O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Download 71.5 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1324445
  1   2   3   4
Bog'liq
Neyro lingvistika arab


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI



Tasdiqlayman”
___________________
Rektor I.M.Tuxtasinov
2021-yil___-___________



NEYRO LINGVISTIKA
FANINING O‘QUV DASTURI



Bilim sohasi:

200000–San’at va gumanitar fanlar

Ta’lim sohasi:

120000 – Tillar

Mutaxassislik:

70230101 – Lingvistika (arab tili)


Samarqand – 2021 y.






Fan/modul kodi
NL2306

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS- Kreditlar
6

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya
mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil
ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Neyro lingvistika

60

120

180

2.




I. Fanning mazmuni


Fanni o‘qitishdan maqsad–magistrantlarga neyrolingvistikaga oid adabiyotlar kesimidagi materiallar asosida bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, belgilangan mavzular doirasida erkin so‘zlashish, mustaqil fikr yuritish va stilistika nuqtai nazaridan tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tilshunos mohirligini oshirish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi –neyrolingvistika, til va jamiyat, nutq, til me’yorlari, nutq akti, shuningdek paralingvistik va ekstrolingvistika bilan bog’liq bilimlarga ega bo‘lish, tematika mavzulari kesimida erkin fikrlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Neyrolingvistika fani, uning tadqiq manbayiva muammolari. Neyrolingvistikaning obyekti
2-mavzu. Neyrolingvistikaning asosiy muammolari.
3-mavzu. Neyrolingvistikaning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi.
4-mavzu. Neyrolingvistik nazariya asoslari
5-mavzu. Til va nutq faoliyati.
6-mavzu. Nutq, uning ixtisoslashuvi, uning kommunikantlarga bog‘liq ixtisoslashuv turlari
7-mavzu. Diqqat jarayonlarini funksional tashkil etish
8-mavzu. Emotsiyalarni aniqlash va hosil qilishning funktsional tashkil etilishi
9-mavzu. Neyrovizualizatsiya
10-mavzu. Nutq faoliyati nazariyasi
11-mavzu. Bolada nutq faolligini rivojlantirish
12-mavzu. Nutq patologiyalari
13-mavzu. Afaziya
14-mavzu. Neyrolingvistik tadqiqot usullari
15-mavzu. Neyrolingvistikada tilning funksional ahamiyati


III. Amaliy mashg’ulotlari b‘yicha k‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Neyro lingvistika fan sifatida
2. Neyro lingvistika haqida ma’lumot, uning maqsadi.
3. Neyro lingvistikaning rivojlanish tarixi
4. Neyro lingvistik tadqiqot usullari
5. Neyro vizualizatsiyaning ahamiyati
6. Neyro lingvistikaning boshqa fanlar bilan bog’lanishi
7. Chet tilini o‘qitish metodikasini optimallashtirishda neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘rni.
8. Funksional diagnostika
9. Monolingvlar, bilingvlar va polilingvlarning neyrolingvistik o‘rganilishi
10. Neyron nazariyasining asosiy qoidalari.
11. Yuqori kortikal funktsiyalar.
12. Shakllangan nutq buzilishlari
13. Bolalarda nutq patologiyasi holatlari
14. Afaziya turlari
15. Alaliya tasnifi.
Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ilg’or o‘quv va axborot texnologiyalaridan foydalanib, talabalar seminar mashg’ulotlarida, ma’ruza darslarida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Bunda o‘quv adabiyotlari, normativ huquqiy xujjatlar va tarqatma materiallarning o‘rni muhim. Shu jumladan, ko‘rgazmali vositalar, nashr etilgan tayyor ilmiy ishlarning taqdimotlari va h.k.larning roli juda katta.



Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling