O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


Download 1.5 Mb.
bet6/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Ommaviy axborot vositalari

Iqtisodiyot

Ko’cha kuy mahalladagi voqeliklar

Ota-ona, Yoshi kichik va kattalar o’rtasidagi munosabatlar

Ishlab chiqarish jarayoni

Ilm-fanning turli sohalari

Mazkur kurs bevosita pedagogika va psixologiya fakultetlarining o`quv rejalariga kiritilgan. Sotsiologiya fani pedagogika uchun qimmatli baza, yoki material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun o`sha jamiyatdagi xodisa, jarayonlar va munosabatlarning inson ongiga, insonlarning ma'naviy hayotiga, odob-axloq meyorlariga bo`lgan ta'siri muhimroqdir. Shuning uchun qam uni ijtimoiy qayot pedagogikasi, jamiyat va jamoa tarbiyasi, kundalik hayot tarbiyasi desak mubolag`a bo`lmaydi.



Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir.

Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tuShuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.


«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish Shuningdek, mazkur fanning ob'ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan
iboratdir. Dastur Shu vazifalarni hal etishga qaratilgan beshta bo`limdan iborat:
1. Ijtimoiy pedagogikaga kirish.
2. Ijtimoiy pedagogika asoslari.
3. Ijtimoiy pedagogik jarayon.
4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati.
5. Ijtimoiy pedagogik tashhis.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aqolisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish,qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir.Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling