O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish»
III bob. Magistratura ta’lim dasturi hamda o‘quv jarayonini tashkil etilishi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy izlanish asoslari
III bob. Magistratura ta’lim dasturi hamda o‘quv jarayonini tashkil etilishi
10. Magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaxassislik bo‘yicha magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi. 11. Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi. Tanlov fanlari magistrlik dissertatsiyalarining (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) mavzularidan yoki buyurtmachilar tomonidan mutaxassis kadrlarga qo‘yiladigan talablar asosida belgilangan tartibda o‘quv rejaga kiritiladi. 12. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib, magistraturada o‘qish davrining umumiy hajmi (nazariy ta’lim, attestatsiya, amaliyot, 85 ta’til va ilmiy faoliyat taqsimoti)ga Vazirlik bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 13. Talabalarning mustaqil ishi o‘quv rejasidagi muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish va zamonaviy axborot manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltiriladi. 14. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi: davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy va amaliy ta’lim, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda dissertatsiyalarni tayyorlash uchun zaruriy o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazaning mavjudligi; tashkilotlarda davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalariga muvofiq talabalarning amaliyotlarini o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasasi, fakultet yoki kafedralar bilan tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning mavjudligi; magistrlar tayyorlash jarayoniga yuqori malakali o‘qituvchilar, fan nomzodi va dotsentlar, fan doktori va professorlar, shuningdek tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilarning jalb etilishi. 15. Magistraturada talabaning mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi shaxsiy kalendar ish rejasi (bundan buyon matnda ish reja deb yuritiladi) asosida ta’lim olishiga magistratura bo‘limi boshlig‘i, tegishli fakultet dekani va kafedra mudiri hamda ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) mas’ul hisoblanadi. Ish reja o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, dissertatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyatiga oid tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib ish rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 16. Ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tegishli kafedrada tasdiqlangan ish reja magistratura bo‘limi tavsiyasi asosida oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 17. Talaba ish rejaning bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida rasmiy hisobot beradi. Bunda talabalar hisobotini eshitish jadvali tegishli kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va magistratura bo‘limi bilan kelishgan holda tegishli fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Kafedra mudiri talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi, ularning ilmiy-tadqiqot ishlari holati bo‘yicha har semestrda 1 marta tegishli fakultet ilmiy kengashi (o‘quv- uslubiy kengash)ga hisobot berishi lozim. Talaba ilmiy rahbari ishtirokida semestrlar yakunida tegishli fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengash) va magistratura bo‘limiga dissertatsiyaning bajarilish holati, ilmiy, uslubiy maqolalar tayyorlanishi, o‘tkazilgan ijodiy ishlar va boshqalar haqida yozma hisobot taqdim etadi. 18. Talaba tomonidan ish rejasini tizimli ravishda buzilishi va talaba aybi bilan dissertatsiyaning o‘z vaqtida bajarilmasligi holatlarida ilmiy rahbar talabaga ilmiy rahbarlik qilishdan voz kechishi va uni dastlabki himoyaga tavsiya etmasligi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling