O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti


Download 46.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi46.5 Kb.
#202157
Bog'liq
Bavatov Javoxir



O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Samarqand davlat universiteti

Yuridik fakulteti

Miliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi”



yo`nalishi 301- guruh talabasi Bovatov Javoxirning

Geosiyosat fanidan tayyorlagan

Kurs ishi

Tayyorladi: J.Bovatov

Tekshirdi : A.Samadov

Samarqand-2020

Mavzu: Yevrosiyo harakati tarixiy ildizlari.

Kirish.

Reja:


1. 1.1. XIX asrgacha bo'lgan davrda sayѐrada ilk geosiѐsiy manbalar va

g'oyalarning qisqacha tarixi

1.2. Qadimgi Xitoy va Hindistonda geosiѐsiy ta'limotlar.

1.3. Arab dunѐsining qadimgi geosiѐsiy konsepsiyalari

1.4. Qadimgi yunon va rimliklarning geosiѐsiy

ta'limotlari

1.5. O’rta asrlar va Yangi davrda Evropada asosiy geosiѐsiy

ta'limotlar va nazariyalar.

Geosiѐsatning alohida ilmiy-tadqiqot sohasiga aylanishi

va uning nazariy-metodologik asoslarining tarkib topishi

hodisasi birdaniga yuz bergan emas. Insoniyat bungacha xiyla

uzoq nazariy va amaliy taraqqiѐt bosqichini bosib o'tdi.

XIX asr oxiridan boshlab XX asrning birinchi yarmigacha

bo'lgan davrda geosiѐsat alohida ilmiy yo'nalishga aylandi.

Ayni chog'da bu jaraѐn, asosan, uning amaliy fan sifatida

shakllanishi tarzida yuz berdi va akademik ilm ehtiѐjlariga

qaraganda ko'proq davlat siѐsatini (xususan, harbiy

strategiyani) rejalashtirish ehtiѐjlari va siѐsiy arboblarga

amaliy tavsiyalar berish bilan bog'liq bo'ldi. Faqat XX asr

boshlaridan, Evropada ilmiy bilim rivojlanishi

munosabati, ayniqsa, yangi siѐsiy voqeliklarni bilish

ehtiѐji bilan bog'liq holda geosiѐsat asta-sekin akademik

ilmga aylandi.

Dastlabki bosqichlarda klassik geosiѐsatchilar geosiѐsatga

ijtimoiy-falsafiy pozisiyadan ѐndashdilar va bu fandan

asosan mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish uchun

foydalandilar. O’sha vaqtlari davlatlararo munosabatlarda

mamlakatning makon, hudud va ijtimoiy xarakteristikasida

geografik omillaridan foydalanishga alohida e'tibor

berildi. Klassik geosiѐsat asoschilari uchun davlatning

geografik holati, makon xarakteristikasi, hudud, aholisi,

qo'shnilari va shunga o'xshash masalalar asosiy tadqiq ob'ekti

bo'ldi. Bundan tashqari, bu fan asosan makon uchun kurash,

mustamlakachilik kuchaygan hamda jahon milliy, sinfiy-

mafkuraviy zaminda bir-biriga zid frontlarga ajralgan

(1900-1939 yillar) bir davrda shakllangani munosabati

bilan u muayyan darajada sinfiy, siѐsiy, binobarin,

sub'ektiv xarakterga ega bo'ldi.

1.1. XIX asrgacha bo'lgan davrda sayѐrada

ilk geosiѐsiy manbalar va g'oyalarning qisqacha tarixi

Qadimgi davrlarning faylasuflari, sayѐhlari,

tarixchilaridan XVI-XIX asrning davlat boshliqlari va ularning

atrofidagi dono mutafakkirlarga qadar hammasi u ѐki bu

darajada o'z mamlakatining tabiati, geografiyasi, tarixi,

madaniyati, harbiy va geosiѐsiy muammolarini o'rganganlar,

qo'shnilar bilan muayyan munosabatlar o'rnatganlar, ular bilan

muloqotda bo'lib turganlar.

Faqat biz ko'rib chiqaѐtgan davrda bu faoliyatni ilmiy asosda

umumlashtiradigan va shakllantiradigan geosiѐsiy deb ataladigan

ilmiy markazlar bo'lmagan.

XVII-XIX asrlarda Evropada va butun dunѐda boshlangan

davlatlarning markazlashuv va mustamlakachilik jaraѐnlari, teran

geosiѐsiy tafakkurga ega bo'lgan ba'zi qirollar, davlat

boshliqlari, harbiy sarkardalar, shuningdek ularning atrofidagi

geograf-sayѐhlar, olimlar, ilg'or mutafakkirlar va ular ѐzgan

asarlar geosiѐsat fanining ilk manbasi va intellektual zamini

bo'lib xizmat qildi. Ingliz tarixchisi A.Toynbining so'zlari

bilan aytganda: evropaliklarning jahonning qolgan aholisi

bilan dastlabki dramatik to'qnashuvlari yangi tarixning eng

asosiy hodisasiga aylandi va shundan keyin “barchaning yagona

makon va zamon doirasida yashashga mahkum ekani” to'g'risidagi

oddiy haqiqatni anglatdi.

Albatta, o'zgargan tarixiy muhit va yangi geosiѐsiy voqelik

barcha manfaatdor idoralar va fikrlovchi kishilardan xalqaro va

davlatlararo munosabatlarni, geosiѐsiy harakatlarning kelib

chiqishi va rivojlanishi tabiati, sabablari va oqibatlarini,

ularning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini, makon-hudud

omilining dunѐ tartibotiga ta'sirotini va boshqa geosiѐsiy

masalalarni o'rganishlarini taqozo etdi.

Ko'rib chiqilaѐtgan davrda tabiiy, shuningdek ijtimoiy-

gumanitar fanlarda ma'lum bo'lgan bilim, faktlar va nazariyalar

geosiѐsatchilar murojaat qiladigan ilk manbalar bo'ldi.

Tadqiqotchilar bunday fanlar orasidan birinchi navbatda

geografik determinizm nazariyasini qayd qiladilar. Bu nazariya

o'sha davr fanida keng qo'llanilgan. Bu shu bilan bog'liq ediki, geosiѐsiy tadqiqotga kirishgan olimlar kishilar va xalqlar,

ularning madaniyati, ijtimoiy qurilishi, xarakteri va xulq-

atvori tabiat va atrof-muhitga, davlatlarning rivojlanishi

darѐlar va dengizlarga, qulay iqlim va tuproq unumdorligiga,

ularning xavfsizligi tabiiy istehkom, tog', o'rmon va boshqa himoya

vositalariga bog'liq ekanini endi tushunib etgandilar.

Bundan tashqari ko'rib chiqilaѐtgan davrda ilmga ko'pgina

utopik “organik nazariyalar”, davlat va xalqni biologik

organizmga muqoyasa qiladigan g'oyalar ma'lum edi. Shuning uchun

klassik geosiѐsatchilar jamiyatda mavjud makon-geografik va

organik nazariyalardan xabardor bo'lib, shu asosda o'z

konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniga ega edilar. Albatta,

ilmda barcha hodisa va jaraѐnlarni tabiiy-tarixiy qonuniyatlar

bilan izohlash oson bo'lgani uchun klassik geosiѐsatchilar lozim

bo'lgan chog'da ulardan bu fanning asosiy manbasi sifatida

foydalanar edilar.

XIX asrning o'rtalarida paydo bo'lgan O.Kontning

“pozitivizm”, Ch.Darvinning “tabiiy rivojlanish” va shunga

o'xshash boshqa nazariyalarni ham tadqiqotchilar geosiѐsat fanining

ilk manbalari va nazariy-metodologik asosi sirasiga qo'shadilar.

Bu nazariyalar insonlarning haѐti va faoliyati, madaniy-

sivilizasion taraqqiѐt, davlatlarning xatti-harakati va

davlatlararo munosabatlarning sabab va natijalarini va hokazo

geosiѐsiy masalalarni bevosita izohlar edi.

Masalan, sosial-darvinizm davlatlar va xalqlar orasida

urushlar, konfliktlar, iqtisodiy, madaniy raqobat bo'lishi

tabiiy va ular milliy taraqqiѐtning asosini tashkil etadi, deb

tushuntiradi. Albatta, o'sha davrda klassik geosiѐsatchilar asosan

hudud bosqinchiligi va makonlarni qo'lga kiritish, ular ustidan

geostrategik nazorat o'rnatish vazifalarini amalga oshirish bilan

shug'ullanganliklari e'tiborga olinsa, u holda sosial-

darvinizmning bu g'oyasi geosiѐsatchilar uchun juda jiddiy manba

va nazariy asos bo'lib xizmat qilgani shubhasiz.

Faqat hozirgi davrda turli kuch markazlarining global

darajada strategik makonlar ustidan turli xarakterdagi – harbiy,

iqtisodiy, siѐsiy, madaniy, ijtimoiy, axborot, ekologik va h.k.

nazorat imkonlarining ahvolini, dinamikasini va mayllarini o'rganish kabi vazifalar ilmiy konsepsiya sifatida geosiѐsatning

vazifalari qatoriga ilova etilgan1

.

O’z navbatida, geografik omillar va tabiat hodisalarining



xalqaro siѐsat va davlatlarning faoliyatiga ta'sirini o'rganish

geosiѐsiy tadqiqotlar va nazariyalarning jadallashishiga turtki

berdi. O’sha davrda bunday tadqiqotlar asosan boshqa fanlar:

falsafa, tarix, geografiya, harbiy strategiya va shu kabilar

doirasida olib borildi.

Geosiѐsiy g'oyalar va nazariyalar tarixi bashariyat tarixining

qadimgi davrlaridan to davlatlarning vujudga kelishi va

rivojlanishigacha bo'lgan butun bosqichlarini o'zida aks ettiradi.

Qadimgi davrlarda geosiѐsiy muammolarga qiziqish tasodifiy

bo'lmagan. Bu qiziqish ko'pgina ob'ektiv jaraѐnlar ta'sirida

paydo bo'lgan.

Jahonda so'nggi mingyilliklarda insoniyat jamiyatlarining

rivojidagi ba'zi umumlashtirilgan namunalar, takrorlangan

jaraѐnlar, ko'pgina o'xshash hodisalar keng taxayyulli kishilarga

muayyan umumlashmalar qilish va tegishli xulosalar chiqarishlari

uchun asos bo'lib xizmat qilgan.

Olim R.T. Muxaev turli geosiѐsiy jaraѐnlarni

umumlashtirish natijasida quyidagi ilmiy xulosaga kelgan:

Birinchidan. Tamaddunlar va tamaddun markazlari

uzoq davr mobaynida muayyan makonda paydo bo'lgan va

rivojlangan.Aksariyati ilk o'laroq muayyan makonda vujudga

kelgan bunday tamaddunlar va ularni yaratgan “madaniy xalqlar”

keyinchalik atrofidagi “g'ayri madaniy” xalqlar yashaydigan

erlarni ishg'ol qilib, o'zining “haѐt makoni”ga qo'shib olgan va o'z

hududini yanada kengaytirgan. (Boshqa o'lkalarni bosib olish

evaziga buyuk imperiyalar bunѐd qilgan xitoylar, arablar,

mo'g'ullar, usmoniylar tajribasi bu da'voning to'g'riligini

ko'rsatadi).

Ikkinchidan. Iqtisodning ekstensiv rivoji (asosan xom ashѐ,

boyliklar va o'zga erlarni qo'lga kiritish yo'li bilan erishilgan

taraqqiѐt) davrida makonlarning qo'lga kiritilishi geosiѐsiy

faoliyatda hal qiluvchi omil sifatida kun tartibiga qo'yilgan edi.

Shu boisdan buyuk davlat va madaniyat egasi bo'lgan

mamlakatlarning siѐsati mutloq tarzda imperialistik xarakter kasb etardi va bu mamlakatlar hamisha atrofidagi erlarni nazorat

ostiga olish evaziga kengayib borardi.

Uchinchidan. Ilk tamaddunlarning barchasi darѐlarning bo'yida

paydo bo'lgan. Bu bashariyatning oddiy haѐtiy faoliyati o'rtaga

chiqargan bir haqiqat va qonuniy natija edi. Tabiiy omillarning

inson haѐtidagi roli bag'oyat katta va dolzarb bo'lgan. Bundan

tashqari jamiyat evolyusiyasida tabiiy shart-sharoitning rolini

tushunishga olib kelgan boshqa omillar ham bo'lgan1

.

Muallifning fikricha, m.o. 1 ming yillikda sayѐramizda



ikkita muhim hodisa ro'y bergan. Ularning biri Er kurrasining

iqlimi qo'qqisidan sovib ketishi natijasida “haѐt makoni”ning

ancha o'zgarishi, ikkinchisi – insonlar ongidagi inqilobiy

to'ntarish bilan bog'liq bo'lgan. Bu inqilobiy o'zgarishlar

kishilarning o'sha vaqtgacha mavjud bo'lgan taraqqiѐtga – Misr,

Bobil, Yunoniston va boshqa qadimgi tamaddunlarga hayratomuz

mistik qiziqishi o'z o'rnini yangi, realistik tabiiy va

rivojlanuvchi dunѐqarashga bo'shatib berishi uchun sharoit yaratdi.

Nemis faylasufi, tarixchi va ruhshunos Karl Yaspers (1883-

1969) Evropada birinchilardan bo'lib o'sha davrda butun dunѐda

(Hindiston, Xitoy, Evropa, Yaqin Sharqda) inson o'z tasavvurida

o'zining bir butunligini anglash, o'z imkoniyatlari va atrof

muhitga ta'sir o'tkazish kuchini his qilgani to'g'risidagi xulosaga

keldi. Olim bu davrni “mehvar davri” deb atab, insonlar olamni

oldingi mifologik tushunishdan, olamga mifologik, ruhiy va

diniy ta'sir o'tkazish to'g'risidagi tasavvurlardan qutulib,

realistik fikrlashga va atrofdagi olamga o'z shaxsiyati, kuchi bilan

ta'sir o'tkaza boshladilar, deb ѐzgan edi. Uning aytishicha, so'zning

tom ma'nosida, bu insoniyat tafakkuri tarixida inqilobiy

to'ntarish bo'ldi. Jamiyatlarda sodir bo'lgan keyingi hodisalar

bo'lsa, inson shaxsiyati va tushunchasi, o'zgaruvchan vaqt va makon

qadriyatlari bilan baholana boshladi.

Real aql-idrokka ega bo'lgan insonlar o'z-o'ziga biqinib olib,

fantastik va samoviy kuchlarga umid bog'lashdan voz kechdilar, endi

ular o'z yangi cheksiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda real

harakat qilishga o'tdilar.

Yaspers milodgacha bo'lgan davrda yashagan barcha xalqlarni

ikkita – “tarixiy” va “g'ayritarixiy” guruhga ajratadi. U

xitoylar, hindlar, yunonlar, yahudiylarni tarixiy ѐki “mehvar” kasb etardi va bu mamlakatlar hamisha atrofidagi erlarni nazorat

ostiga olish evaziga kengayib borardi.

Uchinchidan. Ilk tamaddunlarning barchasi darѐlarning bo'yida

paydo bo'lgan. Bu bashariyatning oddiy haѐtiy faoliyati o'rtaga

chiqargan bir haqiqat va qonuniy natija edi. Tabiiy omillarning

inson haѐtidagi roli bag'oyat katta va dolzarb bo'lgan. Bundan

tashqari jamiyat evolyusiyasida tabiiy shart-sharoitning rolini

tushunishga olib kelgan boshqa omillar ham bo'lgan1

.

Muallifning fikricha, m.o. 1 ming yillikda sayѐramizda



ikkita muhim hodisa ro'y bergan. Ularning biri Er kurrasining

iqlimi qo'qqisidan sovib ketishi natijasida “haѐt makoni”ning

ancha o'zgarishi, ikkinchisi – insonlar ongidagi inqilobiy

to'ntarish bilan bog'liq bo'lgan. Bu inqilobiy o'zgarishlar

kishilarning o'sha vaqtgacha mavjud bo'lgan taraqqiѐtga – Misr,

Bobil, Yunoniston va boshqa qadimgi tamaddunlarga hayratomuz

mistik qiziqishi o'z o'rnini yangi, realistik tabiiy va

rivojlanuvchi dunѐqarashga bo'shatib berishi uchun sharoit yaratdi.

Nemis faylasufi, tarixchi va ruhshunos Karl Yaspers (1883-

1969) Evropada birinchilardan bo'lib o'sha davrda butun dunѐda

(Hindiston, Xitoy, Evropa, Yaqin Sharqda) inson o'z tasavvurida

o'zining bir butunligini anglash, o'z imkoniyatlari va atrof

muhitga ta'sir o'tkazish kuchini his qilgani to'g'risidagi xulosaga

keldi. Olim bu davrni “mehvar davri” deb atab, insonlar olamni

oldingi mifologik tushunishdan, olamga mifologik, ruhiy va

diniy ta'sir o'tkazish to'g'risidagi tasavvurlardan qutulib,

realistik fikrlashga va atrofdagi olamga o'z shaxsiyati, kuchi bilan

ta'sir o'tkaza boshladilar, deb ѐzgan edi. Uning aytishicha, so'zning

tom ma'nosida, bu insoniyat tafakkuri tarixida inqilobiy

to'ntarish bo'ldi. Jamiyatlarda sodir bo'lgan keyingi hodisalar

bo'lsa, inson shaxsiyati va tushunchasi, o'zgaruvchan vaqt va makon

qadriyatlari bilan baholana boshladi.

Real aql-idrokka ega bo'lgan insonlar o'z-o'ziga biqinib olib,

fantastik va samoviy kuchlarga umid bog'lashdan voz kechdilar, endi

ular o'z yangi cheksiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda real

harakat qilishga o'tdilar.

Yaspers milodgacha bo'lgan davrda yashagan barcha xalqlarni

ikkita – “tarixiy” va “g'ayritarixiy” guruhga ajratadi. U

xitoylar, hindlar, yunonlar, yahudiylarni tarixiy ѐki “mehvar " 15

xalqlar, qolgan barcha xalqlarni g'ayritarixiy xalqlar sirasiga

kiritadi. U, o'z navbatida, tarixiy xalqlarni yunonlar va xitoylar

siymosida g'arb va sharq xalqlariga bo'lib, sharq-g'arb

tamaddunlarini ular shakllantirgan, intellektual inqilob ayni

shu xalqlarda va ularning hududida ro'y bergan, keyin boshqa

hududlarga ѐyilgan, deb da'vo qiladi. Olimning fikricha, agar

qadimgi odamlarda geosiѐsiy tushunchalar, atrofdagi olam,

dunѐning tuzilishi, davlatlarning joylashishi va h.k. masalalar

to'g'risidagi bilim idealistik an'analarga va mistik fikrlarga,

ideal olam to'g'risidagi orzu-istaklarga asoslangan bo'lsa,

milodning birinchi asridan e'tiboran ayni realistik tafakkur

tarzi hukmron mavqega ko'tarilgan. Bu davrda makon, davlat va

hokimiyat aloqalari, geografik muhit va siѐsiy taraqqiѐt

orsidagi bog'liqlik va boshqa geosiѐsiy jaraѐnlar o'rtasidagi

aloqalar taddrijiy ravishda insonlar tomonidan anglana va

haѐtga joriy etila boshlaydi. Realistik tafakkur tarzi endi

kishilarga atrofidagi olam va kundalik jaraѐnlar ustida amaliy

faoliyat olib borishga imkon yaratadi. Kishilar davlatlarning

kuchi bilan u joylashgan zamin o'rtasida aloqadorlik va bog'liqlik

qidira boshladilar, bunga muvofiq ravishda geografik muhitning

siѐsiy faoliyatga, siѐsiy hissiѐtlarga, urf-odat, an'analarga,

xatti-harakat qonun-qoidalariga va ijtimoiy tuzilishga

ta'sirini o'rganish ehtiѐji maydonga keldi. Bularning

o'rganilishi esa, o'z navbatida, insonlarni ijtimoiy-madaniy va

siѐsiy o'xshash inson jamiyatlari yaratishga va ularni boshqarishga

ruhlantirdi. Shunga muvofiq tarzda, jamiyatlar, davlatlarning

atrof muhit, qo'shni davlatlar bilan munosabatlarga kirishishi va

bunday munosabatlar o'rnatishi ularni boshqa geosiѐsiy va

geostrategik qadamlarni tashlashga majbur qildi.

Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, qadimgi dunѐning

dastlabki bosqichlarida garchi geosiѐsiy tafakkur asosan diniy-

mifologik g'oyalarga asoslangan va tegishli faoliyat olib borilgan

bo'lsa-da, tarixning muayyan bosqichida, turli omillarning ta'siri

ostida kishilarda realistik tafakkur va shunga muvofiq

realistik nazariyalar paydo bo'lgan. Geosiѐsat fanining

rivojlanish tarixini ham ayni shu davrga oid deb bilishadi.

1.2.Qadimgi Xitoy va Hindistonda

geosiѐsiy ta'limotlar

Tadqiqotchilarning fikricha, eng qadimgi geosiѐsiy ta'limot

namunalari Sharqda (Xitoy, Hindiston, Arab dunѐsi va boshqa

madaniyat o'choqlarida) vujudga kelgan.

Xitoy zaminida dastlabki davlat birlashmasi miloddan

oldingi II ming yillik boshida barpo etilgan. M.o. XVIII asrda

mamlakat Shan qabilasi hokimiyati ostida birlashtirilgan. Uzoq

vaqt yagona davlat bo'lgan Xitoyda m.o. V asrda ichki kurash

boshlangan va davlat turli podsholiklarga bo'linib ketgan hamda

xorijiy istilolar uchun qulay sharoit paydo bo'lgan. Ayni shu

davrdan boshlab Xitoy imperiyasi chet davlatlarning hujumlariga

duchor bo'ldi va xitoy xalqi bir necha bor chet el bosqinchilariga

qarshi kurashga bosh ko'tarishga majbur bo'ldi.

Tadqiqotchilar umuman Xitoyda milliy birlikning

shakllanishi tarixini Chjou imperiyasi davriga oid deb bilishadi.

Mamlakat tarixida bu davr Xitoyda xorijiy dushmanlarga qarshi

umumiy harakat boshlangani bilan xarakterlanadi. Xitoy

aholisining ongida geosiѐsiy g'oyalar va markazlashgan Xitoy

davlati doktrinasi ayni shu davrda paydo bo'ldi.

Qadimgi xitoylarning geosiѐsiy tasavvurlariga ko'ra, bu

mamlakat “samo ostidagi dunѐning markazi” (xitoy tilida “tyan)

edi. Aslida, Xitoy degan nomning o'zi “chjungo” so'zidan (chjun –

“o'rta”, go - “davlat”) kelib chiqqan bo'lib, “o'rta imperiya” degan

ma'noni anglatadi. Bu vaqtdan boshlab Xitoy imperiyasi

markazlashgan davlat tizimidan, qulay geografik sharoitidan va

ularning so'zi bilan aytadigan bo'lsak, “parvardigor ularga in'om

etgan ustunliklardan” foydalanib, zamonasining eng rivojlangan

texnik, madaniy va harbiy imperiyasini bunѐd etdilar va

atrofdagi hududlarni bosib olishga kirishdilar.

Buyuk Xitoy imperiyasining eng gullab-yashnagan davri m.o. Sh

asrga Sin sulolasi davriga to'g'ri keladi. Bu sulolaning

hukmronlik davridan boshlab Xitoyni markazlashtirish jaraѐni

nihoyasiga etadi va Janubi-Sharqiy Osiѐning butun zamini uning

tarkibiga qo'shib olinadi.

Qadimgi Xitoy davlatining rahbarlari atrofdagi olamga

munosabatlarda o'z harbiy, siѐsiy va geostrategik vazifalarini

rejali ravishda, realistik va pragmatik boshqaruv asosida amalga

oshira borib, jahonning boshqa davlatlari va xalqlari bilan

o'zaro munosabatning jiddiy va sistemali strategiyasini yaratdilar. Chet el bosqinchilariga qarshi kurash vazifasi bu

strategiyaning eng o'zak talablaridan biri edi. Mohiyat e'tibori

bilan, tashqi bosqinchilarga qarshi kurash faqat Xitoygina emas,

balki Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim geostrategik

faoliyatining asosini tashkil etgan va hukmron tabaqaning asosiy

burchi hisoblangan. Bu davrda Buyuk Xitoy devorining qurilishi

ham chet el bosqinchiligining oldini olish uchun davlat tomonidan

ko'rilgan tadbirlardan biri bo'ldi.

Qadimgi Xitoyda geosiѐsiy g'oyalar mifologik, sosio-

antromorfologik dunѐqarash asosida shakllangan esa-da, ular ayni

chog'da tugal realistik tushuncha namunasi bo'lgan. Atrofdagi

olamni jonli inson kabi tasavvur qilgan xitoylar insonning

unga va jamiyatning patriarxal tuzilishiga bog'liq ekanini to'la

idrok etardilar. O’sha davrdagi (Lao-szi, Konfusiy, Men-szi va

m.o. 579-289 yillarda yashagan boshqa) mutafakkirlarning bizgacha

etib kelgan qo'lѐzmalarida ko'p masalalar – qo'shni katta va kichik

davlatlar, bu davlatlarning bunѐd etilishida darѐ va ko'llar,

dengiz va okeanning roli, dunѐ markazida imperiyalarning

joylashuvi, katta davlatlarning kichik davlatlar uchun

jozibadorligi, geosiѐsiy hududlarga aholining o'zaro kelishuv

yo'li bilan erlashtirilishi va h.k.lar to'g'risida qator harbiy-

strategik, geosiѐsiy va geografik g'oyalar baѐn etilgan. Chunonchi,

Konfusiy (m.o. 551 – 479) “Luni-yuy” (“Mulohazalar va

suhbatlar”) asarida garchi geosiѐsiy muammolar haqida to'g'ridan-

to'g'ri so'zlamasa-da, qo'shni davlat ustidan g'alaba qozonish,

hukmronlikning yashirin taktik usullari va yo'llari (verbal

kommunikasiyalar vositasi), davlat rahbari va hukmron tabaqaning

ma'naviy boshqaruvi asoslari, davlatning kuch-quvvati va uning

makonda o'z aksini topishi, ierarxiyali boshqaruv tizimi va uning

xususiyatlari bilan bog'liq qator masalalarni tilga olgan.

Muallifning geosiѐsiy g'oyalari, qo'shni davlatlar ustidan g'alaba

qozonish va ularni o'z ta'siri ostiga olish doktrinasi

xitoylarning yashirin va ѐlg'on uydirmalar yo'li bilan firib

berish, kutilmagan zarbalar berish singari tushuncha tarzi va

strategiyasiga asoslangan edi. U bu strategiyani davlatni

muvaffaqiyatli boshqarishning va insoniyat jamiyatida tabiiy

farqlar bo'lishining e'tirof etilishi bilan bog'lagan edi.

Konfusiy tabiatdagi jonli organizmlar orasida bo'lgani kabi

jamiyatda ham har bir inson turlicha kuch, mavqe, huquq va burchlarga ega bo'ladi, deb hisoblar edi. U o'z ijtimoiy qonun-

qoidasini bunday izohlagan: “Hokim – hokim, ota – ota, o'g'il –

o'g'il, idora qiluvchi ham, idora qilinuvchi ham o'z o'rni va huquqini

bilmog'i darkor”1

.

Qadimgi Xitoy faylasufi Men-szining (m.o. 372-289)



asarlarida ham original geosiѐsiy fikrlarni uchratish mumkin.

Uning ilmiy merosida “to'rt dengiz doirasida hokimiyat g'oyasi”

baѐn etilgan va geostrategik jihatdan asoslab berilgan. U

Konfusiyning “ma'naviy boshqaruv” konsepsiyasini “xalq va

davlatga xizmat etish” falsafasi bilan boyitib, davlatga

rahbarlik qilgan shaxs qandaydir qadam tashlashdan oldin uning

geosiѐsiy natijalarini o'ylab olishi, bu qadamning u rahbarlik

qilaѐtgan davlat va xalqqa qanday oqibatlar keltirishi

mumkinligini oldindan bilishi kerak, deb hisoblagan.

Men-szining asarlarida, muallifning dunѐqarashiga muvofiq

ravishda, “to'g'ri boshqaruv ilmi”ning formulasi va turli

jihatlari baѐn etilgan. Uzoqni ko'ra bilish, insonparvarlik va

adolat muallifning “to'g'ri boshqarish” standartining asosiy

alomatlari sifatida ko'rsatilgan.

Tarixiy adabiѐtlarda Xitoy davlatining rivojida Xan

sulolasining (m.o. 206 – m.k. 220 yillar) hokimiyatiga alohida

e'tibor berilgan. Xan sulolasi davlat faoliyatida realistik

geostrategik dastur mavjud bo'lgani geosiѐsiy ma'noda muhim

ahamiyat kasb etgan va bu diqqatni jalb qiladi. Asosini uchta –

Xitoyning hududiy butunligi, aholining asta-sekin ko'payib

borishi va ijtimoiy turmush normalari, ierarxiyali

boshqaruvning o'zgarmas qoidalari tashkil etgan bu geostrategik

yo'l mazkur sulola hokimiyatining muvaffaqiyatli boshqaruvi va

Xitoyning XVIII asrga qadar sobit taraqqiy etishining chinakam

geostrategik tilsimi kabi baholanishi mumkin.

M.o. Sh asrda hozirgi Hindiston hududida ham geosiѐsiy fikr-

mulohazalar maydonga kelgan. Bu davrda mazkur zaminda Harappa

madaniyati asosida umumhindiston tamadduni shakllana boshlagan.

Bu tamaddun m.o. II asr o'rtalariga qadar mavjud bo'lgan. M.o. II

asrda jangari oriy qabilalarining bu hududga bostirib kirishi

va ular tomonidan davlat tizimining barpo etilishi qadimgi

Hindistonning geosiѐsiy, madaniy va harbiy strategiyasi paydo

bo'lishiga olib keldi. Bu davlat rahbarlarining geosiѐsiy tushunchalari qadimgi

oriylarning ma'naviy madaniyati obidasi bo'lgan Vedalarda

saqlanib qolgan. Bu obidalarda olam gul solingan savatlar suzib

yuradigan okeanga o'xshatiladi. Tadqiqotchilar hindistliklarning

geografik tasavvurida bu savatlar va gullar sayѐra makonlari

(qit'alar)ni, katta okean va uning ichidagi hududlar bo'lsa,

kontinental va subkontinental hududlarni, shuningdek Shimoliy

erlarni bildirgan, deb hisoblashadi1

.

Ba'zi geosiѐsatchilar bu manbalardagi er taqsimoti hatto



hozirgi dunѐning dengiz, quruqlik va dengizlar orasidagi yarim

orollar sistemasiga tom uyg'un tushadi, deb aytishadi. Klassik

nemis sayѐhi K. Ritter ѐzganidek, qadimgi oriylarning geosiѐsiy

tafakkuri tabiat (okean va quruqlik) va inson jamiyati (davlat)

orasida bog'liqlikning birligini o'zida aks ettirgan. Oriylar,

xuddi xitoylar singari, borliq (dunѐ)ning markaziga tegishincha

o'z xalqi (mamlakati)ni qo'yganlar va shu bilan etnomarkazchi

g'oyalarni jamiyat va madaniyat asosi, deb hisoblaganlar2

. Mohiyat

e'tibori bilan, keyingi davrlarda, hatto klassik geosiѐsatda ham

bunga o'xshash g'oyalar milliy geosiѐsiy nazariyalarning asosini

tashkil etdi.

Qadimgi Hindiston tamaddunining me'morlaridan biri,

tarixchi, adabiѐtchi va madaniyatning boshqa sohalariga oid ko'pgina

g'oyalar muallifi braxman Artxashatra Kautiliyaning “Davlat

boshqaruvi ilmi” kitobida (m.o. IV asrda ѐzilgan) va siѐsat

ilmiga oid qo'lѐzmalarida juda qimmatli geosiѐsiy g'oyalar va

fikrlar o'z aksini topgan. Davlatni samarali boshqarish,

boshqaruv va huquq, urush va diplomatiya masalalari, bo'sh ѐtgan ѐki

bosib olingan joylarga aholini joylashtirish qoidalari

to'g'risida u o'rtaga tashlagan fikrlar, shu jumladan geosiѐsiy

mulohazalar bugungi kunda ham jahon geosiѐsatchilarini hayratda

qoldirmoqda. Xususan, uning aholini joylashtirish ishi

markaziy hokimiyat tomonidan olib borilishi kerakligi, aholini

er bilan ta'minlash, chegaralarni tashqi bosqinlardan himoya etish

uchun istehkomlar qurish va shu singari g'oyalarini o'z davrining

eng ilg'or nazariy fikrlari deb hisoblasa bo'ladi.

Albatta, Kautilyaning asarlari qat'iy geosiѐsiy mohiyatga ega

bo'lmagan va asosan davlat boshqaruvi masalalariga bag'ishlangan edi. Biroq uning geografik omil va makon o'rtasidagi bog'liqlik,

davlatning xavfsizligi va chegaralar to'g'risidagi g'oyalari, ko'pdan-

ko'p geostrategik mulohazalari o'sha vaqtdagi geosiѐsiy

tafakkurning namunasi bo'ldi.

Makonni davlatning muhim zahirasi va tashqi dunѐ bilan

munosabatlarning asosi deb hisoblagan Kautiliya yashash

makonlarining chegaralari darѐlar ѐki tog'lar, o'rmon, butalar,

jarlar, ko'tarmalar bilan ihota etilishi darkor, deb ѐzgan edi.

Uning fikricha, bu istehkomlar ѐ tabiiy bo'lishi, ѐki yangidan

barpo qilinishi lozim.

Kautiliyaning mulohazalari, garchi, umuman, qadimgi

hindlarning diniy-idealistik qarashlariga suyangan bo'lsa-da,

geosiѐsiy va geostrategik masalalar, tabiat va uning strategik

imkoniyatlari, geografik makon omillari va hokazolarga oid

tushunchalari real geografik va tabiiy geosiѐsiy ma'lumotlarga

asoslangan edi.

1.2. Arab dunѐsining qadimgi

geosiѐsiy konsepsiyalari

Geosiѐsiy adabiѐtlarida Evroosiѐ qit'asining janubi-g'arbiy

qismida joylashgan hamda Evropa, Markaziy va Janubiy Osiѐ,

Shimoliy Afrika o'rtasida oraliq mavqeni egallagan va taxminan

3 mln. kv.km.ni qamrab olgan Arabiston yarim oroli qadimgi arab

dunѐsining geosiѐsiy makoni sifatida taqdim etiladi. Arab

dunѐsining erlari shimoli-g'arbda O’rtaer dengizi, janubi-g'arbda

Qizil dengiz, janubi-sharqda Arab dengizi, shimoli-sharqda Fors

ko'rfazi sohillariga tutashib ketadi. Bu hududlarning tabiiy

sharoiti quruq va issiq bo'lib, hududning ko'p qismi sahrodan

iborat.


M.o. I asrdaѐq Arabiston yarim orolining janubida

rivojlangan sug'orish tizimiga asoslangan dehqonchilik madaniyati

yuzaga kelgan. Yarim orolning boshqa qismlarida chorvadorlik

bilan shug'ullanadigan ko'chmanchi badaviylar yashagan. Darѐ va

dengiz sohillarida istiqomat qilgan o'troq arablar ko'proq

hunarmandchilik va savdo-sotiq bilar shug'ullanganlar.

Miloddan keyingi VII asr boshlarida Arabiston dunѐsidagi

geosiѐsiy munosabatlarni bu hududlar va savdo yo'llaridan

keladigan daromad ustida Vizantiya, Eron va Efiopiya o'rtasida borgan kurash belgilab bergan. O’sha davrda bu hududlarda

yakkaxudolik – yahudo va xristian dinlari allaqachon rivoj topgan,

lekin hali islom dini maydonga chiqmagan edi.

570-632 yillarda yangi din – islomni qaror toptirish borasida

Muhammad payg'ambar tomonidan boshlab berilgan harakat arab

dunѐsini birlashtirishga olib keldi va bu mintaqaning keyingi

geosiѐsiy tuzilmasida katta roli o'ynadi. Aholining ommaviy

ravishda islom dinini qabul qilishi geosiѐsiy ma'noda etnik va

diniy jihatdan birlashgan arablarning yagona davlat –

Xaliflikni barpo etishlariga sabab bo'ldi.

Maydonga kelgan vaqtidan boshlab Xalifalik mazkur hududda

yangi geosiѐsiy reallikka aylanib, o'z ta'siri va islom dinini

faqat Arabiston yarim oroligagina emas, balki Osiѐ, Afrika va

Evropaning keng hududiga ѐyishga intildi. Muhammad payg'ambar

bu davrda mintaqaning barcha geosiѐsiy sub'ektlari va

aktorlariga: Vizantiya imperatori Irakliyga, Eron shohi Xusrav

II, Habashiston negusiga, Vizantiyaning arab vassali Hasanidga,

Misr namoyandasi Georgiyga, provoslav diniga e'tiqod etuvchi

Ummon, Yaman, Bahrayn hukmdorlariga, monofizitlar,

otashparastlar va boshqa toifalarga mashhur diniy murojaatini

yo'llab, ularni islomga kirishga chaqirdi. Shu davrdan boshlab

islom faqat Arabiston yarim oroligina emas, balki butun dunѐga

ѐyilib, dunѐ diniga aylanadi.

Muhammad payg'ambar 632 yilda to'satdan vafot etsa-da,

Xalifalikning harbiy-diniy ekspansiyasi to'xtab qolgani yo'q.

Xalifalikning keyingi hukmdorlari ishg'ol etgan va islom

dinini joriy etgan barcha o'lkalarda uzoq muddatga o'rnashib olib,

arab madaniyati va tilini ѐydilar. Mazkur vaqtdan boshlab

bashariyat tarixida Islom geosiѐsiy konsepsiyasi paydo bo'ldi. Bu

esa insoniyatning keyingi geosiѐsiy tuzilishi va rivojiga

jiddiy ta'sir o'tkazdi.

Xalifalikning islom dinini ѐyish va rivojlantirish

konsepsiyasiga ko'ra, dunѐ uch qismga bo'linar edi:

Birinchi – markaziy deb nomlangan qism islomni qabul qilgan

mamlakatlardan iborat bo'lib, ular Xalifalikning musulmon

hukmdorlari tomonidan idora qilinardi. Islom dinining barcha

boshqaruv markazlari va Xalifalik rejimi tuzilmalari

(joylardagi noiblarni istisno etganda) ayni shu erda joylashgan

edi. Ikkinchi qismga kelishuv yo'li bilan Xalifalikka tobe bo'lgan

mamlakatlar kirgan. Bu mamlakatlarning nomusulmon aholisi

islom himoyasi ostida bo'lgan va buning uchun Xalifalikka maxsus

haq (jizya) to'lagan. Bugungi til bilan aytadigan bo'lsak, bu

hududlar Xalifalikning yarim mustamlakasi bo'lgan.

Uchinchi qism urush sohasi deb hisoblangan. Bu mamlakatlar va

xalqlar islomni qabul qilmagan, Xalifalikka shartnoma asosida

tobe ham bo'lmagan, binobarin, u bilan urush holatida bo'lgan.

Xalifalik ularni yarim mustamlakaga aylantirish uchun doimiy

ravishda kurash olib borgan.

Ko'rinyaptiki, mazkur davrda Xalifalik islomni ѐyish

vositasida, so'zning tom ma'nosida, dunѐ siѐsatini yuritgan. Bu

siѐsatning maqsadi “muqaddas dini va kitobi bo'lmagan” barcha

xalqlarni islomga kiritishdan, “dini va kitobi” bo'lganlarni

bo'lsa, Xalifalikning nazorati ostiga olishdan iborat bo'lgan. Bu

geosiѐsat Xalifalik deb atalgan davlat tuzilmasi orqali amalga

oshirilgan. Xalifalik arab millatini, islom dinini va

musulmonlarning diniy markazi bo'lgan Makkani bu dunѐning

markaziga qo'ygan. Xalifalik bu shaharni bo'lg'usi islom

dunѐsininggina emas, balki ayni chog'da butun jahon

imperiyasining poytaxti deb bilardi.

Xalifalikning geosiѐsiy g'oyalari o'sha davr musulmon

mutafakkirlarining asarlarida ifodalab berilgan. Ular orasida

Forobiy va Ibn Xaldunning alohida o'rni bor.

Atoqli qomusiy olim, siѐsiy mutafakkir Abu Nosir ibn

Muhammad Forobiy (870-950) o'z davrining porloq yulduzlaridan,

qadimgi Bag'dod universitetining tashkilotchilaridan biri bo'lib,

tabiiy, ijtimoiy, siѐsiy fanlarni chuqur o'rgangan va dono

faylasuf sifatida dovruq qozongan. Qoldirgan teran hikmatli

asarlari tufayli u islom olamida “Ikkinchi muallim” (ya'ni

ikkinchi Aristoteli) nomiga sazovor bo'lgan. Uning siѐsiy g'oyalari

oshkora geosiѐsiy tafakkur tusiga ega bo'lgan.

Forobiy, xuddi Aristoteli singari, siѐsiy va ijtimoiy haѐtda

ro'y bergan hodisa va jaraѐnlarni tabiat va tabiiy sabablarga

bog'liq holda tushuntirgan, siѐsat va geografiyani o'zaro chambarchas

bog'liq deb bilgan. Chunonchi, uning tasavvuriga ko'ra, insoniyat

jamiyati – ko'pdan-ko'p, turli-tuman kishilarning o'z yashash joyida,

yagona makonda birlashuvidan, ijtimoiy qadriyatlar va turmush normalari shakllanishiga geografik va ijtimoiy omillarning

birgalikda ta'sir o'tkazish jaraѐnidan iborat1

.

Ayni chog'da Forobiy inson jamiyatlarini tili, dini va xulq-



atvor normalariga ko'ra, ayri-ayri xalqlarga bo'lgan. Bu farqlarni

u uchta tabiiy omil: ma'naviyat, tabiiy xarakter va individual

xarakteri bilan namoѐn bo'luvchi inson omili asosida baholagan.

Bundan tashqari, u tilni va tafakkur tarzini ham xalqlarning

farqli sifat ko'rsatkichlari sifatida ko'rsatgan. Shunday qilib,

Forobiy insonlarning ongi, ma'naviyati, xarakteri va dini

shakllanishidagi farqlarni geografik muhit va etnogenez

jaraѐnlaridagi tafovutlar bilan izohlagan.

Forobiy o'z asarlarida davlatlarning vujudga kelishidagi

siѐsiy va geosiѐsiy jihatlarini ochib bergan. U davlatlarni uchta:

buyuk, o'rta va kichik davlatlarga bo'lgan. O’z tarkibida ko'p

xalqlarni birlashtirgan va ularni oliy maqsadlarga yo'naltirgan,

tinchlik va farovonlikda yashagan davlatlarni u Buyuk davlatlar

qatoriga kiritgan. Bir xalqni birlashtirgan mamlakatlarni u

o'rta, faqat bir shaharni boshqarganlarni bo'lsa kichik davlatlar

sirasiga oid deb bilgan. Ko'ryapmizki, uning geosiѐsiy davlat

tushunchasi yuz yillardan so'ngra Evropada maydonga kelgan

imperiyalar, oddiy davlatlar va polis deb atalgan shahar-

davlatlar tizimiga to'la mosdir.

Forobiy hukmronlik, muxtoriyat va qaramlik shaklidagi uchta

davlat boshqaruvini va shunga muvofiq ravishda davlat

boshqaruvining uchta sifatini ajratib ko'rsatgan. Forobiyning

ta'limotiga ko'ra, xuddi Aristoteli aytganiday, davlat boshqaruvi

tizimida “kollektiv shahar boshqaruvi” eng mukammal shakldir.

Arab mutafakkkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zaydning

(1332-1406) asarlarida ham geosiѐsiy tushuncha namunalarini

uchratishimiz mumkin. Uning ko'pdan-ko'p geosiѐsiy g'oyalar baѐn

etilgan “Arablar, forslar, berberlar va ularning katta miqѐsdagi

hokimiyatni qo'lga kiritgan zamondoshlari haqida ma'lumotlar va

ibratli nasihatlar kitobi ѐki Katta tarix”i asarini (1367),

shuningdek “Muqaddima” nomli qomusini alohida qayd etish

lozim. Ibn Xaldun har ikkala asarida arablar, forslar va

berbarlar yashagan erlarning geografiyasi, iqlimi, aholining

erlashish tamoyillari, etnik, ijtimoiy va madaniy farqlari tarixi va madaniyati to'g'risida ko'pdan-ko'p ma'lumotlar bergan. U

aholining erlashishi bilan bog'liq geografik nazariyaning ko'pgina

elementlarini asoslab bergan. Bu nazariya necha yuz yillardan so'ng

V.P.Semѐnov Tyani-Shanskiy tomonidan o'rtaga tashlangan.

Muallifning aytishicha, kishilar dunѐni o'zlashtirish

jaraѐnida birgalikda oziq-ovqat topish va bosqinchilardan

himoyalanish uchun bu hududlarda yashagan boshqa kishilar va xalqlar

bilan hamkorlik qiladilar. U bu jaraѐnni doimiy, insonlarning

dunѐni o'zlashtirishda birlashishi va bir-biriga o'zaro ѐrdam

qilishini abadiy va takomillashib boradigan jaraѐn deb

hisoblaydi, insoniyatning oddiylikdan murakkablikka,

sivilizasiyaga qadar bo'lgan taraqqiѐti o'troqlashish va hamkorlik

yo'lidan o'tishini, kelajakdagi muvaffaqiyatlar mana shu yo'lga

bog'liq ekanini ta'kidlaydi.

Garchi Ibn Xaldunning tamaddunlar nazariyasi qadimgi

qarindosh-urug'chilik munosabatlari ( u bunday birlashuvni

“asabiyya” deb atagan) negiziga asoslangan bo'lsa-da, muallif

boshqa yaqinlik aloqalarini istisno etmagan. U kishilar jamiyatda

dastlab qarindoshlik asosida birlashadilar, so'ngra boshqa

kishilarni ham bu jamiyatga tortib, konkret maqsadlar yo'lida

birlashadilar, deb hisoblagan. U insonlarning birlashuvining

asosiy sabablari orasida mudofaa va yashash uchun jipslashishning

ahamiyati ustun ekanini ko'rsatar ekan, insonlarning bunday

birlashuvi pirovardida yagona davlat barpo etish bilan poѐniga

etadi, deb qayd qiladi. Bunday davlat o'z tarkibida turli-tuman

ijtimoiy guruh va xalqlar mavjud bo'lishini istisno qilmagan.

Ibn Xaldun yuqorida qayd qilingan tinch yo'l bilan birlashuv –

Asabiyyani davlat barpo etishning eng yaxshi yo'li deb hisoblagan.

Lekin davlatlar Asabiyyasiz ham bunѐd etilishi mumkin. Bu

istilo yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha qilib

aytganda, hokimiyatga kelgan qaysidir bir toifa istilo yo'li

bilan boshqa qabilalarni o'ziga bo'ysundiradi. U hatto bunga

misollar ham keltirgan. Masalan, Xalifalikning islomni boshqa

xalqlar orasiga zo'rlik yo'li bilan ѐyishini u Asabiyyaning

buzilishi, o'zga etnoslarning yagona etnomarkaz tuzilmada

birlashtirilishi tarzida tasavvur qilgan. U, shuningdek, turli etnoslarni zo'rlik yo'li bilan bir davlat tarkibiga qo'shib olgan

eronliklar, saljuqiy turklarga oid misollarni ham keltirgan

1

.

1.4. Qadimgi yunon va rimliklarning



geosiѐsiy ta'limotlari

Tarix adabiѐtlarida antik Yunoniston va Rim, ularga xos

tamaddunlar qadimgi G'arb geosiѐsiy an'analarining va

tafakkurining beshigi deb hisoblanadi. Yunon olimlari:

miletlik Fales (m.o. 625-547) va Anaksimandr, tarixchi Gerodot va

Fukidid, faylasuf Platon va Aristoteli, qadimgi Rim notig'i va

strategi Mark Siseron, geograf Strabonning asarlari Evropa

qit'asida qadimgi dunѐning geosiѐsiy manbalari sirasiga

kiritilgan. Bu olimlarning asarlarida geografiya, harbiy

strategiyaga oid materiallar va ma'lumotlar, geosiѐsiy fikrlar

baѐn etilgan2

.

Anaksimandr (m.o. 610-547 yillar) ilk bora jahonning va



Evropaning keng miqѐsli xaritasini tuzib, qit'aning bo'lg'usi

davlat xodimlari va geostrateglariga g'oyat muhim xizmat qildi. U

dunѐning markaziga Yunonistonni qo'yib, Evropa va Osiѐning

ko'pgina hududlarini qadimiy yunon maskanlari kabi uning

atrofida aks ettirgan. Bu xarita doira shaklida va okeanlar bilan

o'rab olingan holatda chizilgan.

Tarix, geografiya va etnografiya sohasida taniqli olim bo'lgan

qadimgi yunon olimi Gerodot (m.o. 484-425 yillar) alohida

geosiѐsiy meros qoldirgan. Gerodot 10 yildan ko'proq umrini

saѐhatga bag'ishlab, Misr, Liviya, Bobil, Eron, Kichik Osiѐ, Qora

dengiz bo'g'ozlari, Janubiy Kavkaz, Ozarbayjon, Janubiy Italiya,

O’rtaer dengizi va boshqa muhim geostrategik hududlarni o'rgandi,

okeanlar, dengizlar, darѐlar, bu hududlardagi xalqlar va

davlatlar to'g'risida boy material to'pladi. Hozirgi geosiѐsiy

tadqiqotchilarning fikricha, ayni Gerodotdan boshlab

qadimgi dunѐning olimlari atrofdagi olam, insonlar, davlatlar

va geografik hududlarga geosiѐsiy ѐndasha boshlaganlar. Gerodotning “Hodisalarning sharhi” asarida tarixiy, siѐsiy,

harbiy-strategik, mifologik, etnografik va geografik olam

haqida etarlicha geosiѐsiy material to'plangan. Uning “Tarix”

kitobida tarixiy hodisalar geografik nuqtai nazardan, geografik

makonlar bo'lsa tarixiy nuqtai nazardan baѐn etilgan. “Geografiya

– tarixning ifodachisidir” degan mashhur ibora ham ayni

Gerodotga tegishlidir.

Gerodotning tarix xaritasi o'sha vaqtdagi to'rtta yirik xalq –

kolxidaliklar, saspirlar, midiyaliklar va eronliklar erlashgan

hududlar va davlatlarning chegaralarini ko'rsatish asosida

chizilgan. Gerodot bu xalqlarni Shimoliy dengizlar va Hind

okeani sohillarida yashaydi, deb tasvirlagan.

Gerodot o'z asarlarida varvar xalqlarning turmushi va

an'analari, Ellada tarixi, xalqlarga rahbarlik qilgan ayrim

davlat arboblarining siѐsati, qabilalar, polislarning

hududlari, Evropa, Osiѐ va Afrikadagi katta va mintaqaviy

davlatlar, boshqa hududlarning geografik-siѐsiy va kontinental

erlari to'g'risida ma'lumotlar bergan.

Yunon tarixchisi Fukidid (m.o. 460-396 yillar) o'zining

“Tarix” kitobida peloponnesliklarning afinaliklar bilan

urushini tasvirlab, ko'pgina geosiѐsiy fikrlarni o'rtaga

tashlagan. Gap shundaki, Afina bilan Sparta o'rtasida uzoq davom

etgan urush Elladaga hukmron bo'lish uchun raqobat xarakteriga ega

bo'lgan. Fukidid bu mintaqaning geostrategik tarixi, geografiyasi

va demografiyasining bir butun manzarasini chizishga harakat

qilgan. Uning asarlarida ijtimoiy tuzilma va davlat boshqaruvi,

demokratiya va oligarxiya, mashg'ulotlarning turli turlari va

hokazolarni realistik tahlil etish asosida tarixda birinchi

marta pragmatik ѐndashuv namunasi namoyish etildi.

Fukidid, shuningdek, qadimgi yunon tarixchilari orasida

birinchi bo'lib tarixiy jarѐnni tashqi siѐsiy va harbiy faoliyat

sifatida tadqiq qildi. O’z asarlarida u kuch omilini davlatlararo

munosabatlarda asosiy va xarakterli belgi deb baholadi. Ayni

chog'da u tarixda birinchi bo'lib dengiz bilan quruqlik orasida

qarama-qarshilik mavjudligini aks ettirdi.

Fukidid urush davlatning normal vaziyati va inson tabiatida

bo'lgani singari, yanada kattaroq makonlarni qo'lga kiritish, o'z

hududini kengaytirishga intilish davlat tabiatiga xos

xususiyatdir, deb hisobladi. Shuning uchun ham jahonda vaziyat hech qachon barqaror bo'lmaydi, u ѐki bu davlat kuchaygach, mavjud

holatni va jahon tuzilmasini kuch bilan o'zgartirishga harakat

qiladi.

Qadimgi yunon faylasufi Platon (m.o. 428-348 yillar) va

Aristoteli (m.o. 384-322 yillar) asarlarida ham geosiѐsiy g'oyalar

o'z aksini topgan. Har ikkala muallif insoniyat taraqqiѐtida

tabiiy omillarning rolini, insoniyat jamiyatiga tabiat, iqlim va

geografik muhitning ta'sirini geografik determinizm

pozisiyasidan tushuntirib bergan.

Aristoteli xalqlarning geografik joylashuvi ularning

intellektual va axloqiy xususiyatlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi,

deb hisoblagan. U sovuq iqlimli mamlakatlar, xususan Evropada

yashaydigan qabilalar jasoratli, lekin hunar o'rganishga kelganda

ularning aql-idrok va qobiliyati yo'q, shuning uchun ular o'z

ozodligini uzoq saqlab qola oladilar, ammo davlat haѐtiga

noqobil bo'lib, o'z qo'shnilari ustidan hukmronlik qila

olmaydilar, deb ѐzgan. Osiѐda yashaydigan xalqlar ma'naviy

tomondan aql-idrokli va hunar o'rganishga qobiliyati jihatidan

ajralib turadilar, lekin ularga jasorat etishmaydi, shuning uchun

ular o'zgalarga bo'ysunib, qullik holida bo'ladilar. Ellin qavmi

bo'lsa, oraliq o'rinda turib, har ikkali xususiyatga: mardona

xarakterga va aqliy qobiliyatga egadir. Aristoteli barchaning

ustidan hukmronlik qilish, eng yaxshi davlat tuzilmasiga ega

bo'lish qobiliyatini faqat yunonlarga xos deb bilgan.

Aristotelning davlat sistemasida barcha narsa tashqi omillar,

tabiiy borliqning ta'siri ostida shakllanadi va taraqqiy etadi.

Uning tabiat va davlat konsepsiyasi, ayni chog'da, aholi soni va

kayfiyati, davlat erlarining o'lchamlari va butunlay davlatning

harbiy kuchiga bog'liqdir. U mazkur omillar bo'lmagan taqdirda

namunaviy davlatni barpo etish mumkin emas, deb hisoblar edi.

Aholi soni va uning sifat ko'rsatkichlari borasida so'z yuritar va

davlat aholisini ozod kishilar, qaram (meteklar) va qullarga

bo'lar ekan, Aristoteli ozod kishilari ko'p bo'lgan davlatgina

kuchli bo'lishi mumkinligi fikrini ilgari surgan. Uning

so'zlariga ko'ra, tijorat, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan

shug'ullangan va asosan shaharlarda yashagan kishilar ozod

kishilardir.

A yni chog'da Aristoteli davlat hududi, chegaralarining

xavfsizligi dengizlar, darѐlar va boshqa tabiiy omillarga bog'liqekanini boshqalardan avval aytgan. U o'zining “Siѐsat” kitobida

Kit orolining geosiѐsiy vaziyati xususiyatlari borasida

ma'lumot berar ekan, “Krit oroli bamisoli Yunoniston ustidan

hukmronlik qilishga mo'ljallanganga o'xshaydi, uning geografik

holati ham go'zal: u dengiz bilan o'rab olingan, tevarak-atrofida

yunonlarning qasabalari bor, u bir tomondan Pelopennes, boshqa

tomondan Osiѐdan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashgan...”1

Ko'rinyaptiki, Aristotelning iqlim, atrof muhit va geografik

joylashuvning davlat taraqqiѐtidagi roli va hokazolar bilan

bog'liq masalalar haqidagi g'oyalari keyingi asrlarda kontinental

Evropaning geosiѐsiy va geostrategik konsepsiyalari uchun

chinakam manba rolini o'ynadi.

Aristotelning mashhur “Tabiiy-geografik muhit” nazariyasini

Aleksandr Makedonskiy (m.o. 356-323 yillar) amalga oshirishga

harakat qildi. Yunoniston sarhadlaridan juda uzoqlarda istilo

siѐsatini amalga oshirgan Aleksandr g'alabalarining ko'pini ayni

yunon sayѐhlari va geograf olimlarining faktlari, mulohazalari

va boshqa ko'rsatmalari asosida amalga oshira olgan. Panellinizm

geosiѐsiy g'oyasini amalga oshirishga intilgan Aleksandr barcha

yunonlarni birlashtirib, atrofdagi “varvar qabilalar”ga qarshi

yagona geostrategik kuch sifatida o'rtaga chiqdi va Osiѐning katta

hududida uzoq muddatga o'z hukmronligini o'rnata oldi2

Turli xalqlar va mamlakatlarni yagona makonda birlashtirish

g'oyasini amalga oshirgan geostrategik markazlardan biri Qadimgi

Rim imperiyasi bo'ldi. Rimliklar “egasi bo'lmagan erlar uni

birinchi bo'lib qo'lga kiritgan kishinikidir” degan falsafaga

asoslanib, bu hududlarda yashagan aholining etnik, ijtimoiy va

boshqa mansubligiga qaramay, ularni bosib olib, Rim imperiyasi

hokimiyati ostiga oldilar.

Siѐsat va jamoat arbobi, huquqshunos va notiq Mark Tulliy

Siseron (m.o. 106-43 yillar) Rim imperiyasining geosiѐsiy

g'oyalarini aks ettirdi. U o'zining ko'pgina siѐsiy nutqlari va

asarlarida jahon siѐsati, geostrategiya va boshqa muammolarga oid

masalalarni tushunishga ko'pgina yangiliklar kiritdi. Siseron

davlatning umri uzoq bo'lishi va uzoq hukmronlik qilishi uchun

barcha tarixiy, geografik, siѐsiy, strategik masalalarni

e'tiborga olish lozim, deb hisoblar edi. Shahar ѐki davlatga asos solishda uning joylashuv o'rni, atrofidagi tabiiy-geografik

sharoit, davlatni boshqarish bilan bog'liq qonunlar, xulq-atvor

normalari va boshqa ichki masalalarga jiddiy e'tibor berilishi

lozim


Qadimgi Rim strategi, geograf olim Strabon (m.o. 64/63- m.k.

23/24 yillar) “Geografiya” nomli asarida o'z davrining geografik

va siѐsiy holatini ѐritib, ko'pgina geosiѐsiy fikrlarni o'rtaga

tashlagan. “Geografiya” asarida davlat maqsadlari yo'lida

geografiya va geografik makondan foydalanish, kishilarning

quruqlik va dengiz vositalaridan foydalanishi, tabiiy sharoit

bilan insonlarning mavjud ahvoli o'rtasidagi bog'liqlik singari

masalalar o'z aksini topgan.

Strabon o'z asarini Rim siѐsatchilari, hukmdorlari va

harbiylariga mo'ljallangani uchun kitobda Rim imperiyasi

atrofidagi barcha erlar haqida ko'pdan-ko'p materiallar joy olgan.

Hatto, Strabonning zamondoshlari bu kitobni jahonni

boshqarishda dasturilamal deyishgan.

Strabon, zamondoshlari kabi, xalqlar madaniyatining ahvolini

geografik omillar bilan tushuntirishga harakat qilgan. Masalan,

u Qadimgi Rimning kuchi va buyukligini uning alohida geografik

holati, Appenin yarim orolida joylashuvi, atrofdagi geografik

va tabiiy muhitning ustunliklari bilan izohlagan2

1.5. O’rta asrlar va Yangi davrda Evropada

asosiy geosiѐsiy ta'limotlar va nazariyalar

Ba'zi tadqiqotchilar klassik geosiѐsat manbalari faqat Yangi

davrdagi Evropa mutafakkirlari, sayѐhlari, harbiy strateglari

va boshqa ilg'or kishilari asarlarida o'z aksini topgan, deb da'vo

qiladilar. Qilingan umumlashmalar natijasida aytish mumkinki,

Evropada geosiѐsiy va xalqaro munosabatlar sohasidagi u

davrning barcha tadqiqotlarini ikkita asosiy guruhga –

idealistik va realistik nazariyalarga ajratish mumkin. Qadimgi

davrlardan to hozirgi vaqtga qadar barcha makon va geografik

omillarning xalqaro munosabatlarga tatbiqi va uning

mohiyatining tadqiqi faqat mana shu ikkita ѐndashuv doirasida

olib borilgan va muayyan natijalarga kelingan. U davr adabiѐti va geosiѐsiy tafakkurida mavjud bo'lgan

realistik va idealistik jaraѐnlarining hammasi, jamiyat va

davlatning kelib chiqishining tahlili, insoniyat taraqqiѐtining

bosqichlari va umuman, tarixiy jaraѐn uchta – geografik

determinizm, harbiy-strategik va mulkiy ѐndashuv geosiѐsiy

nazariya doirasida tahlil etilgan.

R.T.Muxaevning fikricha, o'rta asrlarda (V-XV asrlar) Evropa

geosiѐsatga taalluqli barcha tadqiqotlar asosan idealistik

xarakterga ega bo'lgan. Makon, geografiya va inson o'rtasidagi

aloqalarning mohiyatini xristian diniy markazlar “parvardigor

tomonidan o'rnatilgan tartibot, unga real kishilarning aralashuvi

gunoh, faqat Buyuk Yaratgan tomonidan tanlangan kishilargina bu

ishga aralasha oladilar” deb uqtirardilar. Cherkov va uning

nazariyachilari aqidalariga asoslangan bu ta'limotlarga ko'ra,

butun Er kurrasi va insonlar taqdiri, geosiѐsiy tuzilmalar va

dunѐ tartiboti, mohiyat e'tibori bilan, Xudo tomonidan avvaldan

tayin etib berilgan. Xristian siѐsiy nazariyalarining asosiy

yaratuvchilaridan biri hisoblanadigan Avreliy Avgustin (354-

430) jahon tartiboti va Xudoning irodasi bilan bog'liq

mulohazalarida mazkur idealistik nazariyani asoslashga harakat

qilgan

Evropada V asr oxirlaridan geosiѐsiy g'oyalar paydo bo'la



boshladi va keng tarqaldi. Bu jaraѐn G'arbiy Rim imperiyasining

tanazzuli sharoitida imperiya viloyatlarida markazdan qochish

istaklari kuchaygan va milliy zaminda yangi-yangi hokimiyat

markazlari vujudga kelgan vaqtga to'g'ri keldi.

1096-1270 yillar orasida xristianlarning musulmon xalqlarga

va islom diniga qarshi amalga oshirgan salb yurishlari Evropada

geosiѐsiy fikr taraqqiysiga eng kuchli turtki bergan

hodisalardan biri bo'ldi. Bu yurishlar natijasida va Buyuk

geografik kashfiѐtlar davrida evropaliklarning jahoniy

geografik va geosiѐsiy dunѐqarashi yangi-yangi ma'lumotlar, bilim

bilan boyidi, dengiz va quruqliklarning xaritalari chizildi. Bu

esa keyingi geosiѐsiy tadqiqotlarga va hodisalarga jiddiy

ta'sir ko'rsatdi. Yangi-yangi erlar, okean, dengiz, darѐ sohillari,

xalqlar, jamiyatlar va davlatlar, erlarning strategik, moddiy va

tijoriy xarakteristikasi bilan tanishuv va hokazolar Evropada

geosiѐsat arboblarining tafakukurida inqilobiy o'zgarish yasadi,ularni davlatlarning paydo bo'lishi, xavfsizligi va rivojida

geografik makonlar, hudud omili naqadar muhim ahamiyat kasb

etishi to'g'risidagi xulosaga olib keldi.

Bundan tashqari Buyuk geografik kashfiѐtlarning o'rta asrlarda

Evropada keng tarqalishi va mustamlakachilikning qitia

davlatlarining rasmiy siѐsatiga aylanishi geografik

determinizm g'oyalarining rivojiga yangi turtki bo'ldi va uning

Evropa va jahonda amaliy tatbiqini jadallashtirdi.

XVI asrdan boshlab Evropada kapitalizmning rivojlanishi,

burjuaziya zumrasining shakllanishi va mustamlakachilik

harakatining boshlanishi geosiѐsiy realliklarni idrok etish va

realistik tahlil etishning yangi markazlari paydo bo'lishiga olib

keldi.


Tadqiqotchilarning fikricha, XV asrda Vizantiya

imperiyasining qulashi va markazlashgan milliy davlat barpo

etish harakatlarining boshlanishi Evropada geosiѐsiy

tushunchalarning rivojiga kuchli turtki bergan hodisa bo'ldi. Bu

hodisa, bir tomondan, Evropada qirollik hokimiyatining oѐq-

qo'lini bo'shatib, yangi mustamlakalar uchun kurashga ruhlantirdi,

boshqa tomondan, o'z davrining ilg'or strategik va geosiѐsiy

tafakkur namoyandalarini muhim geostrategik hududlarni

o'rganishga, davlat darajasida safarlar qilib, muhim geostrategik

hududlarni o'rganishga, harbiy-strategik, ishg'ol etish, aholini

joylashtirishga oid, geografik, topografik rejalar,

ma'lumotnoma va hokazo kitoblarni tayѐrlashga otlantirdi.

Turklarning Vizantiya imperatorini va pravoslav patriarxini

Konstantinopoldan Rimga haydab yuborishi esa Evropa

geosiѐsatchilarining nazariy manbashunoslik bazasiga juda

jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Uzoq muddat Vizantiya cherkovlarining

chang bosgan xonalarida saqlangan qadimgi davr asarlari,

qo'lѐzmalari Evropaga keltirilgach, nashr etilib, bilimdon

kitobxonlar ixtiѐriga berildi. Qadimgi mualliflarning

geosiѐsiy va geostrategik g'oyalari bilan tanishgan xristian

Evropasi tadqiqotchilari yangi-yangi tadqiqotlarga kirishdilar.

Bu jaraѐnlarning hammasi, pirovardida, dunѐning geosiѐsiy

tuzilishi va jahon tartiboti haqida o'tmishda hukmron bo'lgan

diniy-idealistik qarashlarning realistik nazariyalar bilan asta-

sekin almashinuviga turtki berdi. XVIII asrdan boshlab Evropa

mutafakkirlarining inson va uning ilmiy tafakkuri bilan bog'liq tashabbuslari, turli ilmiy tajribalari bu sohada chinakam

sakrashga sabab bo'ldi.

Tarixiy adabiѐtda Aristoteli tomonidan ilgari surilgan

geografik determinizm nazariyasi eng qadimgi geosiѐsiy nazariya

deb hisoblanadi. Geosiѐsat va geosiѐsiy jaraѐnlarni bilishda bu

nazariyani eng qadimgi namuna deb hisoblasa bo'ladi.

Geosiѐsiy muhit (iqlim, darѐlar, dengizlar va h.k.lar)ning

tarixga ta'siri to'g'risidagi g'oyani qadimgi mutafakkirlar -

Gerodot, Gippokrat, Fukidid, Polibiy va boshqalarning

asarlarida uchratish mumkin.

Yangi davrda Evropada fransuz olimi Jan Boden (1530-1596)

“Davlat haqida olti kitob” asarida (1577 y.) bu nazariyaga birinchi

bo'lib murojaat qildi. Uning bu asari evropaliklarda geografik

determinizm masalasiga yana qiziqish uyg'otdi.

Boden siѐsiy va davlat tuzilishidagi tafovutlar va farqlarni

uchta: Parvardigorning irodasi, insonning omadi va tabiat

ta'siri sabablari bilan izohladi. Muallif tabiatning ta'sir

kuchida birinchi navbatda geografik shartlarga, barcha geografik

omillar orasida bo'lsa, iqlimga asosiy ahamiyat bergan.

J.Boden Er kurrasini uch: issiq-ekvatorial, sovuq-qutbiy va

o'rta-mo''tadil qismga bo'lgan. Qadimgi yunon mutafakkiri

Polibiydan keyin u xalqlarnng xarakteri birinchi navbatda

iqlim shartlari va yashash joyiga bog'liq, deb tasdiqladi.

Mutafakkir shimolda kuchliroq va jangari, janubda

qobiliyatliroq kishilar yashaydi, deb ѐzgan edi.

Geografik determinizm g'oyalari XVIII-XIX asrlarda yanada

kengroq ѐyildi. Fransuz ma'rifatparvari, faylasuf Sharli

Monteskie (1689-1755) “Qonunlarning tabiati haqida” asarida

(1748 yil) Bodendan keyin davlatlarning qonuniy tuzilmasidagi

tafovutning asosiy sababini iqlim xususiyatlari bilan bog'lagan

edi. U sovuq iqlimda yashovchi kishilar mo''tadil iqlimda

yashaydiganlarga nisbatan axloqliroq, chunki mo''tadil iqlimning

o'ziga xos xususiyatlari ularga ta'sir o'tkazadi va ularning xulq-

atvori o'zgaruvchan bo'lishiga sabab bo'ladi, deb da'vo qilgan.

Monteskiening fikricha, issiq iqlim kishilarning xarakterini

zaiflashtiradi, bu esa issiq mamlakatlarda qulchilikning

rivojlanishiga olib kelgan.

Evropa geosiѐsatida ayni Monteskie birinchi bo'lib davlat

tuzilishi, boshqaruv shakllarini tabiiy-geografik omil bilan bog'lab tushuntirgan, iqlimning davlat va jamiyat haѐtiga

ta'sirini ochib bergan1

Yangi davr fransuz maktabida Monteskiedan tashqari Jan

Batist Dyubo (1670-1742), Ippolit Adolif Ten (1828-1893) va

sosiolog Edmon Demolen (1852-1907) ham mahalliy sharoit,

iqlim va tabiiy muhitning kishilar, xalqlar va jamiyatga ta'siri

masalasini o'rgangan. Ular ham xalqning madaniy rivojida

mamlakat iqlimi asosiy omildir, degan fikrga asoslanganlar.

Biroq, ayni chog'da, ular ijtimoiy tuzilmada geografik va iqlim

omillari bilan bir qatorda xalqning irqiy mansubligi, tiynati

va urf-odatlari ham muhim roli o'ynaydi, deb hisoblaganlar.

Mazkur davrda nemis olimlari I.Kant, G.F.Hegeli, A.Humbolid

va K.Ritterlar ham geografik determinizm nazariyasini qabul

qilgan.

Georg Fridrix Hegeli (1770-1831) “Tarix falsafasi” asarida

geografik determinizm nazariyasiga murojaat qilgan va xalqlar

haѐtida geografik omilning roli borasida keng ma'lumot bergan.

Uning tarix falsafasi haqidagi ma'ruzalar kursida “Jahon

tarixining geografik asoslari” nomli alohida bo'lim bor. Bu

bo'limda u mamlakatlarning “jahon tarixiy harakatiga oid

bo'lmagan” tabiiy xususiyatlarini geografik omillar bilan

asoslagan. Muallifga ko'ra, issiq ѐki haddan tashqari sovuq iqlim

bunday harakatning sababidir2

Qomusiy bilim egasi bo'lgan Hegeli geografik determinizmni

birinchi bo'lib irqchilik bilan bog'lagan. Uning fikricha, faqat

G'arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh aholisigina tarixiy

taraqqiѐt tarqatuvchilardir. Boshqa mintaqalar va jahonning o'zga

qismlarining xalqlari, shu jumladan ruslarni u evropaliklardan

quyida turadi, deb hisoblagan. Meksika va Peruning tubjoy

aholisining ispanlar tomonidan asorat qilinishining sababini

Hegeli hindularning “barcha hollarda, hatto bo'yi jihatidan ham

evropaliklardan quyi darajada ekanligi” bilan izohlagan.

Hegeli Er kurrasida mavjud bo'lgan u ѐki bu ijtimoiy

tuzumni uchta “geografik tafovut” kombinasiyasi bilan bog'liq deb

bilgan. Uning fikricha, Er yuzi:

- cho'l va tekislikliklardan iborat quruq yassitog'liklardan;

- past tekisliklar, kechuv o'lkalari, sug'orma erlardan; bog'lab tushuntirgan, iqlimning davlat va jamiyat haѐtiga

ta'sirini ochib bergan1

Yangi davr fransuz maktabida Monteskiedan tashqari Jan

Batist Dyubo (1670-1742), Ippolit Adolif Ten (1828-1893) va

sosiolog Edmon Demolen (1852-1907) ham mahalliy sharoit,

iqlim va tabiiy muhitning kishilar, xalqlar va jamiyatga ta'siri

masalasini o'rgangan. Ular ham xalqning madaniy rivojida

mamlakat iqlimi asosiy omildir, degan fikrga asoslanganlar.

Biroq, ayni chog'da, ular ijtimoiy tuzilmada geografik va iqlim

omillari bilan bir qatorda xalqning irqiy mansubligi, tiynati

va urf-odatlari ham muhim roli o'ynaydi, deb hisoblaganlar.

Mazkur davrda nemis olimlari I.Kant, G.F.Hegeli, A.Humbolid

va K.Ritterlar ham geografik determinizm nazariyasini qabul

qilgan.

Georg Fridrix Hegeli (1770-1831) “Tarix falsafasi” asarida

geografik determinizm nazariyasiga murojaat qilgan va xalqlar

haѐtida geografik omilning roli borasida keng ma'lumot bergan.

Uning tarix falsafasi haqidagi ma'ruzalar kursida “Jahon

tarixining geografik asoslari” nomli alohida bo'lim bor. Bu

bo'limda u mamlakatlarning “jahon tarixiy harakatiga oid

bo'lmagan” tabiiy xususiyatlarini geografik omillar bilan

asoslagan. Muallifga ko'ra, issiq ѐki haddan tashqari sovuq iqlim

bunday harakatning sababidir2

Qomusiy bilim egasi bo'lgan Hegeli geografik determinizmni

birinchi bo'lib irqchilik bilan bog'lagan. Uning fikricha, faqat

G'arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh aholisigina tarixiy

taraqqiѐt tarqatuvchilardir. Boshqa mintaqalar va jahonning o'zga

qismlarining xalqlari, shu jumladan ruslarni u evropaliklardan

quyida turadi, deb hisoblagan. Meksika va Peruning tubjoy

aholisining ispanlar tomonidan asorat qilinishining sababini

Hegeli hindularning “barcha hollarda, hatto bo'yi jihatidan ham

evropaliklardan quyi darajada ekanligi” bilan izohlagan.

Hegeli Er kurrasida mavjud bo'lgan u ѐki bu ijtimoiy

tuzumni uchta “geografik tafovut” kombinasiyasi bilan bog'liq deb

bilgan. Uning fikricha, Er yuzi:

- cho'l va tekislikliklardan iborat quruq yassitog'liklardan;

- past tekisliklar, kechuv o'lkalari, sug'orma erlardan; shakllanishi va rivoji bevosita atrof muhitga bog'liq deb

hisoblagan.

Sayѐraning iqlimi, aholining joylashuvi, xalqlarning

tarixi, ularning madaniyati, ijtimoiy ahvoli, demografik

muammolar va hokazolar to'g'risida etarlicha ma'lumot to'plagan

Ritter shu asosda o'z tadqiqotlarida qiѐsiy metodni qo'lladi.

Insoniyat va tabiat tarixini qiѐsiy tahlil qilish asosida u

Evropada birinchi bo'lib quruqlik va dengiz bo'yi

davlatlarining doimiy qarama-qarshiligi nazariyasini ilgari

surdi.

Ritter Er sathini oralarida doimiy qarama-qarshilik mavjud



bo'lgan quruqlik (kontinentali), suv (dengiz) va yarimdoiraga

(sohil) bo'lib, jahonning yagona global makonining mintaqaviy

harakati ierarxiyali sxemasini yaratdi.

U kontinentali quruqlik makonni ikkita katta: “Yangi dunѐ” va

“Eski dunѐ”ga ajratdi. Muallifning fikricha, “Eski dunѐ”

Sharqdan G'arbga uzangan bo'lib, iqlimi “Yangi dunѐ”ga qaraganda

bir xil. “Yangi dunѐ” Shimoldan Janubga uzanadi va iqlimi

xilma-xilligi bilan farqlanadi.

Ritter, shuningdek, “geografiya milliy shuurning komponenti

sifatida” degan geosiѐsiy nazariyani ilgari surib, inson va

atrof muhitning o'zaro bog'liqligini, jumladan nemislarning

geografik ongi shakllanishining o'ziga xosligini izohlashda

klassik geosiѐsatchilar orasida eng ko'zga ko'ringan siymolardan

biri bo'ldi.

Ritter har bir inson, xalq qadrdon tabiati, o'zi yashaydigan

hududning farzandidir va uni qurshab olgan tabiiy landshaft bu

insonning jismoniy ko'rinishi, xarakteri, milliy va ijtimoiy

xulq-atvori, madaniyati, tili va ongida albatta o'z aksini topadi,

deb hisoblagan.

Ritter geosiѐsiy adabiѐtda birinchi bo'lib “geografik

individuallik” tushunchasini qo'llagan va konkret makonlarni

o'rganishga tatbiq etgan. Olimning aytishicha, har bir makonning

tabiiy tashqi chegaralari va ichki o'zaro bog'liqligi mavjud. Uning

“geografik individualligi”ni mana shu ikki omil belgilab

beradi. Keyinchalik Evropa geosiѐsatida Ritterning bu tushunchasini

“davlatlarning geografik individuallashtirilishi” nomli qonun

sifatida taqdim etganlar ham bo'ldi1

Yangi davr Evropa geosiѐsiy manbashunosligida harbiy-

strategik nazariya ikkinchi asosiy konsepsiya hisoblanadi.

Tadqiqotchilar bu nazariyani geosiѐsatning ikkinchi asosiy qonuni

va manbasi deya baholashadi.

Evropa Uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri, italiyan

faylasuf olimi Nikolo Makiavelli (1469-1527) siѐsiy

adabiѐtlarda ko'proq realistik va pozitiv geosiѐsiy nazariya deb

yuritiladigan harbiy-strategik konsepsiyaning asoschisi

hisoblanadi. U “Davlat” nomli asarida xalqaro munosabatlar va

davlatlararo aloqalarni pozitiv tushunish nazariyasini taklif

qilgan, bu munosabatlar va aloqalarning real manzarasi va

maqsadlarini shu asosda ѐritgan hamda davlatlarning milliy

manfaatlarga asoslanadigan tashqi siѐsati kuch qo'llash yo'li bilan

olib boriladi, degan xulosaga kelgan

Makiavellining geosiѐsiy g'oyalari keyinchalik golland

sarkardasi, geostrategi va olimi, Prussiya va Rossiya qo'shinlari

tarkibida Napoleonga qarshi urushda ishtirok qilgan general

Karl fon Klauzevisning (1780-1831) uch jildlik “Urush

to'g'risida” nomli asarida rivojlantirildi.

Boshqa-boshqa davrlarda yashagan bo'lishidan qat'iy nazar, bu

olimlarni davlat boshqaruvi va davlatlararo aloqalarga “qat'iy

ѐndashuv” pozisiyasi birlashtiradi.

Harbiy-strategik nazariya tarafdorlarining fikriga ko'ra,

davlat o'z manfaatlari va xavfsizligini harbiy kuch ishlatish ѐki

majbur qilish yo'li bilan ta'minlashi mumkin. Ularning nuqtai

nazaricha, har bir davlatning ichki boshqaruv va davlatlararo

munosabatlarga oid muayyan normalari bo'lishi va ular davlat kuch-

qudrati bilan muhofaza qilinmog'i lozim. Mazkur normalarning

himoyasini ta'minlash bo'lsa, harbiy tahlikani tug'diradi3

Evropaning idealist geosiѐsiy nazariyachilari hisoblangan

ba'zi ma'rifatparvar faylasuflar (jumladan I.Kant, Voliter,

Monteskie va boshqalar) u davrda ayni “urush bilan qo'rqitish”

nazariyasi tarafdori bo'lgan realist geosiѐsatchilarning “g'ayriinsoniy” qarashlarini qattiq tanqid qildilar va ularning

bu pozisiyasiga “g'ayriaxloqiy” deya baho berdilar.

Yangi davr faylasufi, nemis olimi Immanuil Kant (1724-

1804) IV – V asrlardagi diniy-idealistik ѐndashuvdan farqli

o'laroq, xalqaro munosabatlar va geosiѐsiy aloqalarga idealistik

ilmiy ѐndashuvni taklif qildi. U o'z asarlarida realistlarni

g'ayriinsoniylikda ayblab, insonlararo va davlatlararo

munosabatlarning urushsiz, ixtilofsiz, hokimlik va

mahkumlikdan xoli modelini o'rtaga qo'ydi. Uning modelida dunѐ

qonli urushlar va to'qnashuvlardan uzoq, ideal jamiyat sifatida

tasvirlangan

I.Kant 1795 yilda o'zining “Abadiy dunѐ” geosiѐsiy

nazariyasini e'lon qildi. U bu asarida xalqlar va davlatlar

o'rtasida sobit va tinch munosabatlar o'rnatish usulini taklif

qildi, boshqaruvning respublika shaklining ѐyilishi “abadiy

dunѐ” asrining boshlanishi bo'ladi, deb tasdiqladi. Nemis

xalqining manfaatlari va orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda

I.Kant butun urushlarga, shu jumladan nemis burjuaziyasi

istaѐtgan urushlarga jiddiy nafrat bilan qaradi hamda realistik

ѐndashuv tarafdorlarini qattiq tanqid qildi.

Idealistlar xristian Evropa ulkan soatni eslatadi, deb

hisoblashardi. Alohida davlatlar va ular orasidagi munosabatlar

bu soatning mexanizmlaridir. Bu erda hamma narsa sulh va

birgalikdagi faoliyat orqali hal etilishi lozim, zo'ravonlik,

tahdidlar va urushlar haqida gap ham bo'lishi mumkin emas.

Tadqiqotchilarning fikricha, Yangi davr Evropa geosiѐsiy

nazariyalarining sulh va tinchlikka intilish tendensiyasi o'sha

zamonda qit'ada shakllangan reallik bilan bevosita bog'liq edi.

Milliy davlatlarning paydo bo'lishi va mustamlakachilikning

kengayishi qit'ada ham, jahon mustamlakalarida ham Evropa

davlatlarining o'zaro ixtiloflari tobora kuchayishiga olib keldi.

Davlatlar va mustamlakalarning chegaralari deyarli kun sayin

o'zgarishi, bir guruh mamlakatlarning “sinishi” hisobiga

boshqalarining kuchayishi va kengayishi, harbiy kuchning

davlatlararo munosabatlarda hal qiluvchi omilga aylanishi,

milliy davlatchilik harakatining kuchayishi geosiѐsiy

munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo'ldi. Bundan tashqari dunѐni yangidan bo'lib olish yo'lida olib

borilaѐtgan kurashning kengayishi, mustamlakachilik urushlari,

sanoat va texnika taraqqiѐti natijasida jahon hududlari ustidan

geosiѐsiy nazorat o'rnatishning yangi imkoniyatlari, davlatlar

orasidagi munosabatlarning kundan-kunga keskinlashuvi va

hokazolar yangi jahon urushi xavfini vujudga keltirdi va

insoniyatga tobora jiddiyroq xavf sola boshladi. Bunday

sharoitda, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, o'sha davrning

ilg'or kishilari davlatlararo munosabatlar, geosiѐsiy,

geostrategik muammolar, milliy ziddiyatlarning sabablari va

qonuniyatlari, yangi sharoitda davlatlararo munosabatlarning

normalari, ixtilofli holatlarni hal etishning turli yo'llari va

shu singarilar to'g'risida ilmiy tadqiqotlar olib borishga

kirishdilar.

U davrning eng ilg'or ilmiy arboblari - siѐsatshunoslar,

tarixchilar, faylasuflar, huquqshunoslar va boshqa sohalarning

vakillari ilmiy-nazariy tadqiqotlarni jadallashtirdilar.

Natijada geosiѐsat asta-sekin akademik fanga aylandi va

davlatlararo munosabatlarning eng dolzarb masalalariga javob



izlashga kirishdi.


Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling