O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana07.08.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1665585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
7386220630d26ff9d50eafc838281213 HOZIRGI ADABIY JARAYON

Tayanch iboralar: globallashuv, badiiylikka ta‘sir, 
adabiyot va san‘atning globallashuvi, talqin, ta‘sir, ifoda shakli. 
Asrlar davomida shakllanib taraqqiy etib kelgan inson 
tafakuridagi evrilishlar XXI asrga kelib tubdan o‗zgara boshladi. 
Buning zamirida dunyoning bugungi holati va vaziyatininig 
o‗ziyoq glaballashuv jarayonidan darak beradi. Insoniyat 
yaratilibdiki, tinch va yaxshi yashash uchun kurashadi. Bu 
jarayon jamiyat taraqqiyotini muhim bir jarayoni sifatida e‘tirof 
etilmoqda. Adabiyotshunos Baxtiyor Nazarov qayd qilib 
o‗tganidek: ―Glaballashuv ta‘sirida zamon o‗zgarmoqda, uning 
bilan inson o‗zgarmoqda‖. Glaballashuv eng avvolo, insonni 
uning bilimi, dunyoqarashi, ongi va madaniyatiga daxldor 
bo‗lgan barcha jihatlarni integratsiyasi bilan ajralib turadi.
Globallashuv o‗z tabiatiga ko‗ra odamzod qismatiga daxldor 
bo‗lgan siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy masalalarning 
beqiyos darajada umumlashma mohiyat kasb etishi, har qanday 
hududiy chegara va to‗siqlarni nazar pisand qilmay butun 
insoniyatga daxldor muammolarni o‗rtaga olib chiqishi yoki 
integratsiyalashuv jarayonini namoyon qilivchi holatdir. 
Glaballashuv atamasiga bir nazar tashlaylik: ―global – termini 


23 
fransuscha umumiy, lotincha – globus – shar ma‘nosini ifodalab, 
er yuziga oid, butun er sharini qamrab olivchi, - degan 
mazmunni ifodalaydi‖. Ko‗chma ma‘noda esa umumbashariy, 
keng miqyosdagi, jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik 
ma‘nolarida keladi‖ (1, 507-bet).
O‗tgan 
asrning 
to‗qsoninchi 
yillaridan 
boshlab, 
glaballashuv g‗oyasining ommalashishi yanada kengroq 
namayon bo‗la boshladi: ―Amerikalik siyosatshunos M.Uoters 
aytganidek, 80-yillarning asosiy tushunchasi postmodernizm 
edi, 90-yillarning asosiy g‗oyasi esa globalaizm bo‗ldi‖ (2, 25-
bet). Yanada jiddiyroq nqzar tashlaydigan bo‗lsak, globalashuv 
atamasining mazmun-mohiyatiga ko‗ra butun er yuzidagi 
insoniyat 
hayotiga, 
ma‘naviyati-yu, 
yashash 
tarziga, 
dunyoqarash-u, udumlariga, qismatiga ta‘sir etuvchi keng 
qamrovli muammolarni o‗zida mujassamlashtiruvchi hodisa 
sifatida e‘tirof etilishi bejiz emas degan tassurotni uyg‗otadi. 
―ta‘kidlash joizki, ushbu jarayonning butun olam va odam 
qismatiga birdek daxldor muammoga aylanishida keyingi yarim 
asr davomida ro‗y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
ma‘naviy evrilishlar bilan bir qatorda ilm-fandagi beqiyos rivoj, 
texnika 
va 
texnologiya 
hamda 
axborot 
kommenikativ 
tarmoqlarning tezroq taraqqiy etishi, ayniqsa, kompyuterning 
kash etilishi, internet orqali jahonning turli mintaqalarida ro‗y 
berayotgan voqea-hodisalarning yashin tezligida butun er yuziga 
tarqalishi kabilar global muammolarning asosini tashkil 
etmoqda‖ (3, 7-bet).
Darhaqiqat, globallashuv butun insoniyatga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazgani kabi, uning tafakkuriga, dunyoqarashiga ham 
sezilarli ta‘sir etmoqda. Glaballashuvga berilgan ta‘riflar 
tarkibida fransuz tadqiqotchisi B.Bandning qarashlari zamirida 


24 
yanada, aniqlik mavjudligini ko‗rish mumkin: ―Globallashuv – 
muttasil davom etadigan tarixiy jarayon, glaballashuv – 
jahonning 
gomogenlashuvi 
va 
universallashuv 
jarayoni, 
globollashuv – milliy chegaralarning ―yuvilib ketish‖ jarayoni‖ 
ekanligini alohida qayd etadi (4, 23-bet). 
Ana 
shunday 
glaballashuv 
jarayonining 
inson 
ma‘naviyatiga, badiiy adabioyotga qanday ta‘siri bor degan 
savol tug‗ilishi tabiiydir. Bu jarayon o‗z navbatida ilmiy 
muamolar bilanbir qatorda ma‘naviy evrilishlarga e‘tiborning 
kuchayishiga, millatlarning o‗zligini namoyon qilivchi milliy 
qadriyatlarning asrab-avaylashga olib kelmoqda. Ma‘naviy-
axloqiy 
qadriyatlar 
har 
doim 
ham 
davrning 
global 
muammolaridan biri bo‗lib badiiy adabiyotda ham o‗z in‘kosini 
topmoqda. Ayni paytda glaballashuv insoniyatni butun borliqqa 
daxldor bovlgan global muammolarni birgalikda bartaraf etishga
undashi, umuminsoniyat uchun mavjud bovlgan global 
xavflardan ogahlikka chaqirish, adabiyot va san‘atdagi
umumbashariy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi 
bilan alohida ajralib turadi. Bu xususiyatlarni badiiy asarlar 
mohiyatiga singdirish, umumbashariy va milliy qadriyatlarni 
talqin etish badiiy adabiyot oldidagi muhim vazifalardan biri 
bo‗lib qolmoqda. Shu jihatdan, badiiy adabiyot ijtimoiy-
ma‘naviy 
muammolarning 
barchasini 
o‗zida 
mujassamlashtirishga harakat qilmoqda. Buni anglagan ijodkor 
INSON tushunchasiga yanada jiddiyroq e‘tibor bermoqda. 
―Afsuski, ayrim mintaqalarning chirkin hayotiga xos bo‗lgan 
illatlar so‗ngi davrda millatdoshlarimiz tarbiyasiga ham salbiy 
ta‘sir qilishi, ma‘naviy inqiroz sari etaklashi mumkin. Bir 
vaqtlar adabiyotda vafo va sadoqat timsoli sifatida tasvirlangan 
ayolning so‗nggi paytlarda o‗z nomiga nomunosib tarzda... 


25 
fribgarlik, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa ma‘naviy 
tanazullga olib keluvchi illatlarga aloqadoq kimsa sifatida 
namoyon bo‗lishi afsuslanarli holdir. Bu hodisalarning badiiy 
asarlarda global muammo sifatida aks etishi, uning ruhiy-
psixologik jihatlarning ochib berilishi, eng muhimi, ijodkorning 
bu boradagi qattiy positsiyasi, faol munosabati kitobsevar 
yoshlarimiz tarbyasidagi muhim bo‗g‗inlardan biridir‖ (3, 15-
bet).
Jahonda glaballashuv jarayoni mavjud ekan boshqa xalqlar 
adabiyoti kabi o‗zbek adabiyotiga va janrlar taraqqiyotiga ham 
o‗z ta‘sirini o‗tkazmoqda. Jahon tamaddunida sodir bo‗layotgan 
o‗zgarish va taraqqiyot milliy hayotimizga ham kirib 
kelayotganligi sir emas. Hech bir xalq yoki millat, o‗z qobig‗iga 
o‗ranib yashay olmagani kabi adabiyot ham boshqa xalqlar 
an‘analaridan oziqlanadi va taraqqiy etadi. Shu ma‘noda o‗zbek 
adabiyoti ham jahon adabiyotidagi etakchi tamoyillarni sezilarli 
darajada o‗zlashtirmoqdaki, albatta, bu holatni ijobiy baholash 
mumkin deb hisoblaymiz. Birgina hikoya janri misolida 
oladigan bo‗lsak, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarni, 
inson tafakkuridagi evrilishlarni, o‗likni anglash yo‗lidagi 
urinishlarni, samarsiz o‗tagan umrning ma‘lum bir nuqtasida 
o‗zlikni anglashga qilingan harakatlar misolida izohlash 
mumkin. Ana shunday o‗zgarishlar inson tafakkurifa sezilarli 
ta‘sir qildi.
80-yillardan keyingi davr hikoyachiligi murakkab va xilma 
xil talqinlarga, tasvirlarga ega ekanligi bilan alohida ajralib 
turadi. Bugungi davrdagi turfa xil voqealar inson ruhiyatiga shu 
qadar tez ta‘sir qilmoqdaki, bu esa tafakkurdagi evrilishlarni 
namoyon qilmoqda. Bu tushunchalarning barchasi insonning 
dunyoga bo‗lgan munosabatini ovzgartirib, olamni chuqurroq 


26 
angalashga, teranroq his etishga undomoqda. Insonning 
jamiyatda tutgan ovrni, movqeyi, mohiyati, o‗zligi va botiniy 
olamini asosliroq ovrganishga, talqin etishga undamoqda. Bu 
esa sodda badiiy tasvirlar asosida emas balki, turli ramzlar, 
majozlar orqali odam va olamni talqin etish yo‗lidan 
borayotganligi ham qayd qilingan tushunchalarni asoslaydi.
Ayniqsa, mustaqillik tugayli G‗arb falsafasi, etakchi talqin 
usullari kirib kela boshladiki, buning zamirida millati, irqidan 
qat‘iy nazar inson muammosining qo‗yilishi ham bejiz 
emasligidan dalolat beradi. Yozuvchi Nazar Eshonqul fikricha 
―Bu davr nasrida inson ruhiyatiga chuqurroq kirishga, uni teran 
tahlil etishga urinish yaqqol sezilmoqda‖ (4, 3-bet). Bu 
qarashlarni izchillik bilan rivojlantirgan adib Shoyim Bo‗tayev 
esa shunday yozadi: ―adabiyotning oldiga qo‗ygan mavzulari 
hamma davrga xos. Adabiyot bitta yo‗nalishdan ketsa, adabiyot 
hisoblanmaydi‖ (5, 4-bet). 
Drahaqiqat, 
jamiyatdagi 
o‗zgarishlar, 
demokratik 
tamoyillar, istiqlol shabadalarining keng quloch yoyishi badiiy 
adabiyotning hattoki, so‗z san‘atining erkinligini ham yuzaga 
chiqardi. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: ―Inson 
shaxsi, qalbining davlat, tuzum, mafkura, xatto din, siyosatga 
bo‗ysinmaydigan g‗aroyib jihatlarini talqin etishda, yana 
o‗zgacha tamoyillar ham ko‗rinmoqda‖ (5, 20-bet). Shu nuqtai 
nazardan Xurshid Do‗stmuhammad ijodida ham bu xususiyatni 
bevosita 
kuzatishimiz 
mumkin. Yozuvchining ―Jajman‖ 
hikoyasida o‗ziga xos xarakterini yoritib beradi. Agarda 
―bozor‖, ―bozor hayoti‖, ―insonning kunlik tashvishi‖ 
tasvirlangandek, ammo ―bozor‖-bu kunlik hayotimiz, unda 
ramziylik mavjud bo‗lsa, ―Jajman‖da majoziylikni ko‗ramiz: 
―Hademay, tong otadi, olam nurga to‗ladi ... Odamlar 


27 
uyg‗onadi, bozor uyg‗onadi .. til darvozasi lang ochiladi, g‗ala-
g‗ovur boshlanadi .. tumonat toshib-shoshib oqib kiradi, oqib 
chiqadi ... sotuvchi keladi, xaridor keladi, bekorchi keladi ... 
oyoqlar tinmaydi, qo‗llar tinmaydi, og‗izlar tinmaydi ... 
kiraveradi-chiqaveradi, kiraveradi-chiqaveradi ... olayotgan 
pulim deydi, sotayotgan molim deydi ... trikchilik bilan 
basharning tumshug‗idan jilov o‗tkazib etovga soladi ... ―bozor‖ 
deya atalmish tovachaga solib aylantiraveradi ...(6, 69-bet).
Hikoya qaxramoni Zardo‗sht bobo tilidan aytilgan bu 
fikrlarda ramziylik, yashirin mano, chuqur falsafiy tushnchalar 
o‗z ifodasini topganligini guvohi bo‗lamiz. Kitobxon yuqoridagi 
talqinlarni o‗qir ekan, bozor-bu hayot demakdir,-degan 
tushunchaga boradi. Nima uchun inson tongdan to kechga qadar 
tinimsiz izg‗iydi, bozorda esa turfa xil xarakter egalarini 
uchratamiz, ular qaergadir shoshar, sotuvchi esa o‗z molini 
o‗tkazishga urinar, o‗z foydasini o‗ylar, shu orqali kun 
o‗tkazishi, tabiiy. Ammo bu o‗rinlarda insonning hayotini o‗zi 
bozor, bozorda turli xarakter egalari bo‗lgani kabi, inson hayoti 
ham bir tekis emas, u ba‘zan adolatsizlikdan iztirob chekadi. 
Hayotdagi ziddiyatlargina emas, uning o‗z ruhiyatidagi 
ziddiyatlari ham mavjud bo‗lganidek, jamiyat ham inson 
tafakkuri orqali o‗zgarib boradi. Bu o‗rinlarda asardagi falsafiy 
talqinning mushohadaning mahorat bilan asar syujetiga 
singdirilganligini anglaymiz. Nafs quliga aylanib borayotgan 
inson qiyofasi ―Jajman‖ orqali tasvirlayotgandek tassurot 
qoldiradi. Chunki u eb to‗ymas, butun bozorni kichik bir qorniga 
joylashtirmoqchi bo‗lardi: ―Uni men to‗ydiraman! Yo‗q, qorni 
yorilib ketguncha men boqaman uni!‖, deb bahs boylaydiganlar 
chiqdi, lekin har safar ―To‗ydiraman!‖ deb katta ketganlar guv 


28 
tushaverdi, Jajmanning eb-to‗ymasligi sirliligicha qolaverdi 
(O‗sha asar, 73-bet). 
Asar haqida so‗z yuritgan olima Nargiza Davrboeva 
yozadi: ―Jajman bu o‗rinda poraxo‗rlar, tovlamachilar, umuman, 
aytganda millat ichidagi mitti-mitti yuhalar sifatida ko‗rinadi. 
Bu yohalarni biz istagan nom bilan atashimiz mumkin‖(7, 43-
bet). Shu o‗rinda, nafs balosiga giriftor bo‗lgan inson va insonlar 
qiyofasi haqida so‗z ketayotganini his etamiz.
Asar syujetidan o‗rin olgan Zardo‗sht bobo obrazi alohida 
ajralib turadi. Yozuvchi uni asar voqealari silsilasiga bevosita 
aralashtirmaydi, ammo u orqali ma‘naviy etuk inson qiyofasini, 
yaxshilik, ezgulik va yomonlik, adolatsizlik o‗rtasidagi 
ziddiyatni ham mavjudligini teranroq anglab olamiz. Chunki 
insoniyat yaralibtiki, ezgulik va yovuzlik o‗rtasida kurash 
abadiy mavjud bo‗lib kelmoqda. Ammo ezgulik asta-sekinlik 
bilan bo‗lsa-da, g‗alaba qozonadi, haqiqat yuzaga chiqadi: 
―Haroratingni darig‗ tutma, Axuramazda!... Ko‗ngillarni o‗zing 
munavvar qilgaysan...‖ dedi Zardo‗sht bobo ichida iltijo qilib‖.
Hikoyada Axuramazda ezgulikni yuzaga chiqarishda 
yomonlikning ya‘ni Jajmanlar olami esa Axriman ustidan 
g‗alabaga undovchi asosiy tushunchadir. Shuning uchun xam 
Zardo‗sht bobo goho-goho ―-Ogoh bo‗l, ogoh, Axuramazda!... –
Axriman o‗lmagan, Axuramazda!... Ogoh bo‗lgaysizlar, 
yaxshilar, ogoh!... deya murojaat etadi. Asardagi bu talqinlarda 
mavjud insoniyatga qaratilgan falsafiy mushohada mavjud. 
Hayot faqat esgulikdan iborat emas, shuning uchun ham 
adabiyot faqat ezgulikni targ‗ib qilmaydi, chunki milliy 
tafakkurda ham o‗zgarishlar yuzaga chiqa boshlagan bir davr 
edi. Bugunki kun yozuvchisi o‗z dunyoqarashi, ichki 
dunyosidagi muqakkablik, uslubdagi rang-baranglik bilan 


29 
sho‗rolar davri adabiyotidan farq qiladi. Shu o‗rinda bir 
tushunchani alohida ta‘kidlash zarurki, ramziylik, talqindagi 
o‗zgarishlar g‗arb adabiyotiga taqlid emas, aksincha bir-biridan 
oziq olish hamdir.
Milliy adabiyotdagi har bir hodisaning sababini tashqi 
omillardan emas, bu zamindan, real voqelikdan, davr 
ehtiyojidan izlash zarur. Shuning uchun yozuvchi Nazar 
Eshonqul bu tushunchalarni umumlashtirib shunday yozadi: 
―adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas. Jahon 
adabiyoti dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan 
bizning ham. U bizga begona adabiyot emas. Shuning uchun 
jahon adabiyoti tushunchasiga cho‗chib, xavotirlanib qarash 
noo‗rin. An‘analar adabiyotdan adabiyotga o‗tadi. Kimda 
nimaga ehtiyoj bo‗lsa, o‗shani oladi. Men ham o‗z ehtiyojimga 
yarasha olganman. Kimga kerak bo‗lsa bizdan oladi. Men 
ta‘sirni juda oddiy tushunaman, shu sababli cho‗chimayman‖ (3, 
265-bet). Hayotimizdagi ijtimoiy-ma‘naviy burilishlar ta‘sirida 
badiiy adabiyotimizda ham turfa xil ohanglar o‗z ifodasini 
topmoqda. Bu esa globallashuv jarayoniga yorqin misoldir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling