Mavzu: Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirishning roli Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 72.89 Kb.
bet1/9
Sana13.02.2023
Hajmi72.89 Kb.
#1193857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni


Mavzu: Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirishning roli
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Agrar tarmoqlar bo`yicha eksport salohiyati
2. Intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish va ularda qo`llanadigan texnologiyalar
3. Eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish bo`yicha Prezident qarorlari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O`zbekistonda zamonaviy intensiv olma bog`lari O`zbekiston sharoitida yetishtiriladigan mevalar azaldan o`zining mazasi hamda sifatining yuqoriligi bilan mashhur. Shu bilan bir qatorda O`zbekistonda yetishtiriladigan mevalardan qayta ishlangan mahsulotlar ham sifati yuqoriligi bilan ajralib turadi (quritilgan mevalar, sharbatlar, qiyomlar va h.k.). Mamlakatimizda bog`dorchilikni zamonaviy texnologiyalarni qo`llab samaradorlikni, hosildorlikni va maydonlarni oshirib borishimiz zarur.
Pakana payvandtagli mevachilikning rivojlanish tarixiga nazar solinadigan bo`lsa O`zbekistonda akademik R.R.Shreder past bo`yli payvandtaglarga ulangan ko`chat ekilgan bog`larni ko`paytirish tashabbuskori bo`lgan, u 1909 yilda Toshkent atrofida ikki gektar yerga sekin o`sadigan olma va nokzor barpo etgan. 1905 yilda Toshkent atrofidagi bog`dorchilik xo`jaliklarida Qrimdan keltirilgan past bo`yli payvandtaglarga ulangan olma va nok daraxtlari yaxlit tarzda ekilgan va ular juda yaxshi hosil bera boshlagan. 1954 yilda ularning hammasini sovuq urib ketgan (O`zbekiston Mevachiligi, 426-bet). 1960-1970 yillarda respublikamizda pakana va yarim pakana payvandtaglarga ulangan olma bog`lari keng joriy etildi va puxta yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sharoitida tuproq-iqlim sharoitlariga bog`langan holda samaradorligi aniqlangan.
O`zbekistonda pakana va yarim pakana bog`larni yetishtirish texnologiyasini yaratish asoschisi O.K.Afanasyev hisoblanadi. Respublikamizda meva-sabzavot sohasini jadallashtirishga (intensifikasiya) davlatimiz katta e‘tibor beryapti va sarmoya sarflayapti. Bog`dorchilik va uzumchilikni jadallashtirish bu ko`proq va sifatliroq mahsulotlarni imkon boricha kamroq harajat bilan olish tushuniladi. Bundan tashqari, olma yetishtirishni yanada yaxshilashda yangi, serhosil, mevasi sifatli bo`lgan olma navlarini sinovdan o`tkazish va ularni keng ishlab chiqarishga joriy qilish, ilg`or agrotexnika tadbirlarini qo`llash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi uyg`unlashgan himoya usullarini amaliyotga tadbiq qilish, olma kasalliklariga qarshi kurashda kasallik rivojlanishini oldini oluvchi va davolash xususiyatiga ega preparatlardan foydalanish, olma ko`chatlarining virusdan tozalangan payvandtaglarda virussiz navlarni payvandlash orqali yetishtirish, hosilni yig`ib olish, qadoqlash va sovuqxonalarda saqlash usullarini yanada takomillashtirish hamda fermer va agronomlarning bilimlarini, zamonaviy bog`dorchilik yangiliklariga uyg`un holda, oshirishlarini ta‘minlash zarur. Ayniqsa, pakana payvandtaglarda yetishtirilayotgan olma daraxtlarini zamonaviy sug`orish usullaridan biri bo`lgan tomchilatib sug`orish tizimini qo`llash orqali o`stirish nafaqat hosildorlikning yuqori bo`lishiga, balki uzoq yillar davomida sifatli meva olish imkoniyatini yaratadi.


Download 72.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling