O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 233.38 Kb.
bet17/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Nutqi madaniyati bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib
ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baolash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Nutqi madaniyati” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 10 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Mustakil ta’lim mavzulari
Talaffuz va urg‘uning vazifalari
So‘zlarning to‘g‘ri va aniq talaffuzi
Zamonaviy tildagi frazeologik birliklar va ularni nutqda ishlatish yo‘llari
Grammatik –morfologik shakllardan to‘g‘ri foydalanish.
Sintaktik shakllardan to‘g‘ri foydalanish.
Orfografiya qiyinchiliklari
Punktuatsiya qiyinchiliklari
Sintaktik normalar sistemasi
Nutq madaniyatidagi nutq mazmuni kriteriyalari
Tilning stilistik resurslari.
Nutq stili.
Notiqlik sa’nati va ommaviy chiqishlar.
Nutq madaniyati ilmiy va ta’limiy muloqatda.
Nutq madaniyatida ritorik priyomlar.

Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling