Mavzu 3. Turistik xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlari
3.1. Marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari.
3.2. Turistik korxonalarning marketing muhiti tadqiqoti.
3.3. Turistlik bozorni marketing tadqiqotlari.
3.4. Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari.
Marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari
Marketing tadqiqotlar ma’lumotlarni doimiy to‘plash qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan marketing yechimlarni qabul qilish jarayonida noaniqlikni kamaytirish va xavf-xatarni minimallashtirishga imkon beradi.
Marketing tadqiqotlarning samaradorligi va natijaviyligi bir qator tamoyillarga e’tibor berishga asoslangandir. (3.1. rasm).
Tamoyillar
Majmuali va doimiy
Ob’ektivlik, aniqlilik va sinchkov-likka asoslangan ilmiy yondoshuv
Marketing va ijtimoiy tadqiqotlar amaliyoti bo‘yicha xalqaro kodeksi bilan belgilangan tamoyillarga mos kelishi
Sinchkovli repsolashtirish va ish (amal) lar rejasini tuzish
3.1. rasm. Marketing tadqiqotlarni o‘tkazish tamoyillari.
Turistik firmalar ikki xil tadqiqot o‘tkazishi mumkin:
Turistik bozorda ruy beradigan barcha o‘zgarishlarni va rivojlanish yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida doimo o‘tkaziladigan joriy tadqiqot;
Turistik bozordagi o‘zgarishlar tahlilini tekshirish yoki tahlil qilish maqsadida bitta aniq vaziyatni o‘rganish.
Turizmdagi tadqiqotlar har xil shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: - oddiylardan boshlab murakkablarigacha;
- dalillarni to‘plashdan boshlab majmuali matematik modellarni qo‘llashgacha;
Tadqiqot tarkibining har aniq vaziyatda o‘ziga xos bo‘lishiga qaramasdan, uning beshta majburiy bosqichlari to‘g‘risida aytib o‘tish kerak (3.2. rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |