46
4. Arxiv materiallarini hisobga olish maqsadida qanday hujjatlar yuritiladi?
5. Arxivga qabul qilingan hujjatlarning dastlabki
hisobi qaysi hujjatda aks
ettiriladi?
6. Fondlar ro’yxati nima?
7. Fond varaqasida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
8. Yig’majildlar ro’yxati haqida nimalar bilasiz?
9. Yig’majildlarning ichki mundarijasida qanday ma’lumotlar yozib qo’yiladi?
10. Fondlar tavsifnomasi nima?
11. Arxiv pasporti haqida so’zlab bering.
12. Yig’majildlarning mavjudligi va holati qachon va qanday yo’llar
bilan
tekshiriladi?
13. Arxiv hujjatlarini tekshirishdan asosiy maqsad nima?
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.
10- Mavzu: O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlarining ilmiy-
ma’lumotnoma apparati
Reja:
1. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqidagi tushuncha
2. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati tarkibi
3. Hujjatlarni tavsiflashda differensial yondashuv
Arxivda saqlanayotgan
hujjatlar haqida umumiy
tasavvur hosil qilish, zarurat tug’ilganda ularni tezda
topish va ulardan unumli
foydalanish maqsadida
ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA) yaratiladi.
Ilmiy-ma’lumotnoma
apparati
deganda
arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar to’g’risida axborot beruvchi ma’lumotlar tizimi
tushuniladi. Arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar
arxivshunoslikda axborot-
qidiruv tizimi deb ataladi.
Arxivlarda tashkil etilgan IMA bu yerda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi,
mazmuni va manzili haqida aniq ma’lumotlar berishi zarur. Ayni paytda viloyatlar
va butun DAF miqyosida ham arxiv hujjatalrining IMA tuziladi. Davlat arxiv fondi
Do'stlaringiz bilan baham: