Uchuvchisiz uchish аpparatlarining tuzilishi


Download 0.71 Mb.
Sana20.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1216408
Bog'liq
2-Амалий Машғулот УУА (2)


Uchuvchisiz uchish аpparatlarining tuzilishi
Multicopterlarda doimiy vintlar (parraklar) soni juft (4 dan 12 gacha) bo’ladi, (bitta va ikkita vintli qurilmalar yo'q). Har bir vint o'z dvigateliga ega va u yordamida boshqariladi. Vintlarning yarmi soat yo'nalishi bo'yicha, yarmi soat yo'nalishiga teskari aylanadi, shuning uchun multikopterning quyruq rotori kerak emas.
1-Rasm: Elektron qismlarni bir-biriga bog’lanishi.

Multikopterlar parraklar aylanish tezligini o'zgartirish orqali boshqariladi. Masalan, barcha vintlar (parraklar) ni aylanish tezligini ko’paytirish - ko'tarish; bir tomondagi vintlarni aylanish tezligini ko’paytirish va boshqa tomondagi vintlarni aylanish tezligini kamaytirish - yon tomonga harakatlanish; soat yo'nalishi bo'yicha aylanadigan vintlarni aylanish tezligini ko’paytirish va soat yo'nalishiga teskari aylanuvchi vintlarni aylanish tezligini kamaytirish-burilish.


Mikroprotsessor tizimi radio boshqaruv buyruqlarini dvigatel buyruqlariga aylantiradi. Barqaror harakatlanishni ta'minlash uchun multikopterlar uchta giroskop bilan jixozlangan. Yordamchi vosita sifatida ba'zida akselerometr ham ishlatiladi, bu ma'lumot protsessorga mutlaqo gorizontal holatni o'rnatishga imkon beradi va bosim sensori qurilmani kerakli balandlikda muallaq turishini ta’minlaydi.



2-rasm. Uchuvchisiz uchish аpparatlarining tuzilishi
1 - буриш мосламаси ва камера; 2 - визуал жойлаштириш тизими; 3 - хотира картаси уяси; 4 - Micro-USB порти; 5 - камера ҳолати (индикатори); кўрсаткичи; 6 - олд светодиодли (индикатори) кўрсаткичлари; 7- электродвигателлар; 8 – винтлар; 9 –учиш аппарати ҳолатини кўрсатувчи индикаторлар; 10 – антенналар; 11- интеллектуал аккумулятор батареяси; 12- қувват тугмаси; 13 – аккумулятор қувват миқдорини назорат қилиш индикатори; 14 - Тизимни ишга тушириш тугмаси; 15 - камернинг Micro-USB порти.
Giroskop - bu tez aylanadigan qattiq jism, uning aylanish o'qi fazodаgi yo'nalishini o'zgartirishi mumkin.
Akselerometr - bu ob'ektning nol holatidan siljishi bilan hosil bo'lgan tezlashishini o'lchashga qodir bo'lgan qurilma. Akselerometr yon tomoga siljish sodir bo'lgandagi tezlanishni o'lchash uchun ishlatiladi va Yerning tortishishidan kelib chiqadigan tezlanishni o'lchaydi. Akselerometrlarning bu xususiyatlari va konstruksiyasining soddaligi ularni mobil qurilmalarda foydalanishga imkon beradi. Akselerometrlarning asosiy bajarishi mumkin bo'lgan funktsiyasi - qurilmaning reaktsiyasi fazodagi yo'nalishini o'zgartirish (displeyni aylantirish, silkitish, zarbalardan himoya qilish), ya’ni kerakli vaqtda ekranni kerakli vaziyatga aylantirishga imkon beradi bu esa foydalanuvchiga qulay; qurilmaning pedometr sifatida ishlashini ta'minlash; display qurilmaning fazodagi joriy holatini ko’rish imkonini beradi. Zamonaviy mobil telefonlar, navigatorlar, pleyerlar, sportchilar uchun ixcham kompyuterlar, o'yin pristavkalari uchun pultlar va boshqa moslamalarda qo’llash) mumkin.
Shuningdek, avtomatik qo'nish va past balandlikni ushlab turish, shuningdek to'siqlar atrofida uchish uchun ishlatiladi. Va eng muhimi, boshqaruv radio signalini yo'qotganda yoki parvoz parametrlarini zudlik bilan qabul qilishda parvoz yo'nalishini kompyuterdan oldindan yozib olishga, shuningdek UUAni uchish joyiga qaytarishga imkon beruvchi GPS mavjud.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling