O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Mehribonlik uylarida bolalarga nisbatan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabatlarning kelib chiqish sabablari
Download 0.59 Mb.
|
Mehribonlik uylarida bolalarga nisbatan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabatlarning kelib chiqish sabablari. Tarbiyalovchi-onalarni bilimlarini oshirish maqsadida “Bola huquqlari himoyasini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, “Bolalarga qaltis va qo’pol munosabatda bo’lganda va jinsiy zo’rlash ishlatilganda bola holatini baholash”, zo’ravonlikni keltirib chiqaruvchi omillar va ularning oldini olish choralari mavzularda trening mashg’ulotlar o’tkazdim. Lekin shunda ham ish jarayonim mobaynida bolalarga jismonan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabatlar bo’yicha bir qancha ijtimoiy muammolarga duch keldim ular quyidagilar:
Keys. Gulsanam 15 yoshda.”Bolalar shaharchasi”ning tarbiyalanuvchi-farzandi, 12-xonadonida tarbiyalanadi. Bir marta o’z joniga qasd qilgan. O’tkir tig’li temir bilan tomirini kesgan. Gulsanam ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 8-sinfda o’qiydi. Shanba kuni uni shaharchaga olib kelish uchun borganimda, maktab-internatdagi o’qituvchilarining oldida yig’lab o’tirganini ko’rib qoldim va shqituvchilari bilan suhbatlashdim. O’qituvchilaridan biri uni uyga olib ketishga ruxsat so’radi. Men o’qituvchisiga qonun-qoida asosida ishlashimizni, ruxsat berolmasligimni tushuntirdim. O’qituvchi Gulsanamning shaharchadagi tarbiyachi-onasi so’kayotganligini unga aytib berganligini, u yerga tarbiyachi-onasi tufayli borgisi kelmayotganligini so’zlab berdi. Men Gulsanamga hyech narsa bo’lmasligini, uni o’zim himoya qilishimga ishontirib, uyga olib ketdim. 11.09.2010 yil “Bolalar shaharchasi”ga kelib, birinchi qilgan ishim tarbiyachi-onasi Ikromova Dilfuza bilan suhbatlashish bo’ldi. Menga Gulsanam aytib kirgan deb o’ylab asabiylasha boshladi. Vaziyatni unga to’g’ri tushuntirib, Gulsanam haqida gapirib berishini so’radim. U Gulsanamga shunday ta’rif berdi: “ Ijobiy xarakteri: Aqlli. So’z boyligi mo’l. Xat yozishni, kundalik yozishni yoqtiradi. Mehnatkash, aytilgan ishni o’rnida qiladi. O’qishga qiziqadi. Did bilan kiyinadi. Qizg’anchiq emas. Salbiy xarakteri: Xarakteri o’ta og’ir, qaysar. Xulq-atvorida yengiltabiatlilik shakllangan. O’g’irlikka moyilligi bor. O’z joniga qasd qilgan(Yigitlar tufayli shunday qilgan).” Tarbiyachi-ona bilan suhbatlashganimdan so’ng uni bir muddat o’z holiga tashlab qo’yishni so’radim. Shundan so’ng bola va tarbiyachining xulq-atvori, yurish-turishini kuzata boshladim. Gulsanam nima qilyapti va uning atrofidagilar nima qilyapti, men nima sababdan uning oldida ekanligimni unga bildirdim. Va keyin muassasa ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.Mirzaakbarova bilan suhbatlashdim. U Gulsanamga shunday ta’rif berdi: “Gulsanamning xarakteri yomonmas. Yaxshi gapirsa tushunadi, aytgan ishni vaqtida qiladi. Lekin qaysarligi bor. O’ta ta’sirchan, biror noma’qul ishni qilib qo’ysa, qilgan ishidan afsuslanadi. Lekin yana nimagadir xatolarini takrorlayveradi. Tadbirlarda faol ishtirok etadi . kattalarni hurmat qiladi. She’rlar o’zadi. Fikrlash doirasi keng, aqlli qiz.” Muassasa psixologi G.G’affforova esa unga shunday ta’rif berdi: “Gulsanam aqlli,hushli qiz. O’ta qaysar. Toza kiyinadi, muloyim. Hamma unga e’tibor berishini hohlaydi. Shuning uchun ham o’z joniga qasd qilgan. Tajovuzkor xulq-atvorga ega. O’zining tug’ishgan singlisini urib qo’yadi.” Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va psixologidan ma’lumot olganimdan so’ng bolani o’zi bilan suhbatlashdim. Uni avval o’zini qulay his qiladigan joyga o’tirishini ta’minladim. Gaplashayotganimizda uni ro’parasiga o’tirib, gaplarini tingladim. Hamma gaplarini gapirib bo’lgunicha uni eshitdim. Va uni asosiy so’zlovchi bo’lishiga imkon berdim. Keyin suhbatimizni daftarga ham yozib qo’ydim. 13.09.2010yil Keyingi bosqichda bolani tashqi holatini kuzata boshladim. Uni kuzatgan paytimda hyech qanday jismoniy zo’ravonlik belgilarini ko’rmadim. Lekin ruhiy zo’ravonlik belgilarini kuzatdim: - U o’zini past baholaydi; -o’zini hyech kim yaxshi ko’rmaydi,keraksiz deb hisoblaydi; -Bola tarbiyachi–ona uni kamsitayotgan, tanqid qilayotgan deb hisoblaydi; -Kattalarga ishonmaydi, ularga aytsam tarbiyachi-onaning tarafini oladi, deb o’ylaydi; -Tengdoshlari,aka-uka,singillariga nisbatan tajovuzkor; -O’z joniga qasd qilishga urinadi; -Unga ko’rsatilayotgan yordamning beg’arazligiga ishonmaydi; - Undanso’ngtarbiyachi-onaning tashqi holatini kuzatdim: -Bolani shaxsiyatiga tegadi; -Bolaniayblaydiva ko’pchilik oldida izza qiladi; -Bolaga doim tanqidiy yondashadi; -Tarbiyasidagibolaningsalbiyxulq-atvorgaegaligi; -Bolaniyaxshiko’rmasligihamdanafratlanishini ochiq yuziga aytadi; Kuzatuvniamalgaoshiribbo’lganimdankeyinumumiyholatnibaholadim. Bolatarbiyachi-onasitomonidanruhiyzo’ravonlikkauchraganida: -Aka-ukalari, singillari, tarbiyachi-onasibilanbirgao’tiribovqatlanmagan; -U och qolgan; -Yegulik o’g’irlagan; -Xonasidan chiqmay, qamalib o’tirgan; Tarbiyachi-ona esa bolaning xavfsizligiga, hissiyotiga va sanitar gigiyenik turmushiga loqayd. Bolani kamsitadi va unga nisbatan beparvo. Bolani hissiy ijtimoiy yakkalanishini hohlaydi. Umumiy holat ma’lum bo’ldi. Ushbu holat ona bilan bola o’rtasida hissiy bog’langanlik yetishmasligi oqibatida kelib chiqqan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling