O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika


Download 1.5 Mb.
bet29/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o’rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan Shu xalq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir.
Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. ijtimoiy psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, Shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham o’rganadi. YOsh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari Shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatShunoslik) muammolarini o’rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari
3 -Ilova



O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.

Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana Shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tuShunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi.


Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) Shuqullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnaShuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, Shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz bergan o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng muhim xususiyatlari orasida sanoatlaShuv, urbanizatsiya va siyosiy tizimlarning yangi tiplarini sanab o`tish mumkin.
Sotsiologiya boshqa fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xudq- atvorini o`rganadi. Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatShunoslik orasidagi aloqalar muhimdir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, Shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi.
Ijtimoiy pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, uning tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-axloq me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, Shuningdek jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani tarmoqidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling