O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 0.59 Mb.
|
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tutingan ota-onalarni tanlash maqsadida Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarida “Tutingan
ota-onalarni tayyorlash kurslari”ni (keyingi o’rinlarda Tayyorlov kurslari deb yuritiladi) tashkil etsin; uch oy muddatda Tayyorlov kurslari nizomi hamda mazkur tayyorlov kursini tugatganlik to’g’risidagi namunaviy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Tayyorlov kurslarida o’qib, uni tugatgan tutingan ota-onalarga Tayyorlov kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini ta’minlasin. 3. Quyidagilar Tayyorlov kurslarining vazifalari etib belgilansin: tutingan ota-onalar bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish; tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish; tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolani tarbiyalash, parvarish qilish, sog’lig’ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog’liq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish. Belgilansinki: tutingan ota-onalarning Tayyorlov kurslaridagi o’qishi bepul tashkil etiladi; Tayyorlov kurslarining faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq harajatlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanadi; 2020 yil 1 yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to’g’risidagi hujjati mavjud bo’lgan fuqarolardan tanlanadi. 5. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar 3-ilovaga muvofiq kiritilsin. 6. Vazirlik va idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling