O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet29/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Taqachilik. Ot, xachir va eshakning oyog‘iga qoqiladigan taqani yasash bilan shug‘ullanuvchi kishilaming kasb-kori.
Kandakorlar. Miskar, rixtagar ustalar tomonidan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlari, qurollar va boshqa metall buyumlami o‘yma naqshlar bilan bezatib, osoriatiqaga aylantirganlar.
Misgarlik. Miskarlik atamasi mis idishlami yasash kasbi ma’- nosida, naqqosh miskarlik termini esa mis idishlami bezash kasbi ma’nolarida qo‘llangan. Naqqosh miskarlar mis idishlami ikki: o‘yma va so‘qma usulda naqshlaganlar. Mis idishlarga o‘yilgan va so‘qilgan badiiy naqshlar kompozitsiyasining ba’zan g‘oyat murakkabligi va ko‘rinishining go‘zalligi bilan ajralib turgan.

1-savol. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi haqida ma’lumot berish.
1-ilova
Mis buyumlarining turlari:
Lavxo‘ri - oval simon yoki to‘rtburchak mis laganlaming lablari yon tomonga qayrilgan bo‘ladi. Bu laganlar o‘simliksimon, geometrik va ramziy naqshlar bilan juda nafis qilib bezatilgan.
Dulava - tuxumsimon yoki to‘rtburchak shakldagi mis laganlaming yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgani. Bu laganlar ham juda chiroyli qilib ishlangan.
Yuz, qo‘l yuvishda dastsho‘y va oftobalar ishlatiladi. Suv keltirish uchun satil, suv olish uchun sarxum, non isitish uchun nondon va boshqa ro‘zg‘or buyumlari shaklining o‘ziga xosligi har bir vohalarda o‘ziga xos tuzilishga ega.
Sarxum - katta xumlardan suv olishda ishlatiladigan mis idish shakli krujkaga o‘xshash, lekin uning hajmi katta, bandi esa juda chiroyli boiadi. Sarxumni quyib yoki yasama usulda yasaladi va bezaladi.
Shabaka - mis idishlarga mayda qilib teshib ishlangan panja- ra. Toshkentda «Sumbamo» deb yuritiladi. Shabaka bu miskarlikda texnikaviy uslub hisoblanadi.
O‘sma jo‘shak - o‘sma ezish va qosh bo‘yash uchun hamda tur- li bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladigan mis idishcha. Bu idishchani uchta oyogl hamda dastasi boiadi. O‘sma jo‘shakni kandakor isli- miy naqshlar bilan bezagan. O‘sma jo‘shak uzum bargi shaklida ham boiadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling