O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet28/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Vizual materiallar
1-savol. Metallga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari haqida ma’lumot berish.
1-ilova
Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga badiiy ishlov berish me­xanik usulda (o‘ymakorlik, zarb qilish) hamda himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash (sirlash, zarhallash, kumush bilan hallash) usullari bilan amalga oshiriladi.
Qadimdan o‘ymakorlik metallarga badiiy ishlov berishning keng tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. O‘ymakorlikda muayyan shakllar va naqshlar zagotovkaga o‘yib tushiriladi.
Zarb qilish - buyumga sovuqlayin ishlov berish, ya’ni shtamp yoki o‘yma tasvirga bolg‘a bilan zarb berish yo‘li bilan bo‘rtma tasvir hosil qilish jarayoni. Zarb qilish mexanizatsiyalashtirilgan yoki qolda ish­lov berish orqali amalga oshirilishi mumkin. Zarb qilinadigan material sifatida odatda oltin, kumush, mis, aluminiy kabi metallardan foydala­niladi.
Sirlash juda qadimdan qoilanilib kelingan bezash elementi bo‘lib, u metall yuzasiga tez eruvchan, murakkab tarkibli shishani qoplash yoii bilan amalga oshiriladi. Sirlashda qollaniladigan emallar issiq va sovuq, shaffof va rangli bo‘lishi mumkin.


2-savol. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida tushuncha berish.

2-ilova


Ma’lumki, har bir kasb-hunaming o‘ziga xos atamalari, nom- lari mavjud. Mazkur atama va nomlar bilan bogliq bo‘lgan tarixiy ma’lumotlami o‘rganish shu kasb-hunami paydo bo‘lishi va rivojla- nishi hamda jamiyatda tutgan o‘mi, ahamiyati haqida fikr yuritish- ga asos bo‘la oladi. O‘tmishda metallsozlik kasbining degrezlik, temirchilik, pichoqchilik, chilangarlik, taqachilik, qulfgarlik, anjoma- sozlik, ignachilik, mixgarlik, miskarlik va zargarlik singari sohalari boigan. Bu sohalaming yuzaga kelish tarixi juda qadimiy boiib, ular maxsus terminlar bilan ataladigan o‘ziga xos xomashyolari, ishlab chi- qarish kurslari, texnologiyalari bilan ajralib turgan.
Metallardan yasaladigan buyumlami - moddiy hayot vosita- larini ishlab chiqarish uchun darkor boigan ish qurollari; kunda- lik hayotda ishlatiladigan buyumlar, ro‘zg‘or asbob-anjomlari; turar joy qurish uchun zarur boigan metall buyumlar; mudofaa qurollari; bezak ashyolarini ishlab chiqarganlar. Xalq hayotida alohida ahamiyat kasb etgan yuqorida qayd qilingan ayrim tarmoqlari shu sohalar bilan shug‘ullanuvchi kishilar turadigan joy, maskanlarda toponimlar shakli- da saqlanib qolgan. Quyida shular xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Degrezlik. Omoch tishi, ketmon, belkurak, obdasta yasash, shuningdek, qozon quyish ishi kabilar bilan shug‘ullanish jarayoni. Bu ishlar degrez (bosh usta; do‘konda texnologik jarayonni boshqa- ruvchi; xomashyoni tayyorlovchi va tayyor mahsulotni sotuvchi), xal- pa (yordamchi usta), damgar (cho‘yanni eritish vaqtida damni bosib, unga shamol haydab beruvchi ishchi), quyuvchi (erigan cho‘yanlami maxsus qoliplarga ketma-ket quyuvchi usta) tomonidan bajarilgan.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling