12 – variant
Alomat: hamma gap shunda-da nolimaysiz! Ko’nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og’riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo’lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo’yishga ham qodir emassiz, Qo’chqor aka! Qalbingizning unutilib ketgan, o’zingiz bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo’rqasan, uni sezmaslikka olasiz! To’g’ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlan-ganda o’sha miltillayotgan cho’g’ alanga olganday bo’ladi va siz uni aroq bilan o’chirishga o’rinasiz. Dunyoga shirakayf ko’zlar bilan qarab, taskin topasiz, lekin ertasi kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda yig’lamoqdan o’zga chorangiz qolmaydi... Keyin o’ksib-o’ksib yig’laydisiz. (Sh.Bosh.)
13 – variant
Tokchada yongan shamning shu’lasi va qiya ochiq darichadan tushgan oy nuri gilamlarning gullari ustida jivillab, xayoliy, mayin manzaralar, o‘yinlar yasar, o‘qtin-o‘qtin esgan shabada sham yolqinini lipillatar, pastgina kursi ustida ochiq turgan qalin, katta kitobning shoir chalayotgan kuyning sehriga berilganday jimgina tinar edi... (Oyb.)
14 – variant
Hofiz Ko‘ykiyni Bog‘i Nurafshonning kunchiqar tarafidagi xos hujralardan biriga joylashtirdilar. Jazirama issiq va qabul tashvishlari uni qattiq charchatgan edi, tonggacha dong qotib uxladi. Peshin namozidan so‘ng, umrida ilk daf’a ko‘rib turgani-notanish anvoyi gullar yal-yal yongan salqin xiyobonda jannatoshiyon qushlarning hur navolarini zavq-shavqqa to‘lib tinglagancha, ohista kezib chiqdi. (X.Sul.)
15 – variant
Do‘rmon viloyatining Kuntug‘mish degan polvoni bor edi, polvonning Oppoqoy degan singlisi bor edi. Kuntug‘mish o‘n to‘rtga kirgancha ilm-hunar, kasb-kamolot hosil qilib, o‘n to‘rtdan keyin sipohlik ishlariga yuz keltirib, qilich chopmoq, miltiq otmoq, chirishbozlik, ko‘pkaritozlik, nayzadastlik, garovbastlik, ishlariga ko‘shish qilib, qirqta yigitni yoniga olib mashq qilib, goh tog‘ga, goh ovga chiqib yurar edi. («Kuntug‘mish».)
Do'stlaringiz bilan baham: |