O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli investitsiyalarning


Download 483.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi483.96 Kb.
#208821
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
moliyaviy investitsiyalarning auditi

MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli investitsiyalarning 

o’sish dinamikasi, ming so’mda 

0

10000

20000

30000

40000

50000

60000

2005

2006

2007

2008

2009

2010

Запад

2.1.1-rasm. MCHJ “Sam-Praga-Pivo”XIIKda uzoq muddatli moliyaviy 

investitsiyalarning o’sish dinamikasi. 

Shuning 


uchun 

ushbu 


korxonada 

moliyaviy 

investitsiyalar 

auditi 


o’tkazilmaganligini  inobatga  olib,  biz  mustaqil  ravishda  korxonadagi  moliyaviy 

investitsiyalarning  holati,  samaradorligi,  ulardan  olinayotgan  daromadlarning 

to’g’ri  tan  olinayotganligi  va  soliqqa  tortilayotganligini  audit  qilish  bo’yicha 

metodik tavsiyalar ishlab chiqmoqchimiz.  

 

Yuqorida  moliyaviy  investitsiyalar  auditining  ketma-ketligini  ko’rsatib 



o’tdik  (1.3.1-chizma).  Unga  muvofiq  korxonada  audit  jarayonini  o’tkazishimiz 

mumkin.  Buning  uchun,  avvalo,  auditning  umumiy  dasturini  tuzish  maqsadga 

muvofiq deb o’ylaymiz va 2-ilovada Audit dasturining biz tomonimizdan tavsiya 

etilayotgan variantini keltirdik.  

 

Audit  o’tkazishdagi  ketma-ketlikka  muvofiq,  dastavval,  moliyaviy 



investitsiyalarning  qoldiqlari  aniqlanadi.  Bu  naqd  inventarizatsiya  qilish  orqali 

amalga  oshiriladi.  Moliyaviy  investitsiyalar  BHMS№19  “Inventarlashni  tashkil 

etish  va  o’tkazish”ga  muvofiq  qimmatli  qog’ozlarning  haqiqatda  mavjudligi 

tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:

7

 



 

qimmatli qog’ozlar to’g’ri rasmiylashtirilgani; 

 

qimmatli  qog’ozlar  butligi  (haqiqatda  mavjudligini  buxgalteriya  hisobi 



ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali); 

 



qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida 

o’z vaqtida va to’liq aks ettirilishi.  

                                                 

7

 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. –T.: “Norma”, 2010, 242-bet. 




 

19 


Belgilangan  tartib-qoidalarga  muvofiq  agar  qimmatli  qog’ozlar  korxonaning 

kassasida  saqlanilsa,  xuddi  kassadagi  pul  mablag’lari  kabi  inventarizatsiyadan 

o’tkaziladi.  Bu  jarayonda  qimmatli  qog’ozlar  varaqma-varaq  sanash  yo’li  bilan 

tekshiriladi.  Tekshiruv  alohida  har  bir  emitent  bo‘yicha  dalolatnomada  seriyasi, 

raqami  va  umumiy  summasi  ko‘rsatilgan  holda  o‘tkaziladi.  Har  bir  qimmatli 

qog‘ozning  rekvizitlari  buxgalteriyada  yuritiladigan  ro’yxatlar,  reestrlar  yoki 

daftarlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi

.  


 

Moliyaviy  investitsiyalar  bo’yicha  haqiqiy  qoldiqlar  aniqlangandan  so’ng 

ular  bo’yicha  ro’y  bergan  xo’jalik  operatsiyalarining  to’g’ri  hujjatlashtirilganligi 

tekshiriladi.  Moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olishda  qo‘llaniladigan  dastlabki 

hujjatlarning  rasmiylashitirilishini  tekshirishda  shuni  hisobga  olish  zarurki, 

qimmatli qog‘ozning o‘zi - qat’iy shakldagi hujjat bo‘lib, uning shakli va majburiy 

rekvizitlari  qimmatli  qog‘ozlarning  ma’lum  turlari  uchun  qonunchilik  bilan 

belgilangan  talablarga  mos  kelishi  lozim.  Qimmatli  qog‘ozlarda  majburiy 

rekvizitlarning  yo‘qligi  yoki  qimmatli  qog‘ozning  belgilangan  shaklga  mos 

kelmasligi  uning  yaroqsizligidan  dalolat  beradi.  Shuning  uchun  auditor  qimmatli 

qog‘ozlar blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, mohiyatan ham tekshiruvdan 

o‘tkazadi.  Shuningdek,  qimmatli  qog‘ozlar  qiymat  ko‘rsatkichlari  arifmetik 

tekshiruvdan  ham  o‘tkazilishi  zarur.  Moliyaviy  investitsiyalarga  doir  xo’jalik 

operatsiyalarini  hujjatlashtirishda  quyidagi  hujjatlardan  foydalaniladi  (2.1.1-

jadval). 


Download 483.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling