Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
4- MATERIALLAR VA XARITALAR
Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari MATERIALLAR VA XARITALAR MATERIALLAR TURI VA MUHARRIRIDA ISHLASH Material tushunchasi. Odatda material bu uch o‘lchovli modelga qo‘yilgan tasvir. Bunday fikrlash noto‘g‘ri, material ichida modelga qo‘yiladigan tasvir Map (Xarita) deb ataladi, material esa bu keng tushuncha. 3ds Max dasturida material tushunchasi obyektning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlar to‘plami, bu nafaqat materiali haqidagi ma’lumot, balki jilvalanganligiga qaytaruvchanlik xususiyati, tiniqlik, relyefliligi, shulalanishi va boshqa ko‘pgina ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotdir. Bunday ko‘p ko‘rsatkichlar hohlagan materialni xususiyatlarini ta’riflashi uch o‘lchovli modelning materialining aniq tashqi ko‘rinishini ko‘rsatish imkonini beradi. Mahorat bilan foydalanilgan material sahnaning haqiqiy, tabiiy chiroyiga erishiladi. Materialdan aql bilan foydalanilsa, modellashtirishning birinchi bosqichidagi ba’zi hatoliklarni, noaniqliklarni berkitishga yordam beradi. Uch o‘lchovli modellar singari, materiallar har xil turda bo‘ladi. Materiallarning ko‘pgina turlari mavjud. Materialning aniq turini tanlash material ko‘rsatkichlarining yig‘indisiga bog‘liq. Material turi va tahririda ishlash. 3D dasturida material ustida ishlash maxsus Material Editor (Materiallar tahriri)da amalga oshiriladi. Materiallar tahriri bu alohida panel bo‘lib, unda materialni yaratish va tahrirlash uchun barcha uskunalar yig‘ilgan. Tahrirni chaqirish uchun asosiy uskunalar panelida Material Editor (Materiallar tahriri) tugmasi bosiladi yoki “M” tugmani (“Material” so‘zining birinchi harfi) Material Editor oynani chaqirish tugmasi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling