O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.78 Mb. Pdf ko'rish
|
124 (1)
Qisqacha xulosalar:
Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Tabiatni va jamiyatni riyojlanishi sohasida yangi bilimlarni olish, ularni qo’llashning yangi sohalari; Ishlab chiqarish sohasida strategik marketing bosqichida ishlab chiqilgan tashkilot tovarlari raqobatbardoshligining me’yorlarini materiallashtirish imkoniyatlarini nazariy va eksperimental tekshirish; Yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda amalga oshirish. Patent – bu mualliflikni tasdiqlovchi va uning egasiga kashfiyotga favqulodda huquqni beruvchi hujjatdir. Litsenziyalashtirish texnologiyalar bilan savdoning o’z ichiga patent, litsenziya, nou-xau va x.k bilan bitimlarni oluvchi asosiy shakllaridan biridir. Litsenziya – ayrim shaxslar yoki tashkilotlarga patent bilan himoyalangan kashfiyot, texnik vazifa, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik sirlari, tovar belgisidan foydalanishga ruxsat berishdan iboratdir. Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi kontseptsiyasi (Project Management) jadallik bilan kirib kelmoqda. Bu kontseptsiyaning asosini loyihaga vaqt va mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq har qanday tizimning dastlabki holatini o’lchash sifati qarash tashkil qiladi. Innovatsion loyiha – innovatsion jarayonlarni masofada va vaqtda tashkil qilish muammosini hal qilish bo’yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlar tizimini belgilab beruvchi hujjatlar yig’indisidir. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish uchun savollar: 1. ITTKI ning asosiy vazifalarini sanab bering. 2. ITTKI qanday bosqichlardan tashkil topadi? 3. Izlanish tadqiqotlari amaliydan nima bilan farqlanadi? 4. ITTKIni takshil qilish hujjatlarining qanday tizimiga suyanadi? 5. Patentlarning innovatsion faoliyatdagi roli qanday? 6. Aqliy mulkning qanday ob’ektlari O’zbekiston Respublikasining Patent Qonuni tomonidan himoyalanmaydi? 7. Litsenziyalashtirish nimadan iborat? 8. Litsenziyalar qanday turlarga bo’linadilar? 9. Innovatsion loyiha qanday bo’limlardan tashkil topadi? 10. Innovatsion loyihani amalga oshirish mexanizmi qanday? 11. “Innovatsion loyiha ekspertizasi” tushunchasi qanday elementlarni o’z ichiga oladi? 12. Innovatsion loyihalarning ekspertizasi qanday tamoyillar asosida o’tkaziladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling