Otkritie innovatsii: Sozdanie pribilnix texnologiy (per.s angl. Egorova V.N.).
Chesbro G., 2007
Hozirgi, borgan sari global bo’lib borayotgan, dinamik o’zgarayotgan
bozorda kompaniyaning innovatsiyalarni ijodiy tadbiq etishi, olishi ularni tijorat
foydalanishigacha yetkaza olishi va yuqori foyda ola bilishi asosiy raqobat
afzalliklarining biri bo’ladi. Kitobda aqliy mulkni himoyalash va qo’llashni
borishida ko’proq uchraydigan har xil qiyinchiliklar, tuzoqlar va mushkul ahvollar
ko’rsatib berilgan. Yangicha yondashishlar izohlab berilganki, ular yordamida,
hatto patent olmay turib ham, o’z aqliy mulkini ishonchli va nisbatan kichik
harajatlar bilan himoyalash mumkin. Kitob top. menejerlar, ITTKI va ishlab
chiqarishni tashkil qilish bo’yicha mutaxassislar, maslahatchilar, tahlilchilar,
aspirantlar va talabalarga mo’ljallangan.
Koen D. «Sut peremen. Putevoditel: Instrumenti i taktika rukovodstva
preobrazovaniyami v kompanii», 2007
Deloitte Consulting LLC kompaniyasi rahbari Den S. Koen tomonida “Sut
peremen” bestseller (eng ommaviy kitob)ni riyojlantirishda yozilgan kitob
o’quvchilarni aniq qurollar, shablonlar, maslahatlar va g’oyalar bilan
qurollantiradi, ular o’quvchilarga o’z kompaniyalarida barqaror o’zgartirishlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradilar. Bundan tashqari, yetakchi
islohatchilar jamoalari oldida turgan vazifalarni batafsil ochib beradi, tashkilotdagi
muammolarni belgilash va kamchiliklarni aniqlash uchun savolnomalar taklif
qilinadi, kompaniyadagi o’zgartirishlarni qanday mustahkamlash haqida hikoya
qilinadi. Bu qimmatli qo’llanma bosh direktorlar, rahbarlar va menejerlarga –
tashkiliy o’zgartirishlar zaruriyatiga duch kelgan barcha shaxslarga mo’ljallangan.
Kitob yana o’qituvchilar va talabalarga ham foydalidir.
202
Do'stlaringiz bilan baham: |