O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti mavzu: Yengil аtlеtikаning pаydо bo’lish tаriхi vа rivоjlаnish bоsqichlаri. O’zbеkistоndа yengil аtlеktikаning rivojlantirish yo’llari


Mustaqillikdan so’ng yengil atletika sport turining rivojlanish bosqichlari va yengil atletika sport turiga berilayotgan e’tibor


Download 11.29 Kb.
bet2/3
Sana17.10.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1705855
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu Mustaqillikdan keyingi yengil atletika (1)

Mustaqillikdan so’ng yengil atletika sport turining rivojlanish bosqichlari va yengil atletika sport turiga berilayotgan e’tibor
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 31 avgustdagi Farmoniga asosan mustaqil Respublika deb rasmiy ravishda e'lon qilindi. Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat keltirdi.Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o'zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo'ldi.
Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o'z o'rni va mavqeiga egadir. Bunda Prezident I.A.Karimov va hukumatimizning g'amxo'rligi olqishga sazovordir.
.

Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib bo­rayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning ikki marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995), Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko kabi xalqaro nufiizdagi tashkilotlarning rahbarlari, mas'ul xodimlari O'zbekistonga kelishlari muhim voqealar bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi.


.
O’zbekiston terma jamoasi birinchi marta 1994 yil Xirosima shahridagi (Yaponiya) XII Osiyo o‘yinlarida 11 sportchi bilan ishtirok etib, 3 ta oltin (S.Munkova — balandlikka sakrash, O.YArigina — nayza uloqtirish, R.G‘aniev — o‘nkurash), 2 ta kumush (V.Parfenov — nayza uloqtirish, O.Veretelnikov — o‘n­kurash) va 3 ta bronza (K.Zaytsev — nayza uloqtirish, K.Sarnailskiy • u/unlikka sakiash, V.Popova disk uloqlirLsli) medallariga egalik qildi.
1989-yil Bangkokda (Tailand) o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida 13 nafar atletikachimiz ishtirok etib, 2 ta oltin (S.Voynov — nayza uloqtirish, O.Veretelnikov — o‘nkurash), 2 ta kumush (A.Abduvaliev — bosqon uloqtirish va 4x100 m estafetada ayollar) medallar sohibi bo‘ldilar.
Joriy yilning 18 iyul kuni O'zbekiston yengil atletika Federatsiyasining 2013 yil yarim yillik faoliyati yakunlari muhokamasiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, Federatsiyaning yangi tarkibi 2013 yil 4 mart kuni O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot –saylov majlisida tasdiqlangan edi.
Matbuot anjumanida kun tartibigi masala bo'yicha muhokama davomida bugungi kunda Federatsiyaning olimpiya yo'nalishidagi asosiy vazifasi Rio-de-Janeyro (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ishlarini jadallik bilan amalga oshirish kerakligi ta'kidlandi. Bu tayyorgarlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevralda “Sportchilarni 2016 yil Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrida o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlash haqida”gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu mazmundagi majlis Bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, anjumanda Hindistonning Puna shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida haqida ham so’z bordi. Ushbu nufuzli musobaqa qit’amizning qirqdan ziyod davlatidan mingdan ortiq sportchi ishtirokida o‘tkazilgan Osiyo atletlari uchun joriy yilning avgust oyida bo‘ladigan jahon chempionatiga muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta oltin, to‘rtta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuni takidlash joizki, federatsiya o'z faoliyati doirasida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi , O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi, “O'zneftgaz” hamda “O’zbekiston havo yo’llari” MAK bilan doimiy hamkorlikda bo’lib keldi.

Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling