O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish
tamoyillari, me’yorlari va uslublari 35 mantiqiy davomida sifatida ekspertiza ishlariga sistemali tarzda yondashishni ko’rsatib o’tish mumkin. Ekspertiza tamoyillarini hisobga olgan holda hujjatlar qimmatini aniqlashning me’yorlarini ishlab chiqiladi. Me’yorlar deganda biz hujjatlar ilmiy qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz. Ekspetizada matnli hujjatlarning qimmatliligini aniqlashning asosiy, keng ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir: Hujjatlarning mazmuni; Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi; Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi; Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi. Ekspertizada dastxatlilik, hujjatning yuridik kuchi, uning tashqi xususiyatlari (badiiy xususiyatlari, yozuv materiali va h.) singari me’yorlar ham ma’lum rolp o’ynaydi. Hujjatlarning paleografik xususiyatlari, qaysi tilada bitilganligi kabi me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo hisobga olinadi. Hujjatlarning mazmuni, fondni tashkil etuvchi tashkilot yoki muassasaning maqomi ana shunday universal me’yorlar qatoriga kiradi. Bu me’yorlar barcha hujjatlarga nisbatan qo’llaniladi va ularning qiymatini aniqlashda muhim rolp o’ynaydi. Boshqa me’yorlar, jumladan, hujjatlarning paleografik, lisoniy va badiiy xususiyatlari esa asosan shaxsiy fondlar va qadimgi davr fondlarini ekspertizadan o’tkazishda qo’llaniladi. Ekspertiza ishlarini sifati ko’pincha bu ishga jalb qilingan shaxslarning bilimi, malakasi va dunyoqarashiga bog’liqdir. Shunday ekan, ekspertlar bu ishda zarur bo’lgan bilimlarga ega bo’lishlari shart. Ekspertlar avvalo davlat muassasalari tarixini bilishlari zarur. Ular fondni tashkil etuvchi muassasaning vazifalari, funksiyalarini yaxshi bilishlari, bu muassasalar qaysi organlarga bo’ysunganligi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishlari kerak. Ekspertlar muassasa strukturasini, bu muassasa tarixidagi qayta tashkil etishlarni, mazkur muassasa tarkibiga kirgan bo’lim va boshqarmalarning funksiyalarini, muassasada yig’majildlarni shakllanishi usullarini yaxshi bilishlari lozim. Bunday ma’lumotlar muassasa faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ikkinchi darajali vazifalaridan ajratib olish imkoniyatini beradi. Bu bilimlar hujjatlarni ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan guruhga va vaqtinchalik ahamiyatga ega bo’lgan guruhga bo’lish ishini osonlashtiradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling