O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/57
Sana07.08.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1665585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
7386220630d26ff9d50eafc838281213 HOZIRGI ADABIY JARAYON

 
 
ISBN 978-9943-7044-7-3 
 
@ Azimidin Nasirov, 2021 
@ SamDU nashri - 2021 
 



1-MAVZU
HOZIRGI ADABIY JARAYON FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI 
Reja: 
1.Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsadi va vazifalari. 
2.Yangi o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi, sabab va 
omillari. 
3.Badiiy tasvirdagi yangilanish. 
4.Yangilanayotgan o‗zbek adabiyotida yangi janrlar, yangi 
mavzu va muammolarning paydo bo‗lishi. 
5.Hozirgi adabiy jarayonning asosiy xususiyatlari va adabiy 
tanqid. 
Tayanch so‘zlar: adabiy jarayon, adabiyot, jarayon, 
talqin, ifodalash, poetik tafakur, mavzu, ramziylik, majoziylik. 
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o‗zbek adabiyoti ushbu 
davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi 
o‗zgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari 
va tanqidchilari o‗zbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan 
o‗zgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga 
urinmoqdalar. ―Sharq Yulduzi‖, ―Yoshlik‖, ―Tafakkur‖, 
―Guliston‖, ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ kabi adabiy-badiiy, 
ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, ―Kitob dunyosi‖ 
gazetasi sahifalarida e‘lon qilinayotgan zamonaviy adabiy 
jarayonga bag‗ishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan 
qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish 
kerakki, o‗zbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning o‗z-o‗zini 
shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yo‗q. Masalan, 
Hakimjon 
Karimov 
ilgari 
surgan 
paradigma
1
in‘ikos 
nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning 



rivojlanishida 
ong 
kategoriyasining 
roliga 
asoslanadi. 
Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini 
nasrning janr prinsipiga asosan bo‗linishidan kelib chiqqan 
holda ko‗rsatib o‗tadi: 
1) adabiyotda badiiy tasvir va mavzu maydonining 
kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma‘naviy, oilaviy masalalarga 
e‘tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va 
psixologizmning chuqurlashuvi; 4) o‗zbek xalqining o‗zligini 
tanishi va mentaliteti masalalariga murojaatning kuchayishi; 5) 
hayot mazmunini falsafiy mushohada etish. 
H.Karimovning fikricha, mazkur yo‗nalishlarning barchasi 
yozish uslubining realistik va modernistik turiga asoslanadi. 
Adabiyotshunos olim voqealikning modernistik prinsipda aks 
ettirilishini o‗zbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya 
ta‘kidlaydi.U ―totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni 
qo‗llash imkonsiz edi‖, deya ob‘yektiv sabablarni ham, 
―adabiyotda modernizmning barcha prinsiplari va uslublarini 
to‗la qo‗llay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi‖, 
deya, sub‘yektiv sabablarni ham ko‗rsatib o‗tadi. H. Karimov 
zamonaviy so‗z ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalari 
ramz va majozlarga tayanganini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari, u 
o‗zbek adabiyotida ―detektiv yo‗nalish‖ paydo bo‗lganini va bu 
ham yangilik ekanini qayd etadi. 
Adabiyotshunos olim ―Zamonaviy o‗zbek adabiyoti uchun 
muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, 
voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo bo‗lishi hamda 
adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta 
anglash xosdir‖, deya xulosa qiladi.Yo‗ldosh Solijonov ham 
o‗zining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy 
janrlarning bo‗linish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. 



Olimning ta‘kidlashicha, zamonaviy o‗zbek adabiyoti ―… Sharq 
adabiy 
an‘analarini 
boyitgan 
holda 
jahon 
adabiyoti 
tendensiyalarini o‗zlashtira boshladi‖. Lekin, deya ta‘kidlaydi 
Yu.Solijonov: ―jahon adabiyoti an‘analari o‗zbek badiiy 
asarlarini 
yaratishda 
mustahkam 
poydevorga 
aylanib 
ulgurmadi‖. Qator adiblar ijodida ―Bozor sharoitidagi inson 
taqdiri‖ 
mavzusi 
ustuvor 
muammo 
sifatida 
ajralib 
ko‗rinadi.Ularning 
asarlaridagi 
bosh 
qahramon 
bozor 
munosabatlariga moslashib olgan yoki ―ortiqcha odam‖ga 
aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, ―har bir adib 
yolg‗izlik fojiasini o‗zicha ochib beradi‖. Olim Tohir Malik, 
Xurshid Do‗stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir 
qator adiblarni sanab o‗tar ekan, quyidagi belgilariga ko‗ra, 
zamonaviy badiiy asar yaratishda o‗zbek adabiyoti uchun 
yangilik bo‗lgan o‗ziga xos tendensiyalarni keltirib o‗tadi. 
Bular: 1) nasihatgo‗ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda 
ayol rolining o‗zgarganligiga urg‗u berish, ikki yo‗l o‗rtasida 
turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-
madaniy, g‗oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga 
ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatib yashashi; 4) o‗zbek xalqining 
sobiq sho‗rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 
5) jo‗shqin sujetlarga intilish (―bozor adiblari‖ va ―bozor 
adabiyoti‖ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik 
va publitsistikaga moyillik. 
Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy o‗zbek adabiy 
jarayonini to‗la qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot 
rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar o‗zbek 
adabiyoti taraqqiy etib borayotganini ko‗rsatadi. Gulchira 
Garipova o‗zining 
konsepsiyasini ilgari surar ekan, 
O‗zbekistonda ―madaniyat rivojining barcha sohalarida milliy 



tarix 
va 
an‘analarga 
qiziqish 
ortib 
borayotgani‖ 
kuzatilayotganini qayd etadi. 
G.Garipova XXI asr adabiy jarayonini ―Adabiy jarayon 
taraqqiyotining yangi bosqichi bo‗lib, u milliy adabiyot 
tarixining barcha davrlarini qamrab oldi‖ deb ta‘riflaydi. Biroq 
XX-XXI asrlar bo‗sag‗asida ―XX asr (adabiy jarayon 20-80-
yillar oxirini ―sho‗ro‖ davri deya belgilagan) milliy badiiyati 
bilan mumtoz adabiyot an‘analari, asr boshidagi o‗zbek badiiy 
―yangiligi‖ va jahon badiiy an‘analari hamda amaliyoti 
o‗rtasidagi uzilish yengib o‗tildi‖, degan mulohazasi bilan 
tadqiqotchi o‗z fikriga o‗zi qarshi chiqadi. 
Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi o‗zbek adabiy 
jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini ko‗rsatib 
o‗tadi: 
G.Garipova xulosa o‗rnida ―o‗zbek ijodkorlari o‗z 
asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi‖ 
va ―adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yo‗nalishlardan biri 
realizm oqimidir‖ degan ikki g‗oyani ilgari suradi. 
Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va 
bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda 
vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi g‗oyaviy-estetik 
tendensiyalarning paydo bo‗lishi shu bilan izohlanadi. Mazkur 
tendensiya o‗zining axloqiy-g‗oyaviy tayanchlarini o‗zbek 
xalqining shonli o‗tmishidan izlaydi. 
Fikrimizcha, o‗zbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va 
individual taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tmoqda. Nazarimizda, bu 
bosqichda uchta davrni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
1. ―O‗tish‖ davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). 
Bu davr qator omillar bilan belgilanadi: 



– mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, o‗z 
vaqtida ta‘qiqlangan ijodkorlar (Cho‗lpon, Fitrat, Behbudiy va 
jadid adabiyoti vakillari) asarlarining chop etilishi munosabati 
bilan o‗zbek adabiyoti tarixidagi ―oq dog‗‖larning yo‗q bo‗lishi; 
– diniy va ma‘naviy qadriyatlar hamda tasavvuf adabiyotiga 
qiziqishning 
ortishi 
(Yugnakiy, 
Bolasog‗uniy, Yassaviy 
asarlarining e‘lon qilinishi); 
– o‗zbek xalqi tarixiga nisbatan to‗g‗ri munosabatning tiklanishi 
va tarixiy-biografik janr ulushining ko‗payishi (Amir Temur, 
Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur va shu kabi 
siymolar haqida qator asarlarning yaratilishi); 
– rus klassik adabiyoti an‘analariga qiziqishning susayishi, 
O‗rtayer dengizi va Amerika adabiyotiga (xususan, Eujenio 
Montale, Salvatore Kvazimodo, Kamilo Xose Sela, Garsia 
Markes kabi adiblarning ijodiga) qiziqishning ortishi; 
– ―g‗oyaviy bo‗shliq‖qa barham berilishi va o‗zbek madaniyati 
hamda adabiyotida milliy g‗oyaning shakllanishi. 
O‗zbek adabiyotidagi ―o‗tish‖ davri vatanparvarlik ruhi 
yorqin aks etgan ko‗plab asarlarning (xususan, Abdulla Oripov, 
Erkin 
Vohidov, 
Shavkat 
Rahmon she‘riyati, Shukur 
Xolmirzayev va Omon Muxtorning qator nasriy asarlari) 
vujudga kelishi hamda tarixiy siymolar va xalq qahramonlari 
obrazi yaratilishida ko‗rinadi. Bunga Maqsud Qoriyevning ―Ibn 
Sino‖, ―Beruniy‖, Muhammad Alining ―Sarbadorlar‖, Sa‘dulla 
Siyoevning ―Yassaviyning so‗nggi safari‖, Asad Dilmurodning 
―Mahmud Torobiy‖ kabi asarlarini misol qilib keltirish mumkin. 
Bu hodisaning mohiyati shundaki, xalqimizning o‗z-o‗zini 
anglashi, o‗zining millat sifatida noyob ekanligini idrok etishi, 
mustaqil hayot qurish uchun ilhomlanish manbalarini topishi 
zarur edi.Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mazkur davr 



ijodkorlari adabiy pozitsiyalarining turlicha ekanligiga qaramay, 
boshqa-boshqa qutblarga ajralib ketmadilar. 
Bundan tashqari, sobiq sho‗rolar davrini qayta 
baholaydigan, siyosiy qatag‗onlar va ―shaxsga sig‗inish‖, 
sho‗rolar davriga tegishli bo‗lgan ―xususiyatlar‖ – milliy 
an‘analar va urf-odatlarni mensimaslik natijasida kelib chiqqan 
oqibatlar haqida hikoya qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, shu 
davrda yaratilgan Odil Yoqubovning ―Adolat manzili‖, ―Oq 
qushlar, oppoq qushlar‖ romanlari ―paxta ishi‖ va Orol 
muammolariga bag‗ishlanadi; Nazar Eshonqulning ―Urush 
odamlari‖ qissasida jahon urushi olis qishloq odamlari hayotiga 
keltirgan kulfatlar, ―Maymun yetaklagan odam‖ hikoyasida esa 
sobiq sho
‗rolarning
ideallariga ishongan inson taqdiri, fojiasi 
aks etadi; Tohir Malikning ―Murdalar gapirmaydilar‖ asarida 
―shaxsga sig‗inish‖ davri qatag‗onlari haqida so‗z borsa, Tog‗ay 
Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ romanida millatning uch 
avlod vakillari taqdiri qalamga olinadi. Bu tipdagi asarlarda 
fojiaviy ruh va millat dardini chuqur his etish ustuvorlik qiladi. 
Realistik ifodadan 
foydalanish, zamon va 
makon 
tushunchalarining o‗zgacha idrok etilishi va buning natijasida 
dunyo manzarasining o‗zgarishi, tarixiy siymolar obrazining 
birinchi planga chiqishi va tarixiy o‗tmishni qayta anglash, 
badiiy ijoddagi ichki izlanishlar hamda nasihatgo‗ylikdan voz 
kechish ham bu davrda yaratilgan ko‗plab asarlarga xos bo‗lgan 
xususiyatlardan sanaladi. 
2.―Manzillar o‗zgarishi va tahlillar‖ davri (1990–2000 
yillar). Bu davrda o‗zbek adabiyoti ―milliy o‗zlik – 
globallashuv‖, ―estetik qadriyatlar – bozor iqtisodiyoti‖ kabi bir-
biriga qarama-qarshi tushunchalar bilan tavsiflanuvchi vaziyatga 
tushib qoldi. Bu hol adabiy maydonga sezilarli ta‘sir o‗tkazdi. 



Adabiyotning estetik prinsiplar va shakliy eksperimentlarga 
ko‗ra turli qatlamlarga ajralishi kuzatildi. Masalan, mavjud 
voqelikni Sharq mumtoz an‘analari, xalq og‗zaki ijodi va 
―oltmishinchi yillar‖ avlodi badiiy tajribalari bilan birgalikda 
o‗zlashtirgan an‘anaviy realizm ruhida yaratilgan asarlar bilan 
bir qatorda ko‗plab adiblar ijodida modernistik va 
postmodernistik tendensiyaga ergashish paydo bo‗lganini ham 
qayd etish lozim. O‗zbek adabiyotidagi o‗ziga xos bu jarayonga 
adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar o‗z vaqtida e‘tibor 
qaratishdi. Adiblar modernizm ko‗magida olamning bebaqoligi 
haqidagi o‗ylarni tasvirlashga, inson hayotining o‗tkinchiligi 
mavzularini 
yoritishga 
intiladilar.Albatta, 
modernizm 
adabiyotimizda badiiy uslub sifatida to‗la shakllanmadi. Shu 
bois modernistik ruhdagi tajribalar va izlanishlar to‗g‗risida so‗z 
borgani to‗g‗riroq bo‗ladi. 
Biz realistik adabiyotga xos bo‗lmagan, adiblarning borliq, 
bugungi kun voqeligini anglashga bo‗lgan intilishlarini yangi, 
o‗ziga xos bir tarzda ifodalashga imkon beradigan prinsiplar, 
usul va vositalarni, shuningdek, hayotning mavjud yoki o‗ylab 
topilgan modelini yoki ko‗p yoqlama vazifaga ega bo‗lgan 
mifosujetlarni 
yaratishga 
bo‗lgan 
urinishlarni 
nazarda 
tutmoqdamiz. Ta‘kidlash kerakki, o‗zbek ijodkorlari G‗arb 
adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko‗chirmay yoki ularga taqlid 
qilmay, milliy an‘analar va zamonaviy o‗zbek adabiy jarayoni 
taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni 
o‗zlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul o‗zining 
―Muolaja‖, ―Bevaqt chalingan bong‖, ―Istilo‖, ―Tobut‖ kabi 
asarlarida 
arxitiplarga, 
motiv-obrazlar, 
topos-obrazlarga 
murojaat etadi, o‗zbek millatining o‗ziga xos xususiyatlari va 
Sharq 
psixologiyasini 
aks 
ettirarkan, 
montaj 
usulidan 


10 
foydalanib, alohida mavjud bo‗lgan hodisalarni yaxlit voqelikka 
aylantiradi; Omon Muxtor ―Maydon‖ romanida adabiy uslub va 
tasvir predmeti sifatida ―dialog o‗yini‖dan va muallif 
majozlaridan foydalanadi; Erkin A‘zam o‗zining ―Chapaklar va 
chalpaklar mamlakati‖ qissasida shartli-fantastik usulni, asarni 
rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; 
Xurshid Do‗stmuhammad ―Bozor‖ romanida inson ongining 
turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga 
murojaat qiladi. 
Modernistik ruhdagi asarlar yo‗qotish, qayg‗u, chorasizlik, 
qo‗rquv, ruhiyatning o‗zgarishi, fojia motivlarining yuzaga 
kelishi bilan belgilanadi. Shu ma‘noda o‗zbek adabiyotidagi 
modernizmga xos unsurlar shaxs va borliq, o‗lim va hayot, ruh 
va tana, din va osiylik kabi muammolarni talqin etishga 
qaratilgan bo‗lib, uning A. Shopengauer, M. Shtirner, S. 
Kerkogor, F. Nitsshe, A. Bergson falsafasi bilan o‗zaro uyg‗un 
ekanligini ko‗rsatadi. Modernistik tendensiyalarda bitilgan 
asarlarda yo‗qotish, g‗am, chorasizlik, qo‗rquv, fojia motivlari 
paydo bo‗la boshlaydi, lekin asar mualliflari, dunyo 
modernizmidan farqli o‗laroq, ruhiy inqirozdan chiqish 
yo‗llarini izlaydilar va yorug‗ vaqtlar kelishiga umid 
bog‗laydilar. 
Bu davrda omma adabiyoti ham faollasha boshladi 
(sarguzasht qissa va ishqiy romanlar ko‗payib ketdi). Nabijon 
Hakimovning bozori chaqqon bo‗lgan sentimental ruhdagi 
asarlarini, Tohir Malikning ―Shaytanat‖ romanini, Hojiakbar 
Shayxovning ―Olis sayyora‖, ―Kelgindilar‖ kabi ilmiy-fantastik 
romanlarini misol tariqasida keltirish mumkin. 
3.―Verdandi‖ davri (2000–2014 yillar). Bugungi adabiyot 
mumtoz adabiyot va realizm an‘analari, modernizm, 


11 
postmodernizm tendensiyalarining yonma-yon yashayotgani 
bilan tavsiflanadi. 
Zamonaviy o‗zbek adabiy jarayonida realizm pozitsiyasi 
ancha kuchli. Misol tariqasida Abduqayum Yo‗ldoshning 
―Bankir‖, ―Puankare‖, Hakim Sattoriyning ―Sog‗inch‖, 
Shodmon Otabekning ―Agar oshiqligim aytsam…‖ kabi 
jamoatchilik va tanqidchilar e‘tirofiga sazovor bo‗lgan asarlarini 
keltirish mumkin. Fikrimizcha, realizm badiiy metod sifatida 
kelajakda ham asosiy yo‗nalishlardan biri bo‗lib qoladi. 
Binobarin, adiblarimiz hali bu metodning ko‗plab usul va 
vositalarini o‗zlashtirishlari lozim. Turgan gapki, bu 
yangilangan realizm bo‗ladi, deb aytishga asosimiz bor. Chunki 
hayotiylik badiiyati mavjud voqelik tasvirini zamonaviy 
vositalar majmuida berilishini talab etadi.Ehtimol, bugun o‗zbek 
adabiyotida ildiz otgan boshqa tendensiya neorealizmning 
vujudga kelishidan nishonadir. Biz bugungi qator asarlarda 
kuzatilayotgan hodisa – realizm va modernizm uslubining 
simbiozini nazarda tutmoqdamiz. 
O‗zbek adabiyotidagi postmodernizm unsurlari haqida so‗z 
borar ekan, aytish joizki, bu hodisa o‗zbek adabiyotidagi milliy 
chizgilar va o‗zbekona matn qurilishidagi azaliy ohangdorlik 
xususiyatlarini o‗zlashtirgan bo‗lib, poetik-uslubiy yo‗nalishi 
nuqtai nazaridan g‗arb va rus postmodernizmidan tubdan farq 
qiladi. Ushbu yo‗nalishga Omon Muxtorning ―Ikki qiyofa‖, 
Isajon Sultonning ―Munojot‖, No‗mon Rahimjonovning ―Jimjit 
jolalar‖ qissalarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy 
adiblarning jahon adabiyotida allaqachon urfdan chiqqan 
postmodernizmga moyilligini oqlaydigan yana bir ijobiy 
belgilardan biri postmodernchilar bosh prinsip deb hisoblangan 


12 
prinsip – ―asardan muallif shaxsini olib tashlash‖ prinsipini 
pisand qilmaslikdir. 
Zamonaviy o‗zbek nasrida quyidagi postmodernistik uslub 
belgilarini ajratib ko‗rsatish mumkin: o‗zbek mumtoz 
adabiyotidan ―iqtibos‖lar keltirish; qahramonning ―shizoanaliz‖ 
usuli bilan sun‘iy hayajon asosida ochib berilgan ruhiy holatini 
oldingi o‗ringa chiqarish; muallifning falsafiy pozitsiyasi aks 
etgan ramzlar kombinatsiyasini (kodini) qurish; olamni 
birlamchi ko‗rinishda qabul qilish; janr eksperimentlari; 
borliqning o‗ziga xos modelini yaratish; zamonaviylikdan 
chekinib, o‗tmish ―izlari‖ tushgan ifoda tilini yaratish jarayoni 
ahm kuzatiladi. Bu adabiy hodisalarni hali anglab yetishimiz 
zarur.Biroq shuni qayd etish lozimki, o‗zbek yozuvchilari 
izlanmoqdalar, 
ifoda 
etish yo‗llari hamda vositalarini 
kengaytirib, tinmay tajribalar qilmoqdalar. Aniqrog‗i, bu borada 
postmodernizm haqida metod, yo‗nalish yoki oqim sifatida 
emas, balki realistik asarda ko‗ringan unsur yoki asar 
yaratishdagi badiiy usul sifatida gapirish ma‘qulroqdir. 
Hozirgi ozbek adabiyotining yangilanish jarayoni XIX asr 
ortalarida boshlangan. Bu davrda uch xonlikka bo‗lingan, bir-
biri bilan o‗zaro jiqqamusht olishayotgan, iqtisodda tanglik 
avjiga chiqqan bir davr edi. Ularning o‗zaro kelishmovchiligi 
chet dushmanlarimizga juda qo‗l keldi. Sharqdan Angliya, 
G‗arbdan Rusiya tishini qayrab turar edi.Rusiya fotixlik otini 
ertaroq qamchiladi.XIX asrning birinchi yarmidan boshlab 
savdogarlar, ilmiy ekspedisiyalar niqobi ostida josuslarini 
yuborib, O‗zbekistonni iqlimi, hayot tarzi, xarakteri, harbiy 
tayyorgarligi, yer osti va yer usti boyliklarini obdon o‗rgandi.50-
yil o‗rtalaridan bemalol bostirib kira boshladi. Xonliklar esa 
birlashmadi, tomoshabin bo‗lib, aksincha ruslarni gijgijlab 


13 
turdilar. Shunday qilib XIX asrning 70-yillariga kelib, Qo‗qon 
xonligi tugatildi. Xiva va Buxoro Rusiyaga qaram bo‗lib qoldi. 
Adabiyot uning og‗irini yengil, ruhini qutarishning yullarini 
izlay boshladi. Anxanaviy yaxshilik va yomonlik o‗rtasidagi 
kurash aniq timsollar orqali ifodalana boshladi. Hajviyotning 
roli kuchaydi. Ma‘rifatparvarlik mavzusi yangi mazmun kasb 
etdi. Rusiya orkali Yevropaga yuzma-yuz bo‗lgan xalqimiz 
ziyolilari xalqni savodli qilish, fan va texnikani egallashga 
chaqira boshladi. Ma‘rifatparvarlik targ‗ibot shaklidan amaliy 
faoliyat darajasiga ko‗tarila boshlandi. A.Donish, S.Aziziy, 
M.Behbudiy, Munavvar qori, A.Avloniy, S.Ayniy, Hamza 
kabilarning ma‘rifatparvarlik faoliyati haqida ma‘lumot berildi. 
Bu davrda adabiyotga Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‗tar 
o‗g‗li, Anbar Otin singari ma‘rifatparvar ijodkorlar kirib 
keldilar. Bu shoirlar ko‗p asrlik tajribaga ega bo‗lgan satiraning 
yangilanishiga katta hissa qo‗shdilar. Muqimiy va Zavqiy 
hajviyotning aniq adresli bo‗lishini ta‘minladilar. Muqimiyning 
«Tanobchilar», «Hajvi Viktor», «Hajvi ko‗r Ashurboy hoji», 
«To‗yi Iqon bacha», «Hajvi ahli rasta», «Qorolar falsafasi» 
shular jumlasidandir. Bu aholining mahalliy va bosqinchi boy-
amaldorlarga nisbatan nafratini qo‗zgay boshladi. Natijada 
Dukchi eshon, Po‗latxon, Namoz botir ko‗zgolonlari ro‗y berdi. 
Oxiri 1916 yilda xalq milliy-ozodlik qo‗zgoloniga ko‗tarildi. 
Xalq ongida milliy uyg‗onish jarayoni yuz bera boshladi. 
Chunki XIX asrning 90-yillarida Turkistonga kirib kelgan 
jadidchilik harakati o‗z faoliyatini birinchi galda ma‘rifatdan, 
xalk ongini ilm nuri bilan ravshan qilishdan boshladi. Zero, 
savodsiz xalqni savodli qilmasdan, o‗z haq-huquqini biladigan 
qilib tarbiyalamsadan turib siyosiy vazifalarni amalga oshirib 
bulmasdi. Shuning uchun jadidlar, avvalo, yangi usulda 


14 
maktablar ochib, yoshlarni o‗qitishga katta e‘tibor berdilar. 
Faqat amalda emas, balki badiiy adabiyotda ham ilm olishga 
targ‗ib qila boshladilar. Shunday qilib jadid adabiyotining asosiy 
mavzusi va muammosi ma‘rifatparvarlik bo‗lib qoldi. 
Xullas, o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi jadidchilik 
harakati bilan bog‗liqdir. Bu adabiyotning shakllanishidan darak 
beruvchi belgilar sifatida yangi g‗oyalar va janrlar paydo bo‗la 
boshladi. Eng avvalo, nasrda yangilanish belgilari paydo bo‗ldi. 
Masalan, hikoyalar orzu-havasni ifodalovchi romantik tasvirdan 
realistik yo‗nalishga ko‗chdi. Hamza, Fitrat, Qodiriy, Cho‗lpon 
kabilar hikoya janrini ham shaklan, ham mazmunan yangilashga 
katta ulush qo‗shdilar. Hikoyalarning mavzusi ma‘rifat, g‗oyasi 
o‗zlikni anglash bo‗lib qoldi. 
Nasriy turning g‗oyat operativ janri publisistika vujudga 
keldi va yuksak parvoz kildi. Publisistika taraqqiyotida 
Behbudiy, Mirmuxsin Shermuhamedov, Avloniy, Munvvar kori, 
Xamza, 
Fitrat 
kabilar 
katta 
rolp 
uynadilar. 
Birgina 
Behbudiyning o‗zi 200dan ziyod maqola e‘lon qilganligi 
ma‘lum. Jadidchilik harakatining namoyondalari tomonidan 
nashr qilingan «Xurshid», «Taraqqiy», «Sadoyi Turkiston», 
«Oyina», 
«Al-islox» 
gazeta 
va 
jurnallari 
o‗zbek 
publisistikasining ilk namunalari ko‗plab chop etdi. Bu davr 
publisistikasida 
faol 
ijod 
qilganlardan 
biri 
Mimuxsin 
Shermuhgamedov bo‗lib, u makolalari ijtimoiy ruxining 
utkirligi, mavzusining dolzarbligi, goyasining millatparvarligi, 
kamchiliklarni keskin fosh etishi, islohotga daxvatkorligi bilan 
ajralib turadi. Masalan, 1917 y. 25.IY «Turon» gazetasida 
bosilgan «Tarixiy ikki voqea» sarlavxali utkir publisistik 
makolasida maxrifat dushmanlarini kattik tankid ostiga oladi. 
Islom dinining quvvati hisoblangan Buxorodagi shunday 


15 
kishilarning ba‘zilarini «Buxoro mikroblari» deb atadi. 
Ma‘lumki, bu paytda Buxoroda amirlik boshqaruvi hukmron 
bo‗lib, garchi amir said Olimxon Buxoro jadidlari bilan 
hamkorlikka rozi bo‗lsa-da, din arboblari yangilanishga jiddiy 
qarshilik ko‗rsatardilar. Shu boisdan maqola katta shov-shuvga 
sabab bo‗ldi, muallif dinsizlikda ayblanib, sazoyi qilindi. 
XX asr adabiyotining yana bir yangilanishi roman janrining 
paydo bo‗lishi bilan bogliqdir. Asr boshlaridanoq roman 
yaratishga ishtiyoq kuchaydi. Hamza o‗z tarjimai holida 
yozishicha, 1908 yildayoq «Hakikat kimda?» nomli roman 
yozgan. 1914 yilda yana bir asarini «Yangi saodat yoxud milliy 
roman» deb atadi. Shu yili Mirmuxsinning «Befarzand 
Ochildiboy» romani yaratildi. Biroq mazkur asarlarning 
birontasi xam roman janri talablariga javob berolmaydi. Ularni 
jadid adabiyoti vakillari roman yaratish yulidagi ishtiyoklari, 
intilishi deb baholash kerak. Haqiqiy roman asrimizning 20-
yillarida A.Qodiriy tomonidan yaratildi. Kissa janrini vujudga 
keltirish borasida ham sa‘yi-xarakatlar buldi. Janrning I-
namunasi sifatida M.Muminjon uglining «eski maktab turmushi 
yoki Tolib» 1915 y. kissasini kursatish mumkin. Keyinroq bu 
janrda Fitratning «Hind sayyohi», Qodiriyning «Kalvak 
maxzumning 
xotira 
daftaridan», S.Ayniyning «Odina», 
M.M.Toshkinning «Turmush urinishlari» kabi kissalari vujudga 
keldi. 
Yangilanish jarayoni ayniqsa, she‘riyatda jiddiy kechdi. 
Ozbek mumtoz adabiyotidan ham, vazn, ham shakl, ham 
mazmun, ham til va uslub, ham goyaviy jihatdan tubdan fark 
kiluvchi she‘riyat vujudga kela boshladi. She‘riyat xalqni milliy 
uygotishning asosiy jarchisiga aylandi. Bu borada Avloniy, 


16 
Fitrat, Xamza, Kodiriy, Cholponlar muxim rol uynadilar. 
Misollar keltiraman. 
Yangi ozbek adabiyotida mutlaqo yangi adabiy tur-drama 
dunyoga keldi va teng xukuxli a‘zo sifatida uning bagridan 
mustahkam orin oldi. Jadidlar xalqning kozini ochish 
yullaridan biri sifatida teatr san‘atiga katta e‘tibor berdilar. 
Ozbek dramaturgiyasining I-namunasi sifatida Behbudiyning 
«Padarkush» 1911 y. dramasi tilga olinadi. Uning ta‘sirida qisqa 
muddatda undan ziyod dramalar vujudga keldi, butun bir
dramaturglar avlodi yetishib chikdi. Abdulrauf Shaxidiyning 
«Mahramlar», Nusratullaxuja Kudratillaxujaning «Toy», 
Qodiriyning 
«Baxtsiz kuyov», A.Badriyning «Ahmoq», 
«Juvonmarg», Xoji Muinning «Ko‗knori», «Eski maktab – 
yangi maktab», Avloniyning «Advokatlik osonmi?», «Pinak», 
Xamzaning «Zaharli hayot» dramalari shular jumlasidandir. 
Shunisi ehtiborga loyiqki, bu asarlar dramatik turning xar uch 
janrida dunyoga keldi. Bu adabiy faktlarning barchasi XX asr 
boshlaridayok istiklol davri ozbek adabiyotining tamal toshi 
mustaxkam qoyilganligini isbotlaydi. 
Endi 
bevosita 
hozirgi 
adabiy 
jarayon 
tugrisida 
suhbatlashaylik. Dastlab XX asrning 80-90-yillari adabiyotining 
qanday nomlash tugrisida. Orta ta‘lim maktablari uchun 
chiqarilgan dasturda bu bosqich shunchaki 80-90-yillar 
adabiyoti deb kursatilgan, nomlanmagan. Bu davrni atash 
borasida adabiy jamoatchilik tomonidan turli fikrlar aytildi. Oxir 
oqibatda hozirgi adabiy jarayonning yaxlit holda «Istiqlol davri 
adabiyoti» deb atash lozim topildi. Buyuk adabiyotimizning 
ulkan namoyondalari boshlab bergan milliy uygonish uchun 
kurash 90 yillarga kelib oz samarasini berdi. Ozbekiston tula 
mustakillikka erishdi. Endi adabiyotimiz ancha mustakillikni 


17 
mustaxkamlash uchun milliy uygonish jarayonining badiiy 
asoslarini yaratishga kirishdilar. Yangilanib borayotgan istilol 
davri 
adabiyotining 
asosiy 
xususiyatlari 
quyidagilardan 
iboratdir: 
1.Istiqlol davri adabiyotining ilk bosqichida ozbek 
ijodkorlari yangicha uslub va mahorat sirlarini o‗zlashtirish 
maqsadida g‗arb adabiyoti an‘anlariga ko‗proq murojaat qildilar. 
Natijada, A.Kamyu, F.Kafka, G. Garsiya Markes, Kavabata kabi 
san‘atkorlarining absurt bema‘ni, mantiqsiz asarlariga taqlid 
kuchaydi. Ular koplab tarjima qilindi. Garb adabiyotining 
ta‘siri ma‘lum ma‘noda ijobiy natijalar berdi. 
2. Shu ta‘sir oqibatida ozbek adabiyotiga MODERNIZM
oqimi kirib keldi. Menimcha, adabiyotda paydo buladigan turli 
«izm»lardan chochimaslik kerak. Bu aslida izlanish 
jarayonidir, agar u ijobiy natijalar bersa, kashfiyot darajasidagi 
asarlar yaratiladi. Ma‘lumki, sovet davrida yagona sotsialistik 
metod hukmronlik qilardi. Natijada, bir qolipdagi asarlar paydo 
bo‗ldi. Usha davrda modern adabiyoti ham, boshqa oqimga oid 
asarlar 
ham 
zarali 
deb 
baholanib, 
adabiy 
jarayonga 
yakinlashtirilmagan. Bu borada izlanishlar olib borganlar esa 
keskin tanqid qilingan. Aslida «modern» so‗zi yangi degan asl 
ma‘nosidan tashqari katta falsafiy psixologik oqim bo‗lib, shaxs 
va shaxs «men»i uning mohiyati va mag‗zini tashkil etadi. U 
insonning ong oqimi tasvirlashga koproq e‘tibor beradi. 
3. 90-yillarga kelib, yana buyuk sharq adabiyoti an‘analari, 
mumtoz adabiyotimiz, qadimgi yodgorliklar, mif va afsonalar, 
asotirlar va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Endi adabiy 
asarlarda mumtoz turkiy xalqlar adabiyotining barhayot 
an‘analari, islomiy qadriyatlar keng orin ola boshladi. Sharq 
adabiyoti an‘analariga tayanish, avvalo, milliy uzlikni anglashga 


18 
olib kelyapti. Badiiy adabiyotda tasvirlangan shaxs uz 
manfaatlarini koxna an‘analardan, ajdodlari qadriyatlaridan 
ustun qoya olmaydi. Garb modern adabiyotida esa aynan 
buning aksidir. Shark adabiyoti aynan ana shu anxanalarga 
sodiqligi, ularni boyitishi, novatorlarcha davom ettirishi bilan 
Garb adabiyotidan farqlanadi. 
4. Chorak kam bir asrlik sho‗rolar davri adabiyotiga 
yangicha nuqtai nazar bilan qarash tamoyili ma‘lum darajada 
paydo bo‗ldi. Togri, bu davr adabiyoti xazinasini butunlay 
inkor etib, undan voz kechishni taklif kiluvchilar ham chiqdi. 
Ammo bu mumkin emas edi. Ular ijodida mangulikka daxldor 
oltinu javohirlar xam talaygina. Xullas, bu davr adabiyotini
xolis, tanqidiy nuktayi nazardan organish, saragini sarakka, 
puchagini puchakka ajratish, ularning tub sabablarini ochish 
davri kelganligini qayd etish zarurdir. 
5. Ijod erkinligiga katta imkon tugildi. Adabiyotning barcha 
tur va janrlarida hayotni roy-rost, butun murakkabligi bilan 
tasvirlashga, ijtimoiy-maxnaviy adolatsizlikka hurlik va qullik 
sharoitida yashagan, ma‘nan majruh bolgan inson tasviriga 
e‘tibor kuchaydi. Ch.Aytmatov ta‘biri bilan aytganda, 
«Adabiyot hamisha insonparvarlikka xizmat qilib kelgan»ligini 
amalda isbotlashga kirishdi. Aslida sovet davri adabiyoti davrida 
ham mehnatkash inson adabiyotining asosiy bosh qahramoni 
hisoblanardi. Biroq unda bu inson faoliyatining tashqi omillari – 
hayotga, mehnatga, hatto muhabbatga munosabati, siyosatga 
faol aralashuvi, shu tomonlari birinchi oringa qoyilardi. Shu 
talablarga javob berolmagan asarga bir yoqlama yondashish 
namoyon bo‗lardi. Endilikda inson ruhiyasi, surati va surati va 
siyrati bor holicha, butun murakkabligiva mukammalligi bilan 
ifodalanish bosqichiga kirdi. 


19 
6. Shu asnoda qahramonlar tasvirida ilgari mavjud bolgan 
ijobiy va salbiy tushunchalarni anglatuvchi qoliplar barham 
topdi. Endilikda asar qahramonlari ozining butun fazilatu 
qusurlari bilan mukammal inson sifatida namoyon bolmoqda. 
Bunga ba‘zi insonlarni keltiraman.
Badiiy adabiyotga ruhoniy kayfiyat – islom ma‘naviyati 
kirib keldi. Diniy qadriyatlar, imon va e‘tiqodni uluglovchi 
koplab badiiy asarlar yaratildi. Xalqimiz bunday yangilanishni 
soginib qolgan ekan, juda xayrixohlik bilan kutib oldi. 
Albatta,bu 
soginch 
extiyojini 
kondirish 
uchun 
lirik 
kaxragonlarning 
fakat 
«olloh-xudo» 
deb 
oh-voh 
chekaverishlarini ifodalash kamlik qiladi. Uning ruhiyati , 
ma‘naviyati, botiniy dunyosi tolaroq ochilmogi lozim. 
7. Adabiyotda tula ma‘noda ijodiy erkinlik ruyobga chiqdi. 
Yozuvchi uchun ta‘kiklangan mavzu va muammo qolmadi 
hisob. Ijodkor xohlagan mavzu va muammoni kotarib chiqishi 
mumkin, faqat u xalqni yomonlikka targib etmasa, jamiyatga, 
umumiy maqsadlarimizga qarshi bolmasa bas. 
8. Bu davr adabiyotida yangi- tragikomediya janri dunyoga 
keldi. 
9. 
Badiiy 
adabiyotni 
yanada 
rivojlantirish 
uchun 
respublikamizda koplab mukofotlar ta‘sis etildi va ular xalkaro 
axamiyatga ega bulib koldi. Masalan, M. Qoshgariy, 
A.Yassaviy, A.Navoiy, A.Qodiriy, A.Cholpon nomidagi 
mukofotlar shular jumlasidandir.
10.Mustaqillik 
sharofati 
bilan 
«Vatan», 
‖Hurriyat»,»Yozuvchi», ‖Milliy tiklanish»kabi gazetalar, «Sirli 
olam», «Tafakkur», ‖Jahon adabiyoti» singari jurnallar nashr 
qilina boshlandi. 


20 
11. Har yili mustakillik bayrami arafasida talay ijodkorlarga 
unvon va mukofotlar berilmoqda. 1998 yili A.Oripovga 
―O‗zbekiston Qahramoni‖ unvoni berilgan bolsa, 1999 yilda 
S.Ahmad bilan E.Vohidovga ―O‗zbekiston Qahramoni», 
R.Parfi, 
X.Davron, 
X.Sa‘dullaga, 
T. 
Sulaymonlarga 
«Ozbekiston xalq shoiri», Tog‗ay Murodga esa «Ozbekiston 
xalq yozuvchisi» faxriy unvonlari berildi. 
Mustaqillik davri badiiy-estetik tafakkurining taraqqiyot 
tamoyillari ko‗p asrlik adabiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va 
yangicha baholashdan iborat umumiy jarayon bilan uzviy 
bog‗liq ravishda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 
xalqimizning ming-ming yillik ma‘naviyat xazinasi istiqlolning 
ma‘naviy 
poydevorini 
mustahkamlashga 
kamarbasta 
bo‗layotganligi ham ana shundadir ―Meros Javohir‖ va boshqa
turkumlarda adabiyot, fan, madaniyat va san‘at sohalaridagi 
bebaho nashrlar yuzaga chiqdi. Bular xalqimizning yana bir 
karra tayin etishdan, eng muhimi, mustaqillikning dastlabki 
odimlari umumbashariy qadryatlarni qaror toptirish bilan 
mustahkamlanayotganligidan 
dalolatdir. 
Mustaqillikning 
ma‘naviy poydevorini mustahkamlashda hali oldimizda g‗oyat 
mas‘ulyatli vazifalar turibdi. Istiqlol adabiyoti aslida xalqimiz 
ongi, dunyoqarashdagi sifat o‗zgarishlarini, umummilliy – 
ijtimoiy uyg‗onishning estetik ifodasidir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling