V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiidagi talablar qo’yiiladi: Talaba:
- chet tilini Umum Evropa standartlariga ko‘ra B2 darajada o‘zlashtirishi;
- grammatik va leksik strukturalarni muloqotda qo’llash, farqlay olish va ularni og’zaki va yozma nutqda to’g’ri ishlatishi;
- kasbiy o’nalish va ijtimoiy-madaniy mavzulardagi so’zlarning ma’nosini bilish va to’g’ri qo’llay olishi;
- og’zaki nutq va yozma matnlarga xos xususiyatlarni farqlay olishi va muloqotda to’g’ri qo’llashi;
- grammatika, leksika va diskurs tahlili bo’yicha tasavvur, bilim, malaka va ko’nikmalarga kompetensiyalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Fanni o‘zlashtirish uchun o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi: guruhli muzokaralar, jamoa loyihalari, juftliklar bo‘lib topshiriqlarni bajarish, yakka holda ma’lum mavzu bo‘yicha prezentatsiyalar qilish, davra suhbatlari o‘tkazish, diskussiya, klaster, bahs –munozara, refleksiv usullar (tahlil, qiyoslash, sintez, baholash). Axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari yordamida mashg‘ulotlar tashkil etiladi, Power Point, Prezi dasturlari yordamida prezentatsiyalar yaratiladi. MOODLE platformasiga fan bo‘yicha dasrlik va o‘quv qo‘llanmalar, media resurslar va testlar joylashtiriladi.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil
natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. SHu bilan birga, fanga ijodiy yondashgan holda Buyuk Britaniya va AQSH adabiyoti etakchi namoyondalari ijodi bo‘yicha aniq, ravon, mukammal ma’lumotlar, tavsiflar qila olish ,turli adabiy oqimlarni farqla y olish , ingliz va amerika adabiyoti etakchi namoyondalari
asarlarini tahlil qila olish , badiiy ijod ga kasbiy nuqtai nazardan unosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |