O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 0.59 Mb.
bet62/123
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1555269
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Qashshoqlik: Bu-ko’plab ota-onalar o’z farzandlarini boshpanali parvarishlash muassasalariga joylashtirishga qaror qabul qilishlarida asosiy rol o’ynaydigan omillardan biridir. Ota-onalar o’z farzandlarini yetarlicha parvarishlay olmayotganliklarini his etsalar va farzandlari boshpanali parvarish muassasalarida yaxshiroq ta’lim, salomatlik xizmatlari va yetarlicha ovqatlanishi mumkinligiga ishonsalar, farzandlarini bunday muassasalarga joylashtirishga qaror qilishlari mumkin va bunda farzandlari uydagidan ko’ra yaxshiroq hayot kechiradi,deb ishonadilar.
Oila ichidagi zo’ravonlik: Ko’pchilik bolalar o’z oilalaridagi zo’ravonlik sababli maxsus muassasalarga joylashtiriladilar. Bunday zo’ravonliklarga e’tiborsizlik, ruhiy, jismoniy va shahvoniy zo’ravonlik kabilar kiradi. Shu bilan birga, ko’plab bolalar o’z ota-onalari va tarbiyachilari tomonidan davomiy ravishda zo’ravonlikka uchraganliklari sababli o’z oilalaridan ko’chishlariga to’g’ri keladi.
Jismoniy imkoniyati cheklanganlik: Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan “tamg’a qo’yish”ning keng tarqalganligi hamda bunday bolalarning ota-onalariga ko’mak berilmasligi tufayli bunday bolalarning insitusiolizasiyaga uchrash nisbati qolgan bolalarnikiga ko’ra ancha yuqori. Masalan, rivojlanishda nuqsoni mavjud bo’lgan yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarning 65 foizi bunday bolalar uchun maxsus tashkil etilgan muassasalarda yashaydilar. Ko’pchilik ota-onalarning jismoniy imkoniyatlari cheklangan farzandlarini maxsus muassasalarga joylashtirishlariga asosiy sabab bunday bolalarni parvarishlash uchun

zaruriy imkoniyatlarning yo’qligi bilan ifodalanadi. Yetarlicha tashxis qo’ymaslik, ortiqcha tashxis qo’yish, bor e’tiborni nogironlikning faqat tibbiy modeliga bag’ishlash kabilar ham jismoniy imkoniyati cheklanganlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ba’zi hollarda bolani rag’batlantirishning yo’qligi yoki yuqori sifatli sog’liqni saqlash va ma’rifiy xizmatlarning yo’qligi ham bolaning rivojlanishini kechiktirishi va pirovardida nogiron bolalar safini kengaytirishga olib kelishi mumkin.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling