42
Ob’ekt joylashgan hudud atrof-muhitini ushbu omillar bo‘yicha tahlil
qilamiz:
Mexanik ifloslanish – fizika-kimyoviy oqibatlarsiz
faqat mexanik salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi mehmonxona hududining ifloslanishi (masalan, axlat).
Mehmonxona joylashgan hududda bunday ifloslanish mavjud emas.
Kimyoviy ifloslanish – atmosfera, tuproq
va suv kimyoviy xossalari
o‘zgarishining bevosita mehmonxonaga va undan foydalanuvchilarga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi.
Mehmonxona joylashgan hududda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
yoki qayta ishlovchi tashkilotlar yo‘q, hovo ifloslangani sezilmaydi va er, tuproq
sho‘rlanmagan. Demak, bunday ifloslanish ham mavjud emas.
Jismoniy ifloslanish – mehmonxonani o‘rab turuvchi tabiiy-antropogen
muhit jismoniy parametrlarining o‘zgarishi: issiqli, tulqinli (nurli, shovqinli,
elektromagnitli), radiatsiyali va h.k.
Mehmonxona joylashgan hududda:
1) tabiiy
holatdagi issiqlik mavjud, sun’iy holatda issiqlikning oshirilishi
bo‘lmaydi, issiqlikning ifloslanishi yo‘q.
2) hududda tabiiy yorug‘lik etarli holatda, ob’ektga
katta binolar soyasi
tushmaydi, nurli ifloslanish yo‘q.
3) hudud transport vositalari xarakatlanadigan kuchalar yonidagi hudud
bo‘lgani uchun shovqin darajasi mavjud, lekin
shovqinli ifloslanishning
mehmonxona va undan foydalanuvchilarga ta’siri mavjud emas.
4) shuningdek elektromagnitli va radiatsiyali ifloslanishlar ham mavjud
emas.
SHamol yo‘nalishi: SHimoliy sharqdan janubiy g‘arbga.
Hududni sug‘orish usuli: yo‘q.
43
Maydon va uni atrofi obodonligi (ko‘kalamlashtirish, hududning yoritilishi,
tozaligi): tozalik
darajasi yaxshi holatda, daraxtlar ekilgan, yo‘laklarga plitkalar
yotkizilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: