O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Zamonaviy mehmonxonalarning turlari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
mehmonxonalarning rivojlanishida marketing xizmatining orni va ahamiyati(2)
1.3. Zamonaviy mehmonxonalarning turlari Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi. Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turimavjud bo‘lgan: - jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar; - aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar. Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bo‘lgan odamlarda tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab o‘zi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo‘shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‘lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish 21
saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar. Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek,, vaqti-vaqti bilan mehmonxona xizmati yangi-yangi turlarining paydo bo‘lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo‘yadi. 1.3-jadvalda dunyoning aksariyat davlatlariga xos bo‘lgan 7 har 54 xil toifa bo‘yicha mehmonxona korxonalari 9 turining solishtirma tavsifi berilgan. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan eriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning me’morlik-tarx tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling