O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Baland bo‘yli andiz - Devyasil vыsokiy -Inula helenium l. Taьrif bering
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILDIZ VA TUGANAKILDIZLARNI DOIMIY OMBORLARGA JOYLASHTIRISH USULLARI
Baland bo‘yli andiz - Devyasil vыsokiy -Inula helenium l. Taьrif bering 109 Dorivor asorun - valeriana lekarstvennaya -valeriana officinalis l.Ildizlar barabanli yoki lappakli yuvuvchi mashinalarda yaxshilab yuviladi, keyin yaxshi shamollatib turiladigan xonalardagi maxsus javonlarga 15-20 sm qalinlikda yoyib qo‗yiladi va panshaxada vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi. Hom ashyoning barchasi xirmonga yig‗iladi, kirqilgan ildizlar esa qoplarga joylanadi. Toylangan xom-ashyoni caqlash muddati 3 yil, toylanmaganiniki esa 2 yil. Asarun quruq ildizi hosildorligi gektar hisobiga 15-20ssentnerni tashkil etadi. O‗simlik xom-ashyosini vegetatsiya davrining ikkinchi yili, ya‘ni avgust oyining oxiri yoki sentyabrning boshlarida yig‗iladi. Qora andizning tayyor xom- ashyosi butun yoki maydalangan ildizpoya va ildizdan iborat bo‗ladi. Uning uzunligi 2 sm.dan 20 sm.gacha eni 0,5 - 3 sm.gacha kesiladi. Hidi o‗ziga xos, ta‘mi achchiq. Ildiz va tuganakildizlarni yaxshi saqlash uchun hosil terilgandan so‘ng ularga doimiy ishlov berilib, katta-kichikligiga qarab ajratish, qadoqlash, keyin saqlash ishlari amalga oshiriladi. Agar mahsulot xo‘jalikdan tashqarida saqlanadigan bo‘lsa, terilgandan keyin markaziy ishlov manziliga jo‘natilib, u yerda saralanadi, standart bo‘yicha kalibrlanadi va saqlash omboriga jo‘natiladi. ILDIZ VA TUGANAKILDIZLARNI DOIMIY OMBORLARGA JOYLASHTIRISH USULLARI Vaqtincha va doimiy omborxonalarni turlari va tuzilishi Doimiy (statsionar) omborxonalar. Ildiz va tuganakildizlarni saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar ko‘p jihatdan bir-biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi qanday mahsulot saqlashga mo‘ljallangani, rejalashtirilishi va o‘lchamlari va sig‘imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tizmasi, mahsulotni joylashtirish usullari va yuklash, tushirish ishlarini mexanizatsiyalashgan darajasi va nihoyat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridir. Omborxonalar ixtisosi va rejalashtirish xususiyatlari. Ma`lumki mevalarni saqlashga moslashgan omborxonalar bo‘lib, ularning saqlash yoki joylashtirish sharoitlari bir xil bo‘lmagani uchun turli xildagi mahsulotlar odatda birgalikda saqlanmaydi. Universal omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo‘ljallangan. Unda asosan idishlarga joylangan mahsulotlar, ba`zi mevalarni birga saqlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. bunday omborxonalarda vaqtincha to‘kib qo‘yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo‘ladi Omborxonalarni shamollatib turish tizimi. Texnologiya jihatidan qaraganda bu mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir. Omborxonalarni hamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyatsiyalarga bo‘lish mumkin. Faol ventilyatsiyalash uning bir turidir 110 Tabiiy shamollatishda issiqlik fizikasi qonunlariga binoan yuqoriga ko‘tarilib, o‘rniga sovuqroq va og‘irroq havo pastda to‘ladi. Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog‘li zo‘raysa, omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha katta bo‘lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi ham sezilarli emas. Kunning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani hamollatishga to‘g‘ri keladi. Qishda esa, tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyatsiya quvurlarining hamma to‘siqlari yopilib, havo almashuvi to‘xtatiladi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling