Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Nutq madaniyati” umummetodologik fan hisoblanib, 3-semestrda o‘qitiladi. “Nutq madaniyati” dasturidagi bilim va ko‘nikmalarni egallash “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Psixologiya”, “Mantiq”, “Etika”, “Estetika” va “Madaniyatshunoslik”, “Ritorika” fanlari bo‘yicha o‘rganiladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Nutq madaniyati bo‘yicha umumiy nazariy va amaliy bilimlarni oshirish, sohaviy nutqiy madaniyatni rivojlantirish ularning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib etishishlarida, jamiyatda o‘z professional o‘rnini topishlarida, jamiyatning iqtisodiy, madaniy salohiyatini oshirishda, fanning tegishli sohasi yoki ijtimoiy hayotning biror jabhasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Nutq madaniyati” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari magistrlarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.
Asosiy qism
Ma’ruza mashg‘ulotlari
“Nutq madaniyati” kursi predmeti, vazifalari. Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. Kursning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. “Nutq madaniyati” ning tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyati haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |