O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti
Download 34.35 Kb.
|
Bovatov Javoxir kurs ishi 23
O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti “Miliy g`oya ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi 301- guruh talabasi Bovatov Javoxirning Geosiyosat fanidan tayyorlagan Kurs ishi Tayyorladi: J.Bovatov Tekshirdi : A.Samadov
Mavzu: Yevrosiyo harakati tarixiy ildizlari. Kirish. Reja:
1. XIX asrgacha bo'lgan davrda sayѐrada ilk geosiѐsiy manbalar va g'oyalarning qisqacha tarixi 2. Qadimgi Xitoy va Hindistonda geosiѐsiy ta'limotlar. 3. Arab dunѐsining qadimgi geosiѐsiy konsepsiyalari 4. Qadimgi yunon va rimliklarning geosiѐsiy ta'limotlari 5. O’rta asrlar va Yangi davrda Evropada asosiy geosiѐsiy ta'limotlar va nazariyalar. Kirish Geosiѐsatning alohida ilmiy-tadqiqot sohasiga aylanishi va uning nazariy-metodologik asoslarining tarkib topishi hodisasi birdaniga yuz bergan emas. Insoniyat bungacha xiyla uzoq nazariy va amaliy taraqqiѐt bosqichini bosib o'tdi. XIX asr oxiridan boshlab XX asrning birinchi yarmigacha bo'lgan davrda geosiѐsat alohida ilmiy yo'nalishga aylandi. Ayni chog'da bu jaraѐn, asosan, uning amaliy fan sifatida shakllanishi tarzida yuz berdi va akademik ilm ehtiѐjlariga qaraganda ko'proq davlat siѐsatini (xususan, harbiy strategiyani) rejalashtirish ehtiѐjlari va siѐsiy arboblarga amaliy tavsiyalar berish bilan bog'liq bo'ldi. Faqat XX asr boshlaridan, Evropada ilmiy bilim rivojlanishi munosabati, ayniqsa, yangi siѐsiy voqeliklarni bilish ehtiѐji bilan bog'liq holda geosiѐsat asta-sekin akademik ilmga aylandi. Dastlabki bosqichlarda klassik geosiѐsatchilar geosiѐsatga ijtimoiy-falsafiy pozisiyadan ѐndashdilar va bu fandan asosan mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalandilar. O’sha vaqtlari davlatlararo munosabatlarda mamlakatning makon, hudud va ijtimoiy xarakteristikasida geografik omillaridan foydalanishga alohida e'tibor berildi. Klassik geosiѐsat asoschilari uchun davlatning geografik holati, makon xarakteristikasi, hudud, aholisi, qo'shnilari va shunga o'xshash masalalar asosiy tadqiq ob'ekti bo'ldi. Bundan tashqari, bu fan asosan makon uchun kurash, mustamlakachilik kuchaygan hamda jahon milliy, sinfiy- mafkuraviy zaminda bir-biriga zid frontlarga ajralgan (1900-1939 yillar) bir davrda shakllangani munosabati bilan u muayyan darajada sinfiy, siѐsiy, binobarin, sub'ektiv xarakterga ega bo'ldi. 1. XIX asrgacha bo'lgan davrda sayѐrada ilk geosiѐsiy manbalar va g'oyalarning qisqacha tarixi. Qadimgi davrlarning faylasuflari, sayѐhlari, tarixchilaridan XVI-XIX asrning davlat boshliqlari va ularning atrofidagi dono mutafakkirlarga qadar hammasi u ѐki bu darajada o'z mamlakatining tabiati, geografiyasi, tarixi, madaniyati, harbiy va geosiѐsiy muammolarini o'rganganlar, qo'shnilar bilan muayyan munosabatlar o'rnatganlar, ular bilan muloqotda bo'lib turganlar. Faqat biz ko'rib chiqaѐtgan davrda bu faoliyatni ilmiy asosda umumlashtiradigan va shakllantiradigan geosiѐsiy deb ataladigan ilmiy markazlar bo'lmagan. XVII-XIX asrlarda Evropada va butun dunѐda boshlangan davlatlarning markazlashuv va mustamlakachilik jaraѐnlari, teran geosiѐsiy tafakkurga ega bo'lgan ba'zi qirollar, davlat boshliqlari, harbiy sarkardalar, shuningdek ularning atrofidagi geograf-sayѐhlar, olimlar, ilg'or mutafakkirlar va ular ѐzgan asarlar geosiѐsat fanining ilk manbasi va intellektual zamini bo'lib xizmat qildi. Ingliz tarixchisi A.Toynbining so'zlari bilan aytganda: evropaliklarning jahonning qolgan aholisi bilan dastlabki dramatik to'qnashuvlari yangi tarixning eng asosiy hodisasiga aylandi va shundan keyin “barchaning yagona makon va zamon doirasida yashashga mahkum ekani” to'g'risidagi oddiy haqiqatni anglatdi. Albatta, o'zgargan tarixiy muhit va yangi geosiѐsiy voqelik barcha manfaatdor idoralar va fikrlovchi kishilardan xalqaro va davlatlararo munosabatlarni, geosiѐsiy harakatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi tabiati, sabablari va oqibatlarini, ularning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini, makon-hudud omilining dunѐ tartibotiga ta'sirotini va boshqa geosiѐsiy masalalarni o'rganishlarini taqozo etdi. Ko'rib chiqilaѐtgan davrda tabiiy, shuningdek ijtimoiy- gumanitar fanlarda ma'lum bo'lgan bilim, faktlar va nazariyalar geosiѐsatchilar murojaat qiladigan ilk manbalar bo'ldi. Tadqiqotchilar bunday fanlar orasidan birinchi navbatda geografik determinizm nazariyasini qayd qiladilar. Bu nazariya o'sha davr fanida keng qo'llanilgan. Bu shu bilan bog'liq ediki, geosiѐsiy tadqiqotga kirishgan olimlar kishilar va xalqlar, ularning madaniyati, ijtimoiy qurilishi, xarakteri va xulq- atvori tabiat va atrof-muhitga, davlatlarning rivojlanishi darѐlar va dengizlarga, qulay iqlim va tuproq unumdorligiga, ularning xavfsizligi tabiiy istehkom, tog', o'rmon va boshqa himoya vositalariga bog'liq ekanini endi tushunib etgandilar. Bundan tashqari ko'rib chiqilaѐtgan davrda ilmga ko'pgina utopik “organik nazariyalar”, davlat va xalqni biologik organizmga muqoyasa qiladigan g'oyalar ma'lum edi. Shuning uchun klassik geosiѐsatchilar jamiyatda mavjud makon-geografik va organik nazariyalardan xabardor bo'lib, shu asosda o'z konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniga ega edilar. Albatta, ilmda barcha hodisa va jaraѐnlarni tabiiy-tarixiy qonuniyatlar bilan izohlash oson bo'lgani uchun klassik geosiѐsatchilar lozim bo'lgan chog'da ulardan bu fanning asosiy manbasi sifatida foydalanar edilar. XIX asrning o'rtalarida paydo bo'lgan O.Kontning “pozitivizm”, Ch.Darvinning “tabiiy rivojlanish” va shunga o'xshash boshqa nazariyalarni ham tadqiqotchilar geosiѐsat fanining ilk manbalari va nazariy-metodologik asosi sirasiga qo'shadilar. Bu nazariyalar insonlarning haѐti va faoliyati, madaniy- sivilizasion taraqqiѐt, davlatlarning xatti-harakati va davlatlararo munosabatlarning sabab va natijalarini va hokazo geosiѐsiy masalalarni bevosita izohlar edi. Masalan, sosial-darvinizm davlatlar va xalqlar orasida urushlar, konfliktlar, iqtisodiy, madaniy raqobat bo'lishi tabiiy va ular milliy taraqqiѐtning asosini tashkil etadi, deb tushuntiradi. Albatta, o'sha davrda klassik geosiѐsatchilar asosan hudud bosqinchiligi va makonlarni qo'lga kiritish, ular ustidan geostrategik nazorat o'rnatish vazifalarini amalga oshirish bilan shug'ullanganliklari e'tiborga olinsa, u holda sosial- darvinizmning bu g'oyasi geosiѐsatchilar uchun juda jiddiy manba va nazariy asos bo'lib xizmat qilgani shubhasiz. Faqat hozirgi davrda turli kuch markazlarining global darajada strategik makonlar ustidan turli xarakterdagi – harbiy, iqtisodiy, siѐsiy, madaniy, ijtimoiy, axborot, ekologik va h.k. nazorat imkonlarining ahvolini, dinamikasini va mayllarini o'rganish kabi vazifalar ilmiy konsepsiya sifatida geosiѐsatning vazifalari qatoriga ilova etilgan1 . O’z navbatida, geografik omillar va tabiat hodisalarining xalqaro siѐsat va davlatlarning faoliyatiga ta'sirini o'rganish geosiѐsiy tadqiqotlar va nazariyalarning jadallashishiga turtki berdi. O’sha davrda bunday tadqiqotlar asosan boshqa fanlar: falsafa, tarix, geografiya, harbiy strategiya va shu kabilar doirasida olib borildi. Geosiѐsiy g'oyalar va nazariyalar tarixi bashariyat tarixining qadimgi davrlaridan to davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishigacha bo'lgan butun bosqichlarini o'zida aks ettiradi. Qadimgi davrlarda geosiѐsiy muammolarga qiziqish tasodifiy bo'lmagan. Bu qiziqish ko'pgina ob'ektiv jaraѐnlar ta'sirida paydo bo'lgan. Jahonda so'nggi mingyilliklarda insoniyat jamiyatlarining rivojidagi ba'zi umumlashtirilgan namunalar, takrorlangan jaraѐnlar, ko'pgina o'xshash hodisalar keng taxayyulli kishilarga muayyan umumlashmalar qilish va tegishli xulosalar chiqarishlari uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Olim R.T. Muxaev turli geosiѐsiy jaraѐnlarni umumlashtirish natijasida quyidagi ilmiy xulosaga kelgan: Birinchidan. Tamaddunlar va tamaddun markazlari uzoq davr mobaynida muayyan makonda paydo bo'lgan va rivojlangan.Aksariyati ilk o'laroq muayyan makonda vujudga kelgan bunday tamaddunlar va ularni yaratgan “madaniy xalqlar” keyinchalik atrofidagi “g'ayri madaniy” xalqlar yashaydigan erlarni ishg'ol qilib, o'zining “haѐt makoni”ga qo'shib olgan va o'z hududini yanada kengaytirgan. (Boshqa o'lkalarni bosib olish evaziga buyuk imperiyalar bunѐd qilgan xitoylar, arablar, mo'g'ullar, usmoniylar tajribasi bu da'voning to'g'riligini ko'rsatadi). Ikkinchidan. Iqtisodning ekstensiv rivoji (asosan xom ashѐ, boyliklar va o'zga erlarni qo'lga kiritish yo'li bilan erishilgan taraqqiѐt) davrida makonlarning qo'lga kiritilishi geosiѐsiy faoliyatda hal qiluvchi omil sifatida kun tartibiga qo'yilgan edi. Shu boisdan buyuk davlat va madaniyat egasi bo'lgan mamlakatlarning siѐsati mutloq tarzda imperialistik xarakter kasb etardi va bu mamlakatlar hamisha atrofidagi erlarni nazorat ostiga olish evaziga kengayib borardi. Uchinchidan. Ilk tamaddunlarning barchasi darѐlarning bo'yida paydo bo'lgan. Bu bashariyatning oddiy haѐtiy faoliyati o'rtaga chiqargan bir haqiqat va qonuniy natija edi. Tabiiy omillarning inson haѐtidagi roli bag'oyat katta va dolzarb bo'lgan. Bundan tashqari jamiyat evolyusiyasida tabiiy shart-sharoitning rolini tushunishga olib kelgan boshqa omillar ham bo'lgan Muallifning fikricha, m.o. 1 ming yillikda sayѐramizda ikkita muhim hodisa ro'y bergan. Ularning biri Er kurrasining iqlimi qo'qqisidan sovib ketishi natijasida “haѐt makoni”ning ancha o'zgarishi, ikkinchisi – insonlar ongidagi inqilobiy to'ntarish bilan bog'liq bo'lgan. Bu inqilobiy o'zgarishlar kishilarning o'sha vaqtgacha mavjud bo'lgan taraqqiѐtga – Misr, Bobil, Yunoniston va boshqa qadimgi tamaddunlarga hayratomuz mistik qiziqishi o'z o'rnini yangi, realistik tabiiy va rivojlanuvchi dunѐqarashga bo'shatib berishi uchun sharoit yaratdi. Nemis faylasufi, tarixchi va ruhshunos Karl Yaspers (1883- 1969) Evropada birinchilardan bo'lib o'sha davrda butun dunѐda (Hindiston, Xitoy, Evropa, Yaqin Sharqda) inson o'z tasavvurida o'zining bir butunligini anglash, o'z imkoniyatlari va atrof muhitga ta'sir o'tkazish kuchini his qilgani to'g'risidagi xulosaga keldi. Olim bu davrni “mehvar davri” deb atab, insonlar olamni oldingi mifologik tushunishdan, olamga mifologik, ruhiy va diniy ta'sir o'tkazish to'g'risidagi tasavvurlardan qutulib, realistik fikrlashga va atrofdagi olamga o'z shaxsiyati, kuchi bilan ta'sir o'tkaza boshladilar, deb ѐzgan edi. Uning aytishicha, so'zning tom ma'nosida, bu insoniyat tafakkuri tarixida inqilobiy to'ntarish bo'ldi. Jamiyatlarda sodir bo'lgan keyingi hodisalar bo'lsa, inson shaxsiyati va tushunchasi, o'zgaruvchan vaqt va makon qadriyatlari bilan baholana boshladi. Real aql-idrokka ega bo'lgan insonlar o'z-o'ziga biqinib olib, fantastik va samoviy kuchlarga umid bog'lashdan voz kechdilar, endi ular o'z yangi cheksiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda real harakat qilishga o'tdilar. Yaspers milodgacha bo'lgan davrda yashagan barcha xalqlarni ikkita – “tarixiy” va “g'ayritarixiy” guruhga ajratadi. U xitoylar, hindlar, yunonlar, yahudiylarni tarixiy ѐki “mehvar” kasb etardi va bu mamlakatlar hamisha atrofidagi erlarni nazorat ostiga olish evaziga kengayib borardi. Uchinchidan. Ilk tamaddunlarning barchasi darѐlarning bo'yida paydo bo'lgan. Bu bashariyatning oddiy haѐtiy faoliyati o'rtaga chiqargan bir haqiqat va qonuniy natija edi. Tabiiy omillarning inson haѐtidagi roli bag'oyat katta va dolzarb bo'lgan. Bundan tashqari jamiyat evolyusiyasida tabiiy shart-sharoitning rolini tushunishga olib kelgan boshqa omillar ham bo'lgan Muallifning fikricha, m.o. 1 ming yillikda sayѐramizda ikkita muhim hodisa ro'y bergan. Ularning biri Er kurrasining iqlimi qo'qqisidan sovib ketishi natijasida “haѐt makoni”ning ancha o'zgarishi, ikkinchisi – insonlar ongidagi inqilobiy to'ntarish bilan bog'liq bo'lgan. Bu inqilobiy o'zgarishlar kishilarning o'sha vaqtgacha mavjud bo'lgan taraqqiѐtga – Misr, Bobil, Yunoniston va boshqa qadimgi tamaddunlarga hayratomuz mistik qiziqishi o'z o'rnini yangi, realistik tabiiy va rivojlanuvchi dunѐqarashga bo'shatib berishi uchun sharoit yaratdi. Nemis faylasufi, tarixchi va ruhshunos Karl Yaspers (1883- 1969) Evropada birinchilardan bo'lib o'sha davrda butun dunѐda (Hindiston, Xitoy, Evropa, Yaqin Sharqda) inson o'z tasavvurida o'zining bir butunligini anglash, o'z imkoniyatlari va atrof muhitga ta'sir o'tkazish kuchini his qilgani to'g'risidagi xulosaga keldi. Olim bu davrni “mehvar davri” deb atab, insonlar olamni oldingi mifologik tushunishdan, olamga mifologik, ruhiy va diniy ta'sir o'tkazish to'g'risidagi tasavvurlardan qutulib, realistik fikrlashga va atrofdagi olamga o'z shaxsiyati, kuchi bilan ta'sir o'tkaza boshladilar, deb ѐzgan edi. Uning aytishicha, so'zning tom ma'nosida, bu insoniyat tafakkuri tarixida inqilobiy to'ntarish bo'ldi. Jamiyatlarda sodir bo'lgan keyingi hodisalar bo'lsa, inson shaxsiyati va tushunchasi, o'zgaruvchan vaqt va makon qadriyatlari bilan baholana boshladi. Real aql-idrokka ega bo'lgan insonlar o'z-o'ziga biqinib olib, fantastik va samoviy kuchlarga umid bog'lashdan voz kechdilar, endi ular o'z yangi cheksiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda real harakat qilishga o'tdilar. Yaspers milodgacha bo'lgan davrda yashagan barcha xalqlarni ikkita – “tarixiy” va “g'ayritarixiy” guruhga ajratadi. U xitoylar, hindlar, yunonlar, yahudiylarni tarixiy ѐki “mehvar " 15 xalqlar, qolgan barcha xalqlarni g'ayritarixiy xalqlar sirasiga kiritadi. U, o'z navbatida, tarixiy xalqlarni yunonlar va xitoylar siymosida g'arb va sharq xalqlariga bo'lib, sharq-g'arb tamaddunlarini ular shakllantirgan, intellektual inqilob ayni shu xalqlarda va ularning hududida ro'y bergan, keyin boshqa hududlarga ѐyilgan, deb da'vo qiladi. Olimning fikricha, agar qadimgi odamlarda geosiѐsiy tushunchalar, atrofdagi olam, dunѐning tuzilishi, davlatlarning joylashishi va h.k. masalalar to'g'risidagi bilim idealistik an'analarga va mistik fikrlarga, ideal olam to'g'risidagi orzu-istaklarga asoslangan bo'lsa, milodning birinchi asridan e'tiboran ayni realistik tafakkur tarzi hukmron mavqega ko'tarilgan. Bu davrda makon, davlat va hokimiyat aloqalari, geografik muhit va siѐsiy taraqqiѐt orsidagi bog'liqlik va boshqa geosiѐsiy jaraѐnlar o'rtasidagi aloqalar taddrijiy ravishda insonlar tomonidan anglana va haѐtga joriy etila boshlaydi. Realistik tafakkur tarzi endi kishilarga atrofidagi olam va kundalik jaraѐnlar ustida amaliy faoliyat olib borishga imkon yaratadi. Kishilar davlatlarning kuchi bilan u joylashgan zamin o'rtasida aloqadorlik va bog'liqlik qidira boshladilar, bunga muvofiq ravishda geografik muhitning siѐsiy faoliyatga, siѐsiy hissiѐtlarga, urf-odat, an'analarga, xatti-harakat qonun-qoidalariga va ijtimoiy tuzilishga ta'sirini o'rganish ehtiѐji maydonga keldi. Bularning o'rganilishi esa, o'z navbatida, insonlarni ijtimoiy-madaniy va siѐsiy o'xshash inson jamiyatlari yaratishga va ularni boshqarishga ruhlantirdi. Shunga muvofiq tarzda, jamiyatlar, davlatlarning atrof muhit, qo'shni davlatlar bilan munosabatlarga kirishishi va bunday munosabatlar o'rnatishi ularni boshqa geosiѐsiy va geostrategik qadamlarni tashlashga majbur qildi. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, qadimgi dunѐning dastlabki bosqichlarida garchi geosiѐsiy tafakkur asosan diniy- mifologik g'oyalarga asoslangan va tegishli faoliyat olib borilgan bo'lsa-da, tarixning muayyan bosqichida, turli omillarning ta'siri ostida kishilarda realistik tafakkur va shunga muvofiq realistik nazariyalar paydo bo'lgan. Geosiѐsat fanining rivojlanish tarixini ham ayni shu davrga oid deb bilishadi. 2.Qadimgi Xitoy va Hindistonda geosiѐsiy ta'limotlar Tadqiqotchilarning fikricha, eng qadimgi geosiѐsiy ta'limot namunalari Sharqda (Xitoy, Hindiston, Arab dunѐsi va boshqa madaniyat o'choqlarida) vujudga kelgan. Xitoy zaminida dastlabki davlat birlashmasi miloddan oldingi II ming yillik boshida barpo etilgan. M.o. XVIII asrda mamlakat Shan qabilasi hokimiyati ostida birlashtirilgan. Uzoq vaqt yagona davlat bo'lgan Xitoyda m.o. V asrda ichki kurash boshlangan va davlat turli podsholiklarga bo'linib ketgan hamda xorijiy istilolar uchun qulay sharoit paydo bo'lgan. Ayni shu davrdan boshlab Xitoy imperiyasi chet davlatlarning hujumlariga duchor bo'ldi va xitoy xalqi bir necha bor chet el bosqinchilariga qarshi kurashga bosh ko'tarishga majbur bo'ldi. Tadqiqotchilar umuman Xitoyda milliy birlikning shakllanishi tarixini Chjou imperiyasi davriga oid deb bilishadi. Mamlakat tarixida bu davr Xitoyda xorijiy dushmanlarga qarshi umumiy harakat boshlangani bilan xarakterlanadi. Xitoy aholisining ongida geosiѐsiy g'oyalar va markazlashgan Xitoy davlati doktrinasi ayni shu davrda paydo bo'ldi. Qadimgi xitoylarning geosiѐsiy tasavvurlariga ko'ra, bu mamlakat “samo ostidagi dunѐning markazi” (xitoy tilida “tyan) edi. Aslida, Xitoy degan nomning o'zi “chjungo” so'zidan (chjun – “o'rta”, go - “davlat”) kelib chiqqan bo'lib, “o'rta imperiya” degan ma'noni anglatadi. Bu vaqtdan boshlab Xitoy imperiyasi markazlashgan davlat tizimidan, qulay geografik sharoitidan va ularning so'zi bilan aytadigan bo'lsak, “parvardigor ularga in'om etgan ustunliklardan” foydalanib, zamonasining eng rivojlangan texnik, madaniy va harbiy imperiyasini bunѐd etdilar va atrofdagi hududlarni bosib olishga kirishdilar. Buyuk Xitoy imperiyasining eng gullab-yashnagan davri m.o. Sh asrga Sin sulolasi davriga to'g'ri keladi. Bu sulolaning hukmronlik davridan boshlab Xitoyni markazlashtirish jaraѐni nihoyasiga etadi va Janubi-Sharqiy Osiѐning butun zamini uning tarkibiga qo'shib olinadi. Qadimgi Xitoy davlatining rahbarlari atrofdagi olamga munosabatlarda o'z harbiy, siѐsiy va geostrategik vazifalarini rejali ravishda, realistik va pragmatik boshqaruv asosida amalga oshira borib, jahonning boshqa davlatlari va xalqlari bilan o'zaro munosabatning jiddiy va sistemali strategiyasini yaratdilar. Chet el bosqinchilariga qarshi kurash vazifasi bu strategiyaning eng o'zak talablaridan biri edi. Mohiyat e'tibori bilan, tashqi bosqinchilarga qarshi kurash faqat Xitoygina emas, balki Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim geostrategik faoliyatining asosini tashkil etgan va hukmron tabaqaning asosiy burchi hisoblangan. Bu davrda Buyuk Xitoy devorining qurilishi ham chet el bosqinchiligining oldini olish uchun davlat tomonidan ko'rilgan tadbirlardan biri bo'ldi. Qadimgi Xitoyda geosiѐsiy g'oyalar mifologik, sosio- antromorfologik dunѐqarash asosida shakllangan esa-da, ular ayni chog'da tugal realistik tushuncha namunasi bo'lgan. Atrofdagi olamni jonli inson kabi tasavvur qilgan xitoylar insonning unga va jamiyatning patriarxal tuzilishiga bog'liq ekanini to'la idrok etardilar. O’sha davrdagi (Lao-szi, Konfusiy, Men-szi va m.o. 579-289 yillarda yashagan boshqa) mutafakkirlarning bizgacha etib kelgan qo'lѐzmalarida ko'p masalalar – qo'shni katta va kichik davlatlar, bu davlatlarning bunѐd etilishida darѐ va ko'llar, dengiz va okeanning roli, dunѐ markazida imperiyalarning joylashuvi, katta davlatlarning kichik davlatlar uchun jozibadorligi, geosiѐsiy hududlarga aholining o'zaro kelishuv yo'li bilan erlashtirilishi va h.k.lar to'g'risida qator harbiy- strategik, geosiѐsiy va geografik g'oyalar baѐn etilgan. Chunonchi, Konfusiy (m.o. 551 – 479) “Luni-yuy” (“Mulohazalar va suhbatlar”) asarida garchi geosiѐsiy muammolar haqida to'g'ridan- to'g'ri so'zlamasa-da, qo'shni davlat ustidan g'alaba qozonish, hukmronlikning yashirin taktik usullari va yo'llari (verbal kommunikasiyalar vositasi), davlat rahbari va hukmron tabaqaning ma'naviy boshqaruvi asoslari, davlatning kuch-quvvati va uning makonda o'z aksini topishi, ierarxiyali boshqaruv tizimi va uning xususiyatlari bilan bog'liq qator masalalarni tilga olgan. Muallifning geosiѐsiy g'oyalari, qo'shni davlatlar ustidan g'alaba qozonish va ularni o'z ta'siri ostiga olish doktrinasi xitoylarning yashirin va ѐlg'on uydirmalar yo'li bilan firib berish, kutilmagan zarbalar berish singari tushuncha tarzi va strategiyasiga asoslangan edi. U bu strategiyani davlatni muvaffaqiyatli boshqarishning va insoniyat jamiyatida tabiiy farqlar bo'lishining e'tirof etilishi bilan bog'lagan edi. Konfusiy tabiatdagi jonli organizmlar orasida bo'lgani kabi jamiyatda ham har bir inson turlicha kuch, mavqe, huquq va burchlarga ega bo'ladi, deb hisoblar edi. U o'z ijtimoiy qonun- qoidasini bunday izohlagan: “Hokim – hokim, ota – ota, o'g'il – o'g'il, idora qiluvchi ham, idora qilinuvchi ham o'z o'rni va huquqini bilmog'i darkor”1 . Qadimgi Xitoy faylasufi Men-szining (m.o. 372-289) asarlarida ham original geosiѐsiy fikrlarni uchratish mumkin. Uning ilmiy merosida “to'rt dengiz doirasida hokimiyat g'oyasi” baѐn etilgan va geostrategik jihatdan asoslab berilgan. U Konfusiyning “ma'naviy boshqaruv” konsepsiyasini “xalq va davlatga xizmat etish” falsafasi bilan boyitib, davlatga rahbarlik qilgan shaxs qandaydir qadam tashlashdan oldin uning geosiѐsiy natijalarini o'ylab olishi, bu qadamning u rahbarlik qilaѐtgan davlat va xalqqa qanday oqibatlar keltirishi mumkinligini oldindan bilishi kerak, deb hisoblagan. Men-szining asarlarida, muallifning dunѐqarashiga muvofiq ravishda, “to'g'ri boshqaruv ilmi”ning formulasi va turli jihatlari baѐn etilgan. Uzoqni ko'ra bilish, insonparvarlik va adolat muallifning “to'g'ri boshqarish” standartining asosiy alomatlari sifatida ko'rsatilgan. Tarixiy adabiѐtlarda Xitoy davlatining rivojida Xan sulolasining (m.o. 206 – m.k. 220 yillar) hokimiyatiga alohida e'tibor berilgan. Xan sulolasi davlat faoliyatida realistik geostrategik dastur mavjud bo'lgani geosiѐsiy ma'noda muhim ahamiyat kasb etgan va bu diqqatni jalb qiladi. Asosini uchta – Xitoyning hududiy butunligi, aholining asta-sekin ko'payib borishi va ijtimoiy turmush normalari, ierarxiyali boshqaruvning o'zgarmas qoidalari tashkil etgan bu geostrategik yo'l mazkur sulola hokimiyatining muvaffaqiyatli boshqaruvi va Xitoyning XVIII asrga qadar sobit taraqqiy etishining chinakam geostrategik tilsimi kabi baholanishi mumkin. M.o. Sh asrda hozirgi Hindiston hududida ham geosiѐsiy fikr- mulohazalar maydonga kelgan. Bu davrda mazkur zaminda Harappa madaniyati asosida umumhindiston tamadduni shakllana boshlagan. Bu tamaddun m.o. II asr o'rtalariga qadar mavjud bo'lgan. M.o. II asrda jangari oriy qabilalarining bu hududga bostirib kirishi va ular tomonidan davlat tizimining barpo etilishi qadimgi Hindistonning geosiѐsiy, madaniy va harbiy strategiyasi paydo bo'lishiga olib keldi. Bu davlat rahbarlarining geosiѐsiy tushunchalari qadimgi oriylarning ma'naviy madaniyati obidasi bo'lgan Vedalarda saqlanib qolgan. Bu obidalarda olam gul solingan savatlar suzib yuradigan okeanga o'xshatiladi. Tadqiqotchilar hindistliklarning geografik tasavvurida bu savatlar va gullar sayѐra makonlari (qit'alar)ni, katta okean va uning ichidagi hududlar bo'lsa, kontinental va subkontinental hududlarni, shuningdek Shimoliy erlarni bildirgan, deb hisoblashadi. Ba'zi geosiѐsatchilar bu manbalardagi er taqsimoti hatto hozirgi dunѐning dengiz, quruqlik va dengizlar orasidagi yarim orollar sistemasiga tom uyg'un tushadi, deb aytishadi. Klassik nemis sayѐhi K. Ritter ѐzganidek, qadimgi oriylarning geosiѐsiy tafakkuri tabiat (okean va quruqlik) va inson jamiyati (davlat) orasida bog'liqlikning birligini o'zida aks ettirgan. Oriylar, xuddi xitoylar singari, borliq (dunѐ)ning markaziga tegishincha o'z xalqi (mamlakati)ni qo'yganlar va shu bilan etnomarkazchi g'oyalarni jamiyat va madaniyat asosi, deb hisoblaganlar2 . Mohiyat e'tibori bilan, keyingi davrlarda, hatto klassik geosiѐsatda ham bunga o'xshash g'oyalar milliy geosiѐsiy nazariyalarning asosini tashkil etdi. Qadimgi Hindiston tamaddunining me'morlaridan biri, tarixchi, adabiѐtchi va madaniyatning boshqa sohalariga oid ko'pgina g'oyalar muallifi braxman Artxashatra Kautiliyaning “Davlat boshqaruvi ilmi” kitobida (m.o. IV asrda ѐzilgan) va siѐsat ilmiga oid qo'lѐzmalarida juda qimmatli geosiѐsiy g'oyalar va fikrlar o'z aksini topgan. Davlatni samarali boshqarish, boshqaruv va huquq, urush va diplomatiya masalalari, bo'sh ѐtgan ѐki bosib olingan joylarga aholini joylashtirish qoidalari to'g'risida u o'rtaga tashlagan fikrlar, shu jumladan geosiѐsiy mulohazalar bugungi kunda ham jahon geosiѐsatchilarini hayratda qoldirmoqda. Xususan, uning aholini joylashtirish ishi markaziy hokimiyat tomonidan olib borilishi kerakligi, aholini er bilan ta'minlash, chegaralarni tashqi bosqinlardan himoya etish uchun istehkomlar qurish va shu singari g'oyalarini o'z davrining eng ilg'or nazariy fikrlari deb hisoblasa bo'ladi. Albatta, Kautilyaning asarlari qat'iy geosiѐsiy mohiyatga ega bo'lmagan va asosan davlat boshqaruvi masalalariga bag'ishlangan edi. Biroq uning geografik omil va makon o'rtasidagi bog'liqlik, davlatning xavfsizligi va chegaralar to'g'risidagi g'oyalari, ko'pdan- ko'p geostrategik mulohazalari o'sha vaqtdagi geosiѐsiy tafakkurning namunasi bo'ldi. Makonni davlatning muhim zahirasi va tashqi dunѐ bilan munosabatlarning asosi deb hisoblagan Kautiliya yashash makonlarining chegaralari darѐlar ѐki tog'lar, o'rmon, butalar, jarlar, ko'tarmalar bilan ihota etilishi darkor, deb ѐzgan edi. Uning fikricha, bu istehkomlar ѐ tabiiy bo'lishi, ѐki yangidan barpo qilinishi lozim. Kautiliyaning mulohazalari, garchi, umuman, qadimgi hindlarning diniy-idealistik qarashlariga suyangan bo'lsa-da, geosiѐsiy va geostrategik masalalar, tabiat va uning strategik imkoniyatlari, geografik makon omillari va hokazolarga oid tushunchalari real geografik va tabiiy geosiѐsiy ma'lumotlarga asoslangan edi. 3. Arab dunѐsining qadimgi geosiѐsiy konsepsiyalari Geosiѐsiy adabiѐtlarida Evroosiѐ qit'asining janubi-g'arbiy qismida joylashgan hamda Evropa, Markaziy va Janubiy Osiѐ, Shimoliy Afrika o'rtasida oraliq mavqeni egallagan va taxminan 3 mln. kv.km.ni qamrab olgan Arabiston yarim oroli qadimgi arab dunѐsining geosiѐsiy makoni sifatida taqdim etiladi. Arab dunѐsining erlari shimoli-g'arbda O’rtaer dengizi, janubi-g'arbda Qizil dengiz, janubi-sharqda Arab dengizi, shimoli-sharqda Fors ko'rfazi sohillariga tutashib ketadi. Bu hududlarning tabiiy sharoiti quruq va issiq bo'lib, hududning ko'p qismi sahrodan iborat. M.o. I asrdaѐq Arabiston yarim orolining janubida rivojlangan sug'orish tizimiga asoslangan dehqonchilik madaniyati yuzaga kelgan. Yarim orolning boshqa qismlarida chorvadorlik bilan shug'ullanadigan ko'chmanchi badaviylar yashagan. Darѐ va dengiz sohillarida istiqomat qilgan o'troq arablar ko'proq hunarmandchilik va savdo-sotiq bilar shug'ullanganlar. Miloddan keyingi VII asr boshlarida Arabiston dunѐsidagi geosiѐsiy munosabatlarni bu hududlar va savdo yo'llaridan keladigan daromad ustida Vizantiya, Eron va Efiopiya o'rtasida borgan kurash belgilab bergan. O’sha davrda bu hududlarda yakkaxudolik – yahudo va xristian dinlari allaqachon rivoj topgan, lekin hali islom dini maydonga chiqmagan edi. 570-632 yillarda yangi din – islomni qaror toptirish borasida Muhammad payg'ambar tomonidan boshlab berilgan harakat arab dunѐsini birlashtirishga olib keldi va bu mintaqaning keyingi geosiѐsiy tuzilmasida katta roli o'ynadi. Aholining ommaviy ravishda islom dinini qabul qilishi geosiѐsiy ma'noda etnik va diniy jihatdan birlashgan arablarning yagona davlat – Xaliflikni barpo etishlariga sabab bo'ldi. Maydonga kelgan vaqtidan boshlab Xalifalik mazkur hududda yangi geosiѐsiy reallikka aylanib, o'z ta'siri va islom dinini faqat Arabiston yarim oroligagina emas, balki Osiѐ, Afrika va Evropaning keng hududiga ѐyishga intildi. Muhammad payg'ambar bu davrda mintaqaning barcha geosiѐsiy sub'ektlari va aktorlariga: Vizantiya imperatori Irakliyga, Eron shohi Xusrav II, Habashiston negusiga, Vizantiyaning arab vassali Hasanidga, Misr namoyandasi Georgiyga, provoslav diniga e'tiqod etuvchi Ummon, Yaman, Bahrayn hukmdorlariga, monofizitlar, otashparastlar va boshqa toifalarga mashhur diniy murojaatini yo'llab, ularni islomga kirishga chaqirdi. Shu davrdan boshlab islom faqat Arabiston yarim oroligina emas, balki butun dunѐga ѐyilib, dunѐ diniga aylanadi. Muhammad payg'ambar 632 yilda to'satdan vafot etsa-da, Xalifalikning harbiy-diniy ekspansiyasi to'xtab qolgani yo'q. Xalifalikning keyingi hukmdorlari ishg'ol etgan va islom dinini joriy etgan barcha o'lkalarda uzoq muddatga o'rnashib olib, arab madaniyati va tilini ѐydilar. Mazkur vaqtdan boshlab bashariyat tarixida Islom geosiѐsiy konsepsiyasi paydo bo'ldi. Bu esa insoniyatning keyingi geosiѐsiy tuzilishi va rivojiga jiddiy ta'sir o'tkazdi. Xalifalikning islom dinini ѐyish va rivojlantirish konsepsiyasiga ko'ra, dunѐ uch qismga bo'linar edi: Birinchi – markaziy deb nomlangan qism islomni qabul qilgan mamlakatlardan iborat bo'lib, ular Xalifalikning musulmon hukmdorlari tomonidan idora qilinardi. Islom dinining barcha boshqaruv markazlari va Xalifalik rejimi tuzilmalari (joylardagi noiblarni istisno etganda) ayni shu erda joylashgan edi. Ikkinchi qismga kelishuv yo'li bilan Xalifalikka tobe bo'lgan mamlakatlar kirgan. Bu mamlakatlarning nomusulmon aholisi islom himoyasi ostida bo'lgan va buning uchun Xalifalikka maxsus haq (jizya) to'lagan. Bugungi til bilan aytadigan bo'lsak, bu hududlar Xalifalikning yarim mustamlakasi bo'lgan. Uchinchi qism urush sohasi deb hisoblangan. Bu mamlakatlar va xalqlar islomni qabul qilmagan, Xalifalikka shartnoma asosida tobe ham bo'lmagan, binobarin, u bilan urush holatida bo'lgan. Xalifalik ularni yarim mustamlakaga aylantirish uchun doimiy ravishda kurash olib borgan. Ko'rinyaptiki, mazkur davrda Xalifalik islomni ѐyish vositasida, so'zning tom ma'nosida, dunѐ siѐsatini yuritgan. Bu siѐsatning maqsadi “muqaddas dini va kitobi bo'lmagan” barcha xalqlarni islomga kiritishdan, “dini va kitobi” bo'lganlarni bo'lsa, Xalifalikning nazorati ostiga olishdan iborat bo'lgan. Bu geosiѐsat Xalifalik deb atalgan davlat tuzilmasi orqali amalga oshirilgan. Xalifalik arab millatini, islom dinini va musulmonlarning diniy markazi bo'lgan Makkani bu dunѐning markaziga qo'ygan. Xalifalik bu shaharni bo'lg'usi islom dunѐsininggina emas, balki ayni chog'da butun jahon imperiyasining poytaxti deb bilardi. Xalifalikning geosiѐsiy g'oyalari o'sha davr musulmon mutafakkirlarining asarlarida ifodalab berilgan. Ular orasida Forobiy va Ibn Xaldunning alohida o'rni bor. Atoqli qomusiy olim, siѐsiy mutafakkir Abu Nosir ibn Muhammad Forobiy (870-950) o'z davrining porloq yulduzlaridan, qadimgi Bag'dod universitetining tashkilotchilaridan biri bo'lib, tabiiy, ijtimoiy, siѐsiy fanlarni chuqur o'rgangan va dono faylasuf sifatida dovruq qozongan. Qoldirgan teran hikmatli asarlari tufayli u islom olamida “Ikkinchi muallim” (ya'ni ikkinchi Aristoteli) nomiga sazovor bo'lgan. Uning siѐsiy g'oyalari oshkora geosiѐsiy tafakkur tusiga ega bo'lgan. Forobiy, xuddi Aristoteli singari, siѐsiy va ijtimoiy haѐtda ro'y bergan hodisa va jaraѐnlarni tabiat va tabiiy sabablarga bog'liq holda tushuntirgan, siѐsat va geografiyani o'zaro chambarchas bog'liq deb bilgan. Chunonchi, uning tasavvuriga ko'ra, insoniyat jamiyati – ko'pdan-ko'p, turli-tuman kishilarning o'z yashash joyida, yagona makonda birlashuvidan, ijtimoiy qadriyatlar va turmush normalari shakllanishiga geografik va ijtimoiy omillarning birgalikda ta'sir o'tkazish jaraѐnidan iborat1 . Ayni chog'da Forobiy inson jamiyatlarini tili, dini va xulq- atvor normalariga ko'ra, ayri-ayri xalqlarga bo'lgan. Bu farqlarni u uchta tabiiy omil: ma'naviyat, tabiiy xarakter va individual xarakteri bilan namoѐn bo'luvchi inson omili asosida baholagan. Bundan tashqari, u tilni va tafakkur tarzini ham xalqlarning farqli sifat ko'rsatkichlari sifatida ko'rsatgan. Shunday qilib, Forobiy insonlarning ongi, ma'naviyati, xarakteri va dini shakllanishidagi farqlarni geografik muhit va etnogenez jaraѐnlaridagi tafovutlar bilan izohlagan. Forobiy o'z asarlarida davlatlarning vujudga kelishidagi siѐsiy va geosiѐsiy jihatlarini ochib bergan. U davlatlarni uchta: buyuk, o'rta va kichik davlatlarga bo'lgan. O’z tarkibida ko'p xalqlarni birlashtirgan va ularni oliy maqsadlarga yo'naltirgan, tinchlik va farovonlikda yashagan davlatlarni u Buyuk davlatlar qatoriga kiritgan. Bir xalqni birlashtirgan mamlakatlarni u o'rta, faqat bir shaharni boshqarganlarni bo'lsa kichik davlatlar sirasiga oid deb bilgan. Ko'ryapmizki, uning geosiѐsiy davlat tushunchasi yuz yillardan so'ngra Evropada maydonga kelgan imperiyalar, oddiy davlatlar va polis deb atalgan shahar- davlatlar tizimiga to'la mosdir. Forobiy hukmronlik, muxtoriyat va qaramlik shaklidagi uchta davlat boshqaruvini va shunga muvofiq ravishda davlat boshqaruvining uchta sifatini ajratib ko'rsatgan. Forobiyning ta'limotiga ko'ra, xuddi Aristoteli aytganiday, davlat boshqaruvi tizimida “kollektiv shahar boshqaruvi” eng mukammal shakldir. Arab mutafakkkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zaydning (1332-1406) asarlarida ham geosiѐsiy tushuncha namunalarini uchratishimiz mumkin. Uning ko'pdan-ko'p geosiѐsiy g'oyalar baѐn etilgan “Arablar, forslar, berberlar va ularning katta miqѐsdagi hokimiyatni qo'lga kiritgan zamondoshlari haqida ma'lumotlar va ibratli nasihatlar kitobi ѐki Katta tarix”i asarini (1367), shuningdek “Muqaddima” nomli qomusini alohida qayd etish lozim. Ibn Xaldun har ikkala asarida arablar, forslar va berbarlar yashagan erlarning geografiyasi, iqlimi, aholining erlashish tamoyillari, etnik, ijtimoiy va madaniy farqlari tarixi va madaniyati to'g'risida ko'pdan-ko'p ma'lumotlar bergan. U aholining erlashishi bilan bog'liq geografik nazariyaning ko'pgina elementlarini asoslab bergan. Bu nazariya necha yuz yillardan so'ng V.P.Semѐnov Tyani-Shanskiy tomonidan o'rtaga tashlangan. Muallifning aytishicha, kishilar dunѐni o'zlashtirish jaraѐnida birgalikda oziq-ovqat topish va bosqinchilardan himoyalanish uchun bu hududlarda yashagan boshqa kishilar va xalqlar bilan hamkorlik qiladilar. U bu jaraѐnni doimiy, insonlarning dunѐni o'zlashtirishda birlashishi va bir-biriga o'zaro ѐrdam qilishini abadiy va takomillashib boradigan jaraѐn deb hisoblaydi, insoniyatning oddiylikdan murakkablikka, sivilizasiyaga qadar bo'lgan taraqqiѐti o'troqlashish va hamkorlik yo'lidan o'tishini, kelajakdagi muvaffaqiyatlar mana shu yo'lga bog'liq ekanini ta'kidlaydi. Garchi Ibn Xaldunning tamaddunlar nazariyasi qadimgi qarindosh-urug'chilik munosabatlari ( u bunday birlashuvni “asabiyya” deb atagan) negiziga asoslangan bo'lsa-da, muallif boshqa yaqinlik aloqalarini istisno etmagan. U kishilar jamiyatda dastlab qarindoshlik asosida birlashadilar, so'ngra boshqa kishilarni ham bu jamiyatga tortib, konkret maqsadlar yo'lida birlashadilar, deb hisoblagan. U insonlarning birlashuvining asosiy sabablari orasida mudofaa va yashash uchun jipslashishning ahamiyati ustun ekanini ko'rsatar ekan, insonlarning bunday birlashuvi pirovardida yagona davlat barpo etish bilan poѐniga etadi, deb qayd qiladi. Bunday davlat o'z tarkibida turli-tuman ijtimoiy guruh va xalqlar mavjud bo'lishini istisno qilmagan. Ibn Xaldun yuqorida qayd qilingan tinch yo'l bilan birlashuv – Asabiyyani davlat barpo etishning eng yaxshi yo'li deb hisoblagan. Lekin davlatlar Asabiyyasiz ham bunѐd etilishi mumkin. Bu istilo yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, hokimiyatga kelgan qaysidir bir toifa istilo yo'li bilan boshqa qabilalarni o'ziga bo'ysundiradi. U hatto bunga misollar ham keltirgan. Masalan, Xalifalikning islomni boshqa xalqlar orasiga zo'rlik yo'li bilan ѐyishini u Asabiyyaning buzilishi, o'zga etnoslarning yagona etnomarkaz tuzilmada birlashtirilishi tarzida tasavvur qilgan. U, shuningdek, turli etnoslarni zo'rlik yo'li bilan bir davlat tarkibiga qo'shib olgan eronliklar, saljuqiy turklarga oid misollarni ham keltirgan 4. Qadimgi yunon va rimliklarning geosiѐsiy ta'limotlari Tarix adabiѐtlarida antik Yunoniston va Rim, ularga xos tamaddunlar qadimgi G'arb geosiѐsiy an'analarining va tafakkurining beshigi deb hisoblanadi. Yunon olimlari: miletlik Fales (m.o. 625-547) va Anaksimandr, tarixchi Gerodot va Fukidid, faylasuf Platon va Aristoteli, qadimgi Rim notig'i va strategi Mark Siseron, geograf Strabonning asarlari Evropa qit'asida qadimgi dunѐning geosiѐsiy manbalari sirasiga kiritilgan. Bu olimlarning asarlarida geografiya, harbiy strategiyaga oid materiallar va ma'lumotlar, geosiѐsiy fikrlar baѐn etilgan2 . Anaksimandr (m.o. 610-547 yillar) ilk bora jahonning va Evropaning keng miqѐsli xaritasini tuzib, qit'aning bo'lg'usi davlat xodimlari va geostrateglariga g'oyat muhim xizmat qildi. U dunѐning markaziga Yunonistonni qo'yib, Evropa va Osiѐning ko'pgina hududlarini qadimiy yunon maskanlari kabi uning atrofida aks ettirgan. Bu xarita doira shaklida va okeanlar bilan o'rab olingan holatda chizilgan. Tarix, geografiya va etnografiya sohasida taniqli olim bo'lgan qadimgi yunon olimi Gerodot (m.o. 484-425 yillar) alohida geosiѐsiy meros qoldirgan. Gerodot 10 yildan ko'proq umrini saѐhatga bag'ishlab, Misr, Liviya, Bobil, Eron, Kichik Osiѐ, Qora dengiz bo'g'ozlari, Janubiy Kavkaz, Ozarbayjon, Janubiy Italiya, O’rtaer dengizi va boshqa muhim geostrategik hududlarni o'rgandi, okeanlar, dengizlar, darѐlar, bu hududlardagi xalqlar va davlatlar to'g'risida boy material to'pladi. Hozirgi geosiѐsiy tadqiqotchilarning fikricha, ayni Gerodotdan boshlab qadimgi dunѐning olimlari atrofdagi olam, insonlar, davlatlar va geografik hududlarga geosiѐsiy ѐndasha boshlaganlar. Gerodotning “Hodisalarning sharhi” asarida tarixiy, siѐsiy, harbiy-strategik, mifologik, etnografik va geografik olam haqida etarlicha geosiѐsiy material to'plangan. Uning “Tarix” kitobida tarixiy hodisalar geografik nuqtai nazardan, geografik makonlar bo'lsa tarixiy nuqtai nazardan baѐn etilgan. “Geografiya – tarixning ifodachisidir” degan mashhur ibora ham ayni Gerodotga tegishlidir. Gerodotning tarix xaritasi o'sha vaqtdagi to'rtta yirik xalq – kolxidaliklar, saspirlar, midiyaliklar va eronliklar erlashgan hududlar va davlatlarning chegaralarini ko'rsatish asosida chizilgan. Gerodot bu xalqlarni Shimoliy dengizlar va Hind okeani sohillarida yashaydi, deb tasvirlagan. Gerodot o'z asarlarida varvar xalqlarning turmushi va an'analari, Ellada tarixi, xalqlarga rahbarlik qilgan ayrim davlat arboblarining siѐsati, qabilalar, polislarning hududlari, Evropa, Osiѐ va Afrikadagi katta va mintaqaviy davlatlar, boshqa hududlarning geografik-siѐsiy va kontinental erlari to'g'risida ma'lumotlar bergan. Yunon tarixchisi Fukidid (m.o. 460-396 yillar) o'zining “Tarix” kitobida peloponnesliklarning afinaliklar bilan urushini tasvirlab, ko'pgina geosiѐsiy fikrlarni o'rtaga tashlagan. Gap shundaki, Afina bilan Sparta o'rtasida uzoq davom etgan urush Elladaga hukmron bo'lish uchun raqobat xarakteriga ega bo'lgan. Fukidid bu mintaqaning geostrategik tarixi, geografiyasi va demografiyasining bir butun manzarasini chizishga harakat qilgan. Uning asarlarida ijtimoiy tuzilma va davlat boshqaruvi, demokratiya va oligarxiya, mashg'ulotlarning turli turlari va hokazolarni realistik tahlil etish asosida tarixda birinchi marta pragmatik ѐndashuv namunasi namoyish etildi. Fukidid, shuningdek, qadimgi yunon tarixchilari orasida birinchi bo'lib tarixiy jarѐnni tashqi siѐsiy va harbiy faoliyat sifatida tadqiq qildi. O’z asarlarida u kuch omilini davlatlararo munosabatlarda asosiy va xarakterli belgi deb baholadi. Ayni chog'da u tarixda birinchi bo'lib dengiz bilan quruqlik orasida qarama-qarshilik mavjudligini aks ettirdi. Fukidid urush davlatning normal vaziyati va inson tabiatida bo'lgani singari, yanada kattaroq makonlarni qo'lga kiritish, o'z hududini kengaytirishga intilish davlat tabiatiga xos xususiyatdir, deb hisobladi. Shuning uchun ham jahonda vaziyat hech qachon barqaror bo'lmaydi, u ѐki bu davlat kuchaygach, mavjud holatni va jahon tuzilmasini kuch bilan o'zgartirishga harakat qiladi. Qadimgi yunon faylasufi Platon (m.o. 428-348 yillar) va Aristoteli (m.o. 384-322 yillar) asarlarida ham geosiѐsiy g'oyalar o'z aksini topgan. Har ikkala muallif insoniyat taraqqiѐtida tabiiy omillarning rolini, insoniyat jamiyatiga tabiat, iqlim va geografik muhitning ta'sirini geografik determinizm pozisiyasidan tushuntirib bergan. Aristoteli xalqlarning geografik joylashuvi ularning intellektual va axloqiy xususiyatlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi, deb hisoblagan. U sovuq iqlimli mamlakatlar, xususan Evropada yashaydigan qabilalar jasoratli, lekin hunar o'rganishga kelganda ularning aql-idrok va qobiliyati yo'q, shuning uchun ular o'z ozodligini uzoq saqlab qola oladilar, ammo davlat haѐtiga noqobil bo'lib, o'z qo'shnilari ustidan hukmronlik qila olmaydilar, deb ѐzgan. Osiѐda yashaydigan xalqlar ma'naviy tomondan aql-idrokli va hunar o'rganishga qobiliyati jihatidan ajralib turadilar, lekin ularga jasorat etishmaydi, shuning uchun ular o'zgalarga bo'ysunib, qullik holida bo'ladilar. Ellin qavmi bo'lsa, oraliq o'rinda turib, har ikkali xususiyatga: mardona xarakterga va aqliy qobiliyatga egadir. Aristoteli barchaning ustidan hukmronlik qilish, eng yaxshi davlat tuzilmasiga ega bo'lish qobiliyatini faqat yunonlarga xos deb bilgan. Aristotelning davlat sistemasida barcha narsa tashqi omillar, tabiiy borliqning ta'siri ostida shakllanadi va taraqqiy etadi. Uning tabiat va davlat konsepsiyasi, ayni chog'da, aholi soni va kayfiyati, davlat erlarining o'lchamlari va butunlay davlatning harbiy kuchiga bog'liqdir. U mazkur omillar bo'lmagan taqdirda namunaviy davlatni barpo etish mumkin emas, deb hisoblar edi. Aholi soni va uning sifat ko'rsatkichlari borasida so'z yuritar va davlat aholisini ozod kishilar, qaram (meteklar) va qullarga bo'lar ekan, Aristoteli ozod kishilari ko'p bo'lgan davlatgina kuchli bo'lishi mumkinligi fikrini ilgari surgan. Uning so'zlariga ko'ra, tijorat, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullangan va asosan shaharlarda yashagan kishilar ozod kishilardir. A yni chog'da Aristoteli davlat hududi, chegaralarining xavfsizligi dengizlar, darѐlar va boshqa tabiiy omillarga bog'liqekanini boshqalardan avval aytgan. U o'zining “Siѐsat” kitobida Kit orolining geosiѐsiy vaziyati xususiyatlari borasida ma'lumot berar ekan, “Krit oroli bamisoli Yunoniston ustidan hukmronlik qilishga mo'ljallanganga o'xshaydi, uning geografik holati ham go'zal: u dengiz bilan o'rab olingan, tevarak-atrofida yunonlarning qasabalari bor, u bir tomondan Pelopennes, boshqa tomondan Osiѐdan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashgan...”1 Ko'rinyaptiki, Aristotelning iqlim, atrof muhit va geografik joylashuvning davlat taraqqiѐtidagi roli va hokazolar bilan bog'liq masalalar haqidagi g'oyalari keyingi asrlarda kontinental Evropaning geosiѐsiy va geostrategik konsepsiyalari uchun chinakam manba rolini o'ynadi. Aristotelning mashhur “Tabiiy-geografik muhit” nazariyasini Aleksandr Makedonskiy (m.o. 356-323 yillar) amalga oshirishga harakat qildi. Yunoniston sarhadlaridan juda uzoqlarda istilo siѐsatini amalga oshirgan Aleksandr g'alabalarining ko'pini ayni yunon sayѐhlari va geograf olimlarining faktlari, mulohazalari va boshqa ko'rsatmalari asosida amalga oshira olgan. Panellinizm geosiѐsiy g'oyasini amalga oshirishga intilgan Aleksandr barcha yunonlarni birlashtirib, atrofdagi “varvar qabilalar”ga qarshi yagona geostrategik kuch sifatida o'rtaga chiqdi va Osiѐning katta hududida uzoq muddatga o'z hukmronligini o'rnata oldi2 Turli xalqlar va mamlakatlarni yagona makonda birlashtirish g'oyasini amalga oshirgan geostrategik markazlardan biri Qadimgi Rim imperiyasi bo'ldi. Rimliklar “egasi bo'lmagan erlar uni birinchi bo'lib qo'lga kiritgan kishinikidir” degan falsafaga asoslanib, bu hududlarda yashagan aholining etnik, ijtimoiy va boshqa mansubligiga qaramay, ularni bosib olib, Rim imperiyasi hokimiyati ostiga oldilar. Siѐsat va jamoat arbobi, huquqshunos va notiq Mark Tulliy Siseron (m.o. 106-43 yillar) Rim imperiyasining geosiѐsiy g'oyalarini aks ettirdi. U o'zining ko'pgina siѐsiy nutqlari va asarlarida jahon siѐsati, geostrategiya va boshqa muammolarga oid masalalarni tushunishga ko'pgina yangiliklar kiritdi. Siseron davlatning umri uzoq bo'lishi va uzoq hukmronlik qilishi uchun barcha tarixiy, geografik, siѐsiy, strategik masalalarni e'tiborga olish lozim, deb hisoblar edi. Shahar ѐki davlatga asos solishda uning joylashuv o'rni, atrofidagi tabiiy-geografik sharoit, davlatni boshqarish bilan bog'liq qonunlar, xulq-atvor normalari va boshqa ichki masalalarga jiddiy e'tibor berilishi lozim
Qadimgi Rim strategi, geograf olim Strabon (m.o. 64/63- m.k. 23/24 yillar) “Geografiya” nomli asarida o'z davrining geografik va siѐsiy holatini ѐritib, ko'pgina geosiѐsiy fikrlarni o'rtaga tashlagan. “Geografiya” asarida davlat maqsadlari yo'lida geografiya va geografik makondan foydalanish, kishilarning quruqlik va dengiz vositalaridan foydalanishi, tabiiy sharoit bilan insonlarning mavjud ahvoli o'rtasidagi bog'liqlik singari masalalar o'z aksini topgan. Strabon o'z asarini Rim siѐsatchilari, hukmdorlari va harbiylariga mo'ljallangani uchun kitobda Rim imperiyasi atrofidagi barcha erlar haqida ko'pdan-ko'p materiallar joy olgan. Hatto, Strabonning zamondoshlari bu kitobni jahonni boshqarishda dasturilamal deyishgan. Strabon, zamondoshlari kabi, xalqlar madaniyatining ahvolini geografik omillar bilan tushuntirishga harakat qilgan. Masalan, u Qadimgi Rimning kuchi va buyukligini uning alohida geografik holati, Appenin yarim orolida joylashuvi, atrofdagi geografik va tabiiy muhitning ustunliklari bilan izohlagan2 5. O’rta asrlar va Yangi davrda Evropada asosiy geosiѐsiy ta'limotlar va nazariyalar Ba'zi tadqiqotchilar klassik geosiѐsat manbalari faqat Yangi davrdagi Evropa mutafakkirlari, sayѐhlari, harbiy strateglari va boshqa ilg'or kishilari asarlarida o'z aksini topgan, deb da'vo qiladilar. Qilingan umumlashmalar natijasida aytish mumkinki, Evropada geosiѐsiy va xalqaro munosabatlar sohasidagi u davrning barcha tadqiqotlarini ikkita asosiy guruhga – idealistik va realistik nazariyalarga ajratish mumkin. Qadimgi davrlardan to hozirgi vaqtga qadar barcha makon va geografik omillarning xalqaro munosabatlarga tatbiqi va uning mohiyatining tadqiqi faqat mana shu ikkita ѐndashuv doirasida olib borilgan va muayyan natijalarga kelingan. U davr adabiѐti va geosiѐsiy tafakkurida mavjud bo'lgan realistik va idealistik jaraѐnlarining hammasi, jamiyat va davlatning kelib chiqishining tahlili, insoniyat taraqqiѐtining bosqichlari va umuman, tarixiy jaraѐn uchta – geografik determinizm, harbiy-strategik va mulkiy ѐndashuv geosiѐsiy nazariya doirasida tahlil etilgan. R.T.Muxaevning fikricha, o'rta asrlarda (V-XV asrlar) Evropa geosiѐsatga taalluqli barcha tadqiqotlar asosan idealistik xarakterga ega bo'lgan. Makon, geografiya va inson o'rtasidagi aloqalarning mohiyatini xristian diniy markazlar “parvardigor tomonidan o'rnatilgan tartibot, unga real kishilarning aralashuvi gunoh, faqat Buyuk Yaratgan tomonidan tanlangan kishilargina bu ishga aralasha oladilar” deb uqtirardilar. Cherkov va uning nazariyachilari aqidalariga asoslangan bu ta'limotlarga ko'ra, butun Er kurrasi va insonlar taqdiri, geosiѐsiy tuzilmalar va dunѐ tartiboti, mohiyat e'tibori bilan, Xudo tomonidan avvaldan tayin etib berilgan. Xristian siѐsiy nazariyalarining asosiy yaratuvchilaridan biri hisoblanadigan Avreliy Avgustin (354- 430) jahon tartiboti va Xudoning irodasi bilan bog'liq mulohazalarida mazkur idealistik nazariyani asoslashga harakat qilgan Evropada V asr oxirlaridan geosiѐsiy g'oyalar paydo bo'la boshladi va keng tarqaldi. Bu jaraѐn G'arbiy Rim imperiyasining tanazzuli sharoitida imperiya viloyatlarida markazdan qochish istaklari kuchaygan va milliy zaminda yangi-yangi hokimiyat markazlari vujudga kelgan vaqtga to'g'ri keldi. 1096-1270 yillar orasida xristianlarning musulmon xalqlarga va islom diniga qarshi amalga oshirgan salb yurishlari Evropada geosiѐsiy fikr taraqqiysiga eng kuchli turtki bergan hodisalardan biri bo'ldi. Bu yurishlar natijasida va Buyuk geografik kashfiѐtlar davrida evropaliklarning jahoniy geografik va geosiѐsiy dunѐqarashi yangi-yangi ma'lumotlar, bilim bilan boyidi, dengiz va quruqliklarning xaritalari chizildi. Bu esa keyingi geosiѐsiy tadqiqotlarga va hodisalarga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Yangi-yangi erlar, okean, dengiz, darѐ sohillari, xalqlar, jamiyatlar va davlatlar, erlarning strategik, moddiy va tijoriy xarakteristikasi bilan tanishuv va hokazolar Evropada geosiѐsat arboblarining tafakukurida inqilobiy o'zgarish yasadi,ularni davlatlarning paydo bo'lishi, xavfsizligi va rivojida geografik makonlar, hudud omili naqadar muhim ahamiyat kasb etishi to'g'risidagi xulosaga olib keldi. Bundan tashqari Buyuk geografik kashfiѐtlarning o'rta asrlarda Evropada keng tarqalishi va mustamlakachilikning qitia davlatlarining rasmiy siѐsatiga aylanishi geografik determinizm g'oyalarining rivojiga yangi turtki bo'ldi va uning Evropa va jahonda amaliy tatbiqini jadallashtirdi. XVI asrdan boshlab Evropada kapitalizmning rivojlanishi, burjuaziya zumrasining shakllanishi va mustamlakachilik harakatining boshlanishi geosiѐsiy realliklarni idrok etish va realistik tahlil etishning yangi markazlari paydo bo'lishiga olib keldi.
Tadqiqotchilarning fikricha, XV asrda Vizantiya imperiyasining qulashi va markazlashgan milliy davlat barpo etish harakatlarining boshlanishi Evropada geosiѐsiy tushunchalarning rivojiga kuchli turtki bergan hodisa bo'ldi. Bu hodisa, bir tomondan, Evropada qirollik hokimiyatining oѐq- qo'lini bo'shatib, yangi mustamlakalar uchun kurashga ruhlantirdi, boshqa tomondan, o'z davrining ilg'or strategik va geosiѐsiy tafakkur namoyandalarini muhim geostrategik hududlarni o'rganishga, davlat darajasida safarlar qilib, muhim geostrategik hududlarni o'rganishga, harbiy-strategik, ishg'ol etish, aholini joylashtirishga oid, geografik, topografik rejalar, ma'lumotnoma va hokazo kitoblarni tayѐrlashga otlantirdi. Turklarning Vizantiya imperatorini va pravoslav patriarxini Konstantinopoldan Rimga haydab yuborishi esa Evropa geosiѐsatchilarining nazariy manbashunoslik bazasiga juda jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Uzoq muddat Vizantiya cherkovlarining chang bosgan xonalarida saqlangan qadimgi davr asarlari, qo'lѐzmalari Evropaga keltirilgach, nashr etilib, bilimdon kitobxonlar ixtiѐriga berildi. Qadimgi mualliflarning geosiѐsiy va geostrategik g'oyalari bilan tanishgan xristian Evropasi tadqiqotchilari yangi-yangi tadqiqotlarga kirishdilar. Bu jaraѐnlarning hammasi, pirovardida, dunѐning geosiѐsiy tuzilishi va jahon tartiboti haqida o'tmishda hukmron bo'lgan diniy-idealistik qarashlarning realistik nazariyalar bilan asta- sekin almashinuviga turtki berdi. XVIII asrdan boshlab Evropa mutafakkirlarining inson va uning ilmiy tafakkuri bilan bog'liq tashabbuslari, turli ilmiy tajribalari bu sohada chinakam sakrashga sabab bo'ldi. Tarixiy adabiѐtda Aristoteli tomonidan ilgari surilgan geografik determinizm nazariyasi eng qadimgi geosiѐsiy nazariya deb hisoblanadi. Geosiѐsat va geosiѐsiy jaraѐnlarni bilishda bu nazariyani eng qadimgi namuna deb hisoblasa bo'ladi. Geosiѐsiy muhit (iqlim, darѐlar, dengizlar va h.k.lar)ning tarixga ta'siri to'g'risidagi g'oyani qadimgi mutafakkirlar - Gerodot, Gippokrat, Fukidid, Polibiy va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. Yangi davrda Evropada fransuz olimi Jan Boden (1530-1596) “Davlat haqida olti kitob” asarida (1577 y.) bu nazariyaga birinchi bo'lib murojaat qildi. Uning bu asari evropaliklarda geografik determinizm masalasiga yana qiziqish uyg'otdi. Boden siѐsiy va davlat tuzilishidagi tafovutlar va farqlarni uchta: Parvardigorning irodasi, insonning omadi va tabiat ta'siri sabablari bilan izohladi. Muallif tabiatning ta'sir kuchida birinchi navbatda geografik shartlarga, barcha geografik omillar orasida bo'lsa, iqlimga asosiy ahamiyat bergan. J.Boden Er kurrasini uch: issiq-ekvatorial, sovuq-qutbiy va o'rta-mo''tadil qismga bo'lgan. Qadimgi yunon mutafakkiri Polibiydan keyin u xalqlarnng xarakteri birinchi navbatda iqlim shartlari va yashash joyiga bog'liq, deb tasdiqladi. Mutafakkir shimolda kuchliroq va jangari, janubda qobiliyatliroq kishilar yashaydi, deb ѐzgan edi. Geografik determinizm g'oyalari XVIII-XIX asrlarda yanada kengroq ѐyildi. Fransuz ma'rifatparvari, faylasuf Sharli Monteskie (1689-1755) “Qonunlarning tabiati haqida” asarida (1748 yil) Bodendan keyin davlatlarning qonuniy tuzilmasidagi tafovutning asosiy sababini iqlim xususiyatlari bilan bog'lagan edi. U sovuq iqlimda yashovchi kishilar mo''tadil iqlimda yashaydiganlarga nisbatan axloqliroq, chunki mo''tadil iqlimning o'ziga xos xususiyatlari ularga ta'sir o'tkazadi va ularning xulq- atvori o'zgaruvchan bo'lishiga sabab bo'ladi, deb da'vo qilgan. Monteskiening fikricha, issiq iqlim kishilarning xarakterini zaiflashtiradi, bu esa issiq mamlakatlarda qulchilikning rivojlanishiga olib kelgan. Evropa geosiѐsatida ayni Monteskie birinchi bo'lib davlat tuzilishi, boshqaruv shakllarini tabiiy-geografik omil bilan bog'lab tushuntirgan, iqlimning davlat va jamiyat haѐtiga ta'sirini ochib bergan1 Yangi davr fransuz maktabida Monteskiedan tashqari Jan Batist Dyubo (1670-1742), Ippolit Adolif Ten (1828-1893) va sosiolog Edmon Demolen (1852-1907) ham mahalliy sharoit, iqlim va tabiiy muhitning kishilar, xalqlar va jamiyatga ta'siri masalasini o'rgangan. Ular ham xalqning madaniy rivojida mamlakat iqlimi asosiy omildir, degan fikrga asoslanganlar. Biroq, ayni chog'da, ular ijtimoiy tuzilmada geografik va iqlim omillari bilan bir qatorda xalqning irqiy mansubligi, tiynati va urf-odatlari ham muhim roli o'ynaydi, deb hisoblaganlar. Mazkur davrda nemis olimlari I.Kant, G.F.Hegeli, A.Humbolid va K.Ritterlar ham geografik determinizm nazariyasini qabul qilgan. Georg Fridrix Hegeli (1770-1831) “Tarix falsafasi” asarida geografik determinizm nazariyasiga murojaat qilgan va xalqlar haѐtida geografik omilning roli borasida keng ma'lumot bergan. Uning tarix falsafasi haqidagi ma'ruzalar kursida “Jahon tarixining geografik asoslari” nomli alohida bo'lim bor. Bu bo'limda u mamlakatlarning “jahon tarixiy harakatiga oid bo'lmagan” tabiiy xususiyatlarini geografik omillar bilan asoslagan. Muallifga ko'ra, issiq ѐki haddan tashqari sovuq iqlim bunday harakatning sababidir2 Qomusiy bilim egasi bo'lgan Hegeli geografik determinizmni birinchi bo'lib irqchilik bilan bog'lagan. Uning fikricha, faqat G'arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh aholisigina tarixiy taraqqiѐt tarqatuvchilardir. Boshqa mintaqalar va jahonning o'zga qismlarining xalqlari, shu jumladan ruslarni u evropaliklardan quyida turadi, deb hisoblagan. Meksika va Peruning tubjoy aholisining ispanlar tomonidan asorat qilinishining sababini Hegeli hindularning “barcha hollarda, hatto bo'yi jihatidan ham evropaliklardan quyi darajada ekanligi” bilan izohlagan. Hegeli Er kurrasida mavjud bo'lgan u ѐki bu ijtimoiy tuzumni uchta “geografik tafovut” kombinasiyasi bilan bog'liq deb bilgan. Uning fikricha, Er yuzi: - cho'l va tekislikliklardan iborat quruq yassitog'liklardan; - past tekisliklar, kechuv o'lkalari, sug'orma erlardan; bog'lab tushuntirgan, iqlimning davlat va jamiyat haѐtiga ta'sirini ochib bergan1 Yangi davr fransuz maktabida Monteskiedan tashqari Jan Batist Dyubo (1670-1742), Ippolit Adolif Ten (1828-1893) va sosiolog Edmon Demolen (1852-1907) ham mahalliy sharoit, iqlim va tabiiy muhitning kishilar, xalqlar va jamiyatga ta'siri masalasini o'rgangan. Ular ham xalqning madaniy rivojida mamlakat iqlimi asosiy omildir, degan fikrga asoslanganlar. Biroq, ayni chog'da, ular ijtimoiy tuzilmada geografik va iqlim omillari bilan bir qatorda xalqning irqiy mansubligi, tiynati va urf-odatlari ham muhim roli o'ynaydi, deb hisoblaganlar. Mazkur davrda nemis olimlari I.Kant, G.F.Hegeli, A.Humbolid va K.Ritterlar ham geografik determinizm nazariyasini qabul qilgan. Georg Fridrix Hegeli (1770-1831) “Tarix falsafasi” asarida geografik determinizm nazariyasiga murojaat qilgan va xalqlar haѐtida geografik omilning roli borasida keng ma'lumot bergan. Uning tarix falsafasi haqidagi ma'ruzalar kursida “Jahon tarixining geografik asoslari” nomli alohida bo'lim bor. Bu bo'limda u mamlakatlarning “jahon tarixiy harakatiga oid bo'lmagan” tabiiy xususiyatlarini geografik omillar bilan asoslagan. Muallifga ko'ra, issiq ѐki haddan tashqari sovuq iqlim bunday harakatning sababidir2 Qomusiy bilim egasi bo'lgan Hegeli geografik determinizmni birinchi bo'lib irqchilik bilan bog'lagan. Uning fikricha, faqat G'arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh aholisigina tarixiy taraqqiѐt tarqatuvchilardir. Boshqa mintaqalar va jahonning o'zga qismlarining xalqlari, shu jumladan ruslarni u evropaliklardan quyida turadi, deb hisoblagan. Meksika va Peruning tubjoy aholisining ispanlar tomonidan asorat qilinishining sababini Hegeli hindularning “barcha hollarda, hatto bo'yi jihatidan ham evropaliklardan quyi darajada ekanligi” bilan izohlagan. Hegeli Er kurrasida mavjud bo'lgan u ѐki bu ijtimoiy tuzumni uchta “geografik tafovut” kombinasiyasi bilan bog'liq deb bilgan. Uning fikricha, Er yuzi: - cho'l va tekislikliklardan iborat quruq yassitog'liklardan; - past tekisliklar, kechuv o'lkalari, sug'orma erlardan; shakllanishi va rivoji bevosita atrof muhitga bog'liq deb hisoblagan. Sayѐraning iqlimi, aholining joylashuvi, xalqlarning tarixi, ularning madaniyati, ijtimoiy ahvoli, demografik muammolar va hokazolar to'g'risida etarlicha ma'lumot to'plagan Ritter shu asosda o'z tadqiqotlarida qiѐsiy metodni qo'lladi. Insoniyat va tabiat tarixini qiѐsiy tahlil qilish asosida u Evropada birinchi bo'lib quruqlik va dengiz bo'yi davlatlarining doimiy qarama-qarshiligi nazariyasini ilgari surdi. Ritter Er sathini oralarida doimiy qarama-qarshilik mavjud bo'lgan quruqlik (kontinentali), suv (dengiz) va yarimdoiraga (sohil) bo'lib, jahonning yagona global makonining mintaqaviy harakati ierarxiyali sxemasini yaratdi. U kontinentali quruqlik makonni ikkita katta: “Yangi dunѐ” va “Eski dunѐ”ga ajratdi. Muallifning fikricha, “Eski dunѐ” Sharqdan G'arbga uzangan bo'lib, iqlimi “Yangi dunѐ”ga qaraganda bir xil. “Yangi dunѐ” Shimoldan Janubga uzanadi va iqlimi xilma-xilligi bilan farqlanadi. Ritter, shuningdek, “geografiya milliy shuurning komponenti sifatida” degan geosiѐsiy nazariyani ilgari surib, inson va atrof muhitning o'zaro bog'liqligini, jumladan nemislarning geografik ongi shakllanishining o'ziga xosligini izohlashda klassik geosiѐsatchilar orasida eng ko'zga ko'ringan siymolardan biri bo'ldi. Ritter har bir inson, xalq qadrdon tabiati, o'zi yashaydigan hududning farzandidir va uni qurshab olgan tabiiy landshaft bu insonning jismoniy ko'rinishi, xarakteri, milliy va ijtimoiy xulq-atvori, madaniyati, tili va ongida albatta o'z aksini topadi, deb hisoblagan. Ritter geosiѐsiy adabiѐtda birinchi bo'lib “geografik individuallik” tushunchasini qo'llagan va konkret makonlarni o'rganishga tatbiq etgan. Olimning aytishicha, har bir makonning tabiiy tashqi chegaralari va ichki o'zaro bog'liqligi mavjud. Uning “geografik individualligi”ni mana shu ikki omil belgilab beradi. Keyinchalik Evropa geosiѐsatida Ritterning bu tushunchasini “davlatlarning geografik individuallashtirilishi” nomli qonun sifatida taqdim etganlar ham bo'ldi1 Yangi davr Evropa geosiѐsiy manbashunosligida harbiy- strategik nazariya ikkinchi asosiy konsepsiya hisoblanadi. Tadqiqotchilar bu nazariyani geosiѐsatning ikkinchi asosiy qonuni va manbasi deya baholashadi. Evropa Uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri, italiyan faylasuf olimi Nikolo Makiavelli (1469-1527) siѐsiy adabiѐtlarda ko'proq realistik va pozitiv geosiѐsiy nazariya deb yuritiladigan harbiy-strategik konsepsiyaning asoschisi hisoblanadi. U “Davlat” nomli asarida xalqaro munosabatlar va davlatlararo aloqalarni pozitiv tushunish nazariyasini taklif qilgan, bu munosabatlar va aloqalarning real manzarasi va maqsadlarini shu asosda ѐritgan hamda davlatlarning milliy manfaatlarga asoslanadigan tashqi siѐsati kuch qo'llash yo'li bilan olib boriladi, degan xulosaga kelgan Makiavellining geosiѐsiy g'oyalari keyinchalik golland sarkardasi, geostrategi va olimi, Prussiya va Rossiya qo'shinlari tarkibida Napoleonga qarshi urushda ishtirok qilgan general Karl fon Klauzevisning (1780-1831) uch jildlik “Urush to'g'risida” nomli asarida rivojlantirildi. Boshqa-boshqa davrlarda yashagan bo'lishidan qat'iy nazar, bu olimlarni davlat boshqaruvi va davlatlararo aloqalarga “qat'iy ѐndashuv” pozisiyasi birlashtiradi. Harbiy-strategik nazariya tarafdorlarining fikriga ko'ra, davlat o'z manfaatlari va xavfsizligini harbiy kuch ishlatish ѐki majbur qilish yo'li bilan ta'minlashi mumkin. Ularning nuqtai nazaricha, har bir davlatning ichki boshqaruv va davlatlararo munosabatlarga oid muayyan normalari bo'lishi va ular davlat kuch- qudrati bilan muhofaza qilinmog'i lozim. Mazkur normalarning himoyasini ta'minlash bo'lsa, harbiy tahlikani tug'diradi3 Evropaning idealist geosiѐsiy nazariyachilari hisoblangan ba'zi ma'rifatparvar faylasuflar (jumladan I.Kant, Voliter, Monteskie va boshqalar) u davrda ayni “urush bilan qo'rqitish” nazariyasi tarafdori bo'lgan realist geosiѐsatchilarning “g'ayriinsoniy” qarashlarini qattiq tanqid qildilar va ularning bu pozisiyasiga “g'ayriaxloqiy” deya baho berdilar. Yangi davr faylasufi, nemis olimi Immanuil Kant (1724- 1804) IV – V asrlardagi diniy-idealistik ѐndashuvdan farqli o'laroq, xalqaro munosabatlar va geosiѐsiy aloqalarga idealistik ilmiy ѐndashuvni taklif qildi. U o'z asarlarida realistlarni g'ayriinsoniylikda ayblab, insonlararo va davlatlararo munosabatlarning urushsiz, ixtilofsiz, hokimlik va mahkumlikdan xoli modelini o'rtaga qo'ydi. Uning modelida dunѐ qonli urushlar va to'qnashuvlardan uzoq, ideal jamiyat sifatida tasvirlangan I.Kant 1795 yilda o'zining “Abadiy dunѐ” geosiѐsiy nazariyasini e'lon qildi. U bu asarida xalqlar va davlatlar o'rtasida sobit va tinch munosabatlar o'rnatish usulini taklif qildi, boshqaruvning respublika shaklining ѐyilishi “abadiy dunѐ” asrining boshlanishi bo'ladi, deb tasdiqladi. Nemis xalqining manfaatlari va orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda I.Kant butun urushlarga, shu jumladan nemis burjuaziyasi istaѐtgan urushlarga jiddiy nafrat bilan qaradi hamda realistik ѐndashuv tarafdorlarini qattiq tanqid qildi. Idealistlar xristian Evropa ulkan soatni eslatadi, deb hisoblashardi. Alohida davlatlar va ular orasidagi munosabatlar bu soatning mexanizmlaridir. Bu erda hamma narsa sulh va birgalikdagi faoliyat orqali hal etilishi lozim, zo'ravonlik, tahdidlar va urushlar haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Tadqiqotchilarning fikricha, Yangi davr Evropa geosiѐsiy nazariyalarining sulh va tinchlikka intilish tendensiyasi o'sha zamonda qit'ada shakllangan reallik bilan bevosita bog'liq edi. Milliy davlatlarning paydo bo'lishi va mustamlakachilikning kengayishi qit'ada ham, jahon mustamlakalarida ham Evropa davlatlarining o'zaro ixtiloflari tobora kuchayishiga olib keldi. Davlatlar va mustamlakalarning chegaralari deyarli kun sayin o'zgarishi, bir guruh mamlakatlarning “sinishi” hisobiga boshqalarining kuchayishi va kengayishi, harbiy kuchning davlatlararo munosabatlarda hal qiluvchi omilga aylanishi, milliy davlatchilik harakatining kuchayishi geosiѐsiy munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo'ldi. Bundan tashqari dunѐni yangidan bo'lib olish yo'lida olib borilaѐtgan kurashning kengayishi, mustamlakachilik urushlari, sanoat va texnika taraqqiѐti natijasida jahon hududlari ustidan geosiѐsiy nazorat o'rnatishning yangi imkoniyatlari, davlatlar orasidagi munosabatlarning kundan-kunga keskinlashuvi va hokazolar yangi jahon urushi xavfini vujudga keltirdi va insoniyatga tobora jiddiyroq xavf sola boshladi. Bunday sharoitda, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, o'sha davrning ilg'or kishilari davlatlararo munosabatlar, geosiѐsiy, geostrategik muammolar, milliy ziddiyatlarning sabablari va qonuniyatlari, yangi sharoitda davlatlararo munosabatlarning normalari, ixtilofli holatlarni hal etishning turli yo'llari va shu singarilar to'g'risida ilmiy tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. U davrning eng ilg'or ilmiy arboblari - siѐsatshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, huquqshunoslar va boshqa sohalarning vakillari ilmiy-nazariy tadqiqotlarni jadallashtirdilar. Natijada geosiѐsat asta-sekin akademik fanga aylandi va davlatlararo munosabatlarning eng dolzarb masalalariga javob izlashga kirishdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Karimov I.A. O’zbekiston o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T., 1992. 2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T., 1995. 3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida ... T., 1998. 4. Karimov I.A. O’tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo'lmaydi. YuNESKO ijroiya kengashida so'zlagan nutqi. «Xalq so'zi» gazetasi, 1996 y. 25 aprel. 5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O’zbekiston», 1999. 6. Jo'raev N. va boshqalar... O’zbekiston tarixi. T., 1998. 7. Kaso'mov A., Vasikin I. Основнўе направления внешней политики Республики Узбекистан. Т., 1994. 8. www.ziyonet.uz Download 34.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling