77
6. To’plamning taxminiy rejasi deganda nimani tushunasiz?
7. Ish rejasi qanday tamoyillar asosida tuziladi?
8. Ish rejasining strukturasi haqida gapirib bering.
9. Siz e’lon qilingan arxiv hujjatlari bilan tanishmisiz? Ular haqida so’zlang.
10. Hozirgi kunda qanday arxeografik to’plamlar chiqarish zarur deb hisoblaysiz?
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Tolibov R.N. Arxivshunoslik. Navoiy, 2005.
18 -
Mavzu
: Hujjatlar to’plamini nashrga tayyorlash va ularni arxeografik
jihatdan rasmiylashtirish
Reja:
1. Hujjatlarni yig’ish va tanlash usuli
2. Arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlash
3. Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish
Hujjatlar to’plami
asosan arxiv materiallari,
statistik ma’lumotnomalar, davriy matbuot
materiallari asosida tuziladi.
Lekin hujjatlarni
nashrga tayyorlashdan oldin tadqiqotchi (yoki tad-qiqotchilar) mazkur mavzuga
doir manba va adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Mavzuga oid adabiyot tadqiq qilinayotan
masalaning mohiyati bilan
tanishtiradi, unga tadqiq qilinayotan voqyealar sodir bo’lgan tarixiy davr shart-
sharoitlari to’g’risida bilim beradi. Yaqin vaqt ichida chiqqan adabiyotdan hozirgi
paytda masalaning qanday qo’yilayotganligini bilsa bo’ladiki,
bu ilgari chiqqan
adabiyotlardan ancha tanqidiy nuqtai nazar-dan foydalanish imkoniyatini beradi.
Tor sohadagi emas, balki umumiy sohaga bag’ishlangan adabiyotni o’rganish
maqsadga muvofiqdir. Chunki umumiy sohadagi masalalarni
anglab yetgandan
so’ng tor sohani tushunib olish oson bo’ladi.
Ilmiy ishni tayyorlash uchun hujjatli materiallarni aniqlab topish va tanlash
mas’liyatli bosqich hisoblanadi. Manbalarni aniqlash har tomonlama va to’la
bo’lishi lozim.
Adabiyotlarni izlab topish jarayonida mavzuga doir bibliografiya, ya’ni
kitob va maqolalar ro’yxati tuziladi. Bunday ro’yxat tuzishda maxsus bibliografik
nashrlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bibliografiya
tanlangan mavzu
bo’yicha mavjud barcha adabiyotlarni bilish va ularni izchillik bilan o’rganib
chiqishda yordam beradi.
Manba va adabiyetlarni o’rganish chog’ida ularni konspekt qilish,
kerakli
Do'stlaringiz bilan baham: