84
qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning
tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ushbu qarorga asosan oliy
ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan
magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.
8. Magistr:
tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va
kasbga doir faoliyatini yuritish;
tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyin katta
ilmiy xodim izlanuvchilar institutida tahsil olish;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida
qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.
9. Magistr o‘zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik
tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ilmiy tadqiqot va tajriba;
ishlab chiqarish boshqaruvi;
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos boshqa
mutaxassisliklari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: