O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Shaxsiy tarkib hujjatlari haqidagi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
Shaxsiy tarkib hujjatlari haqidagi
tushuncha Shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlov uchun tanlab olish Муаммоли савол: Шахсий таркиб ҳужжатлари деганда қандай хужжатлар тушунилади? 82 Hujjatli metariallarning qimmatini aniqlab ajratish maqsadida har bir saqlov bo’limi (yig’majild) varaqma-varaq diqqat bilan ko’rib chiqiladi. Ularning ilmiy va amaliy qimmatdorligini quyidagi mezonlar bilan o’lchanadi: 1. Hujjatli materiallar mazmuni. 2. Hujjatli materiallar yuritilgan shaxs faoliyatining mavqyei va ahamiyati. 3. Fondni tashkil etuvchi muassasalarning maqomi, materiallar tuzilgan davr va joy. Biroq shaxsiy tarkibga doir hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olish chog’ida xodimlar har bir hujjatni baholashda individual yondashishlari, ularning o’zaro aloqasi va bir-biri bilan bog’liqliligining barcha mezonlarini hisobga olishlari zarur. Ijodning u yoki bu turida, jamoat, siyosiy ishlarda, xalq ho’jaligining biron sohasi, madaniy va harbiy ishlarda o’zini ko’rsatgan shaxslar hayoti va faoliyatini o’rganishda shaxsiy tarkibga taalluqli hujjatlar asosiy biografik manba hisoblanadi. Shuning uchun bunday hujjatlarni ajratib olish ekspertlarning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Voqyealarning to’laqonli yoritilishi uchun o’zini salbiy jihatdan ko’rsatgan shaxslar (xoinlar, sotqinlar, provakatorlar, jinoyatchilar va h.) haqidagi hujjatlarni ham saqlab qolish kerak. Hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olayotganda hujjatlar qachon va qayerda tuzilganligiga ahamiyat berish kerak. Oktyabr to’ntarishi va istiqlolchilar kurashi yillariga oid bo’lgan hujjatli materiallar diqqat bilan o’rganilishi lozim. Aynan bir shaxsning o’ziga fondda bir necha hujjatli material – shaxsiy yig’majild, shaxsiy hisob varaqasi va attestasiya komissiyasining bayonnomasi, formulyar, mehnat va xizmat ro’yxatlari bo’lishi ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari sanab o’tilgan hujjatlarning har biri bir nechtadan bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda doimiy saqlovga mavjud hujjatlarning hammasi emas, balki eng oxirgisini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Faqat bunda shu hujjat avvalgi hujjatlarning hamma asosiy ma’lumotlarini qamrab olganmi, shaxsning xizmatni o’tashi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalar haqidagi barcha ma’lumotlar kiritilgan yoki yo’qligi tekshirib ko’rilishi kerak. Ayni bir davrga doir ham attestasiya varag’i, ham attestasiya komissiyasi yig’ilishining bayonnomasi mavjud bo’lgan hollarda birinchi hujjat – attestasiya varag’ini qoldirgan ma’qul, chunki u o’z ichiga attestasiya haqidagi ma’lumotlarni nisbatan to’laroq qamrab olgan bo’ladi. Biroq alohida bir shaxsning xizmat o’tashini aks ettiradigan bir necha xil hujjat (formulyar, xizmat o’tash varag’i, shaxsiy hisob varag’i va h.) mavjud yerda bu hujjatlarning hamma turi ham saqlangani ma’qul, chunki ularning har biri o’sha shaxs haqida qo’shimcha ma’lumotlar beradi. Dastlabki yillar shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar umumiy ish Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling