Tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash. Reja


Download 23.76 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi23.76 Kb.
#1731942
  1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza sahnalshtirish


11-MAVZU: MTTDA TABIIY VA TASHLANDIQ MATERIALLARDAN
TURLI O‘YINCHOQLAR YASASH.
Reja:
1.Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari.
2.Tashlandiq buyumlardan o‘yinchoq yasash.
3.Tashlandiq buyumlardan o‘yinchoq yasashga o‘rgatish axamiyati.
1.Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari.
Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiva uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari. hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e ’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarur bo'lgan asosiy m uhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e'tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi.
Bolalarga chiqindi materiallar (ip, shoyi, mo'yna, polietilen kabilar)dan foydalanib har xil m azm unda applikatsiyalar tuzish taklif etiladi. S o'ng ularga m atolardan o'yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak qahramonlarining kiyimlari hamda quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tikish ham o'rgatiladi. Bolalarning o'zlari yasagan o'yinchoqlar ijodiy, harakatli o'yinlar jarayonida namoyon bo'ladi.
Barglar obyinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda boMishi mumkin. Eman daraxtlarining yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanotlari, baliq suzgichlarini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo'llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi. O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat qilish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglaming mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ulaming tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi. Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan baja radilar, agarda applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘p!agan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urugMari yordamida xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilmn xil meva urug Maridan foydalanish mumkin. Meva va poliz ekinlarining urug’lari tabiatda keng tarqalgan to‘plash va saqlash oson bo’lgan material hisoblanadi.
• Urug’lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi;
• ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi;
• quritishda urugiarning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga solib quritiladi;
• urug'lar qurigandan so‘ng akvarel bo'yoqlaridan foydalanib rang berish mumkin.
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ishtiyoq bilan bolalar turli ranglarda bo'lgan urugiarni terib chiroyli naqshlar hosil qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoqlarining mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar turli urug‘larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday mashg‘ulotlarda yelimni urug'ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga suriladi va ustidan urugMar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi.
O’zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog’ ochlar va o’simliklarga boy o’lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xomashyo bo’lishi bilan bir qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo’lib ham xizmat qiladi.

O’quvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go’zalliklarni ko’ra bilishni tarbiyalash kcruk. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbtir qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni. konstruktorlik g’oyasini, tushunchalarning aniqligini uyg’otadi.


Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, ko’nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to’plash o’qituvchi qo’ygan maqsadga bog’liq bo’ladi. O’quvchilar ko’rib chiqilgan va batafsil muhokama qilingan yoki o’zlari o’ylab topgan tasvir uchun material to’playdilar. Yoki aksincha, avval turli barglarni to’plab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari mumkin.
Tabiiy materiallarni o’quvchilar dastlab o’qituvchi rahbarligida sayr vaqtidato’playdilar. Tabiiy materillarni to’plash jarayonida o’quvchilar atrofdagi o’simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallarni qachon va qanday to’plash va qanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo’riqlash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir o’quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, poliz ekinlari - qovun, tarvuz, qovoq urug’lari, mevalar - olcha, o’rik, shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo’xori va makkajo’xori so’talari, paxta chanog’i, yong’oq po’sti va shu kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to’playotgan har bir o’quvchi tabiiy materiallarni tartibli yig’ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to’plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo’pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni o’ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo’l bilan sindirib bo’lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin.
O’simliklarni to’plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo’lishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi.
Quritib olishga mo’ljallangan o’simliklar har qanday namlikdan holi bo’lishi kerak, aks holda o’simlik quritilganda unda dog’larning izi qoladi. Quritilayotgan o’simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O’simliklarni quritish uch sutkadan oshmasligi kerak.

Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling