8-rasm. Dastakli chilangarlik arrasi: 1- ramka (stanok); 2 - quyruq;
3 - dasta; 4 - arra polotnosi; 5 - shtift; 6 - tortuvchi vint; 7 - quloqli gayka
Metallni arralash jarayoni sortli prokatni arra yordamida boiaklarga ajratishdan iborat chilangarlik operatsiyasidir.
Freza - metall va metallmas materiallardan tayyorlanadigan buyumlar va zagotovkalaming shakldor yuzalariga ishlov berish, tish, rezba o‘yish va boshqa operatsiyalami bajarishda ishlatiladigan ko‘p tigii kesuvchi asbob. Ularmahkamlanishusuli, shakli, konstruksiyasiga va tishlar yo‘nalishiga ko‘ra turlicha boiadi (9-rasm).
9-rasm. Frezalar turlari: a) silindrsimon; b) diskli; d) bo‘rtgan; e) pazli; f) qabariqli; g) burchakli; h) qirquvchi; i) uchli
Ko‘p tigii asbob sifatida frezaning har bitta tishi keskich vazi- fasini bajarib, qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish qatnashib, qolganlari shu payt ichida sovib ulguradi. Shunday qilib frezalar tishi navbatma-navbat ishlaydi.
Metallami qirqishda kesuvchi asbob sifatida zubilo va kreys- meyseldan, zarb berish asbobi sifatida esa chilangarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. Kreysmeysel - qattiq materiallarga ishlov beriladigan ensiz zubilo.
2-savol. Zubilo, otvyortka va omburlar haqida tushuncha berish.
2-ilova
Zubilo - metallami qirqishda kesuvchi asbob sifatida zubilo-pona- simon chilangarlik asbobi bo‘lib, metallni kesish, tunukadan zagatovka qirqib olish, teshik va ariqchalar ochish, metall sirtidan g‘adir-budurlami tozalashda ishlatiladi. Chilangarlik zubilosi - dastakli kesuvchi asbobdir (10-rasm). Zubiloning o‘rta qismidan ko‘ndalang kesimining yuzasi oval shaklida boiadi.
Bunday shakldagi zubilo ishlatish uchun qulaydir, chunki u qoida sirg‘alib va aylanib ketmaydi.
10-rasm. Chilangarlik zubilosi. 1. Tig‘. 2. Ishchi qism. 3. O‘rta qism. 4. Kallak
Zubilo tigining kengligi 5 mm dan 25 mm gacha pona shaklida cho‘ziladi va shundan so‘ng kerakli darajada o‘tkirlik burchagi yo‘niladi. Zubiloning zarb beriladigan qismi, ya’ni kallagi odatda konussimon qilinadi va bo‘rttiriladi. Mana shu shakl zubiloning bolg‘a zarbiga chidamliligini oshiradi.
Otvyortka shuruplami burab oladigan yoki mahkamlaydi- gan asbob. Otvyortkalar vazifasiga ko‘ra va tuzilishigi ko‘ra turli ko‘rinishda boiadi (11-rasm).
11-rasm. Otvyortkalar
Mixlab biriktirilgan buyumlami qismlarga ajratishda va noto‘g‘ri qoqilgan mixlami sug‘urishda chilangarlik omburidan yoki mix sug‘urgichlardan foydalaniladi (12-rasm).
12-rasm. Chilangarlik omburlari: 1 - yassi qisish qismi; 2 - silindr shakldagi buyumlami mustahkam tutib turish uchun mo‘ljallangan yoysimon qism;
3 - kesuvchu tigiar; 4 - yumaloq kesimli simlami qirqish ucnun o‘yiqcha
Do'stlaringiz bilan baham: |