O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/126
Sana18.09.2023
Hajmi2.78 Mb.
#1680662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
124 (1)

 
 
SamDU ilmiy kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 6-sonli qarori bilan nashrga ruxsat 
berilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Samarqand Davlat universiteti , 2021 yil 
 


KIRISH 
Bugungi kunda ko`plab riyojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o`rin 
tutadigan 
mamlakatlar 
tajribasi 
shuni 
so`zsiz 
isbotlab 
bermoqdaki, 
raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda 
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o`zgartirish va diyersifikatsiya 
qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va 
ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal riyojlanishini ta`minlash, faoliyat 
yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini 
tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga
ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy 
etish O’zbekiston Respublikasi jadal riyojlanishining muhim sharti hisoblanadi. 
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va 
jadal sur’atlar bilan riyojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda 
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasida eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar 
ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika 
infratuzilmasini, tadbirkorlikni riyojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun 
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini 
riyojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal riyojlantirish nazarda tutilgan. 
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan riyojlanayotgani
islohotlarni mamlakatimizning jahon siyilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish 
yo’lida tez va sifatli ilgarilanishini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion 
g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni 
taqozo etadi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi 
tushunchalar bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot 
tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o`rnashib olmoqda. Riyojlangan 
mamlakatlarda korxonalarning raqobatdoshliligini oshirishda, bozorda mavqeini 
mustahkamlashda va xaridorgir maxsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim 
omillardan biri hisoblanadi.Innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarishda yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot turini o`zlashtirish, yangi yoki takomillashtirilgan 
texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste`molchilar uchun yoki maxsulot 
raqobatdoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo`lgan maxsulotlar 
ishlab chiqarish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi u yoki 
bu sub`ektning innovatsion riyojlanish maqsadi yo`nalishidan kelib chiqib, o`zida 
turli usul va vositalar yig’indisini mujassamlashtiradi. Innovatsion sohadagi 
boshqaruv qarorlarining natijaviy tayyor maxsulotga aylanishini ta`minlovchi 
samarali mexanizmni ishlab chiqish milliy korxonalarimizning bugungi kundagi 
dolzarb masalalaridan biridir. 


Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga 
oshirishdan iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro 
bog’langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, 
foydalanilgan o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ladi. Zamonaviy innovatsion 
jarayonlar murakkab bo’lib, ularning riyojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi 
lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan 
shug’ullanuvchi mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi.Chunki bozor 
iqtisodiyoti rahbarlar va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar 
tashkilotlarni riyojlantirishning samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga 
oshirish zaruruyati bilan bog’liq bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv 
munosabatlarini tushunuvchi mutaxassislargina hal qilishadi. 
"Kadrlari menejmenti" ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanayotgan bo’lajak 
mutaxassislar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda innovatsion menejment 
tizimini tashkil etish va riyojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniq baholay 
olish, innovatsion menejment tizimining boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqasini 
ta’minlash, innovatsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish, xodimlar tomonidan 
innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishiga erishish va boshqa shu kabilarni 
o’rganishda “Innovatsion menejment” fanining ahamiyati kattadir. 
“Innovatsion menejment” fanining maqsadi talabalarga innovasion faoliyat 
tajribalari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish haqida tushuncha berib, ishlab 
chiqarish kollektiyi boshqarishning obyekti va subyekti sifatida, rahbar mehnat 
jamoasining asosiy boshqaruvchisi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat 
jamoalarining boshqarishda mehnatkashlarning o’z-o’zini boshqarishdagi 
innovatsion 
munosabatlari, 
hozirgi 
davrda 
innovatsiyalarni 
moddiy 
rag’batlashtirishning aspektlari, mehnat jamoasida innovatsion iqlimni boshqarish, 
innovatsion menejmentning chet el tajribasini o’rgatishdan iborat. 
Bugungi yangi xo’jalik yuritish sharoitida yangiliklar (innovatsiyalar) ni 
boshqarish aspektlari, boshqaruv tizimida innovatsiyalarni prognozlash va 
rejalashtirish, innovatsion boshqaruvda qarorlarni ishlab chiqish va tadbiq etish 
usullari, innovatsion boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash, innovatsion 
boshqaruvda ilmiy tadqiqotlarning roli, jamiyatda innovatsion boshqaruvning 
nazariyasi va boshqalarni talabalarga o’rgatish “Innovatsion menejment” fanining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Ushbu o’quv qo’llanma Davlat oliy ta’lim standarti talablariga muvofiq 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Uniyersitetida “Innovatsion menejment” fani bo’yicha 
ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan 2015 yil 8 iyulda tasdiqlangan va 2015 yil 1 iyulda № BD 5230200-
2.10 bilan ro’yxatga olingan O’quv fan dasturiga muvofiq tayyorlangan “Kadrlar 
menejmenti” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq “Innovatsion menejment” 
fani shu yo’nalaishdagi 2-kurs talabalari uchun iy semestrida 34 soat ma’ruza va 
34 soat amaliy mashg’ulotlar shaklida o’tiladi. 
O’quv qo’llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij 
tajribasi, innovatsiyalarni boshqarishning ilmiy asoslari, tashkilot xodimlarini 
boshqarish, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari 


tavsiflangan fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash 
shuningdek, innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish hamda innovatsion 
loyihalarga talablari bayon etilgan.Har bir mavzu so’ngida nazorat va muhokama 
uchun savollar berilgan. 
“Innovatsion 
menejment” 
fani 
boshqaruvchi-mutaxassislar 
bilimini 
shakllantiruvchi bazaviy fanlardan biri hisoblanadi va “Menejment”, “Iqtisodiy 
nazariya”, “Marketing”, “Mikroiqtisodiyot”, “Tadbirkorlik asoslari” kabi 
umumiqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. 
Mеnеjmеnt mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mеhnat sarmoyalar va boshqalar kabi 
rеsurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday nuqtai nazar asosida 
innovatsion mеnеjmеnt – bu innovatsion faoliyat, uning rеsurslari, yangiliklarini 
ishlab chiqish va tadbiq etishda ijtimoiy – iqtisodiy riyojlanishning eng muhim 
omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida 
ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir. 

Download 2.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling