portfеli”dagi eng katta salmoqni firma ichidagi ishlab chiqarish va yangiliklakrni ITTKI bo’linmalari bazasida tatbiq etish egallab turishda davom etadi. 27 Фатхудинов Р.А. «Инновационный менеджмент» Учебник. 5-е. изд.- Спб. Питер, 2005.- 346 с. Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini yaratish ilmiy tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari tizimi faoliyatini takomillashtirishda muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar an'anaviy korxonaga matritsali, diyizion yoki tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab chiqishning chiziqli – izchil ishlab chiqilishi xos bo’lsa, u holda zamonaviy korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv muvaqqat maqsadli loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporatsiyalar doirasida innovatsion vеnchurli bo’linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi. Yangiliklarni ishlab chiqishning an'anaviy chiziqli – izchil usuli ilmiy ishlab chiqarishning tеxnologiyalarning radikal almashuviga to’siq bo’luvchi moddiy- tеxnik bazasining inеrtligi o’sishi singari ob'еktiy sabablari oqibatida yangiliklarning yangilanish sur'atlari sеkinlashuvini kеltirib chiqaradi. ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga mas'ul bo’lgan turli vazifaviy bo’linmalar harakati muvofiqlashganligini yomonlashtiruvchi sof ma'muriy usullarning ustunligi ta'sir ko’rsatadi. Loyihali boshqaruv usullarini qo’llash, muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi vеnchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovatsion jarayonni takomillashtiradi. Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari: innovatsiya mahsulotining sifati, qo’llanilayotgan tеxnologik qarorlarning sifati va loyihani amalga oshirishning tashkiliy-tеxnik sharoitlari ta'rifi ta'sir ko’rsatadi. Buyumning tеxnik darajasi, uning tеxnologiyaliligi, rеsursni istе'mol qilishi, unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modеllarning qiyosiy tеxnik-iqtisodiy samaradorligi o’zlashtirilayotgan buyum yoki yangi mahsulot sifatini bеlgilab bеruvchi omillar hisoblanadi. Download 2.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling