O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
-bob. Tutingan ota-onalarni tayyorlash
Download 0.59 Mb.
|
3-bob. Tutingan ota-onalarni tayyorlash
10. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan tutingan ota-onalarni tayyorlashda quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi: tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolani (keyingi o’rinlarda bola deb yuritiladi) tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishga tayyorlash, ularning bolani tarbiyalash, parvarish qilish, shu jumladan, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, sog’lig’ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog’liq ota-onalik salohiyatlarini aniqlash va shakllantirish; tutingan ota-onaning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniklash, bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek bolani oilaga qabul qilgach, uni tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug’ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo’lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko’maklashish, ularning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish; tutingan ota-onalarni bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash sohasidagi qonunchilik asoslari, bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilgan tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish, davlat tomonidan beriladigan ko’mak turlari, kuzatuv amalga oshirilishidagi hamkorlik borasidagi xabardorlik darajasini oshirish. 11. Bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat)ga, vasiy yoki homiylikka, farzandlikka olishga, oilaviy bolalar uyi tarbiyachi ota-onalikka nomzodlarni hamda qonun bilan belgilangan oilaga joylashtirishning boshqa shakllariga olayotgan shaxslar tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida tahsil olganligi haqidagi hujjatni vasiylik va homiylik organiga taqdim etishlari shart. Bolani farzandlikka olishda esa tayyorlov kurslarida tahsil olganligi haqidagi hujjat sudga taqdim qilinishi lozim. 12. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida muvaffaqiyatli tahsil olganligini tasdiqlovchi hujjat ularning bolani oilaga tarbiyalash uchun qabul qilishga nomzod bo’la olishi haqidagi hulosa berilishi va hisobga qo’yilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 13. Quyidagi shaxslar bundan mustasno: farzandlikka olinayotgan bola nikohidagi xotini (eri)ning farzandi bo’lsa; bolaning yaqin qarindoshi bo’lgan oilaga tarbiyaga oluvchi (patronat), vasiy va homiylikka nomzodlar, farzandlikka oluvchilar. Qarindoshlik O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksining 57-moddasida ko’rsatilganlar nazarda tutiladi; hozirda bolani farzandlikka olib tarbiyalab kelayotgan yoki ilgari farzandlikka olgan, shu jumladan ularga yuklatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortmagan, farzandlikka olish bekor qilinmagan shaxslar; hozirda vasiy yoki homiylikda bola tarbiyalab kelayotgan, yohud ilgari bolaga vasiy yoki homiy bo’lgan, shu jumladan ularga yuklatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortmagan, vasiy yoki homiylikdan chetlatilmagan shaxslar. Yuqoridagi shaxslar o’z ixtiyori bilan tutingan ota-onalikka tayyorlash kurslaridan o’tishi va buni tasdiqlovchi hujjatni vasiylik va homiylik organiga, shuningdek sudga (bolani farzandlikka olishda) taqdim qilishi mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling