O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Download 0.99 Mb.
bet12/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

akkreditatsiya sohasi — muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog’ida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi;
inspektsiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili;
inspektsiya organi — yukni ortishdan oldin vag’yoki yukni tushirish vaqtidagi inspektsiyani va inspektsiya nazoratini o’tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
milliy akkreditatsiya tizimi — muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi tizim;
muvofiqlikni baholashmahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo’yicha faoliyat;
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxs bo’lgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspektsiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
muvofiqlikni tasdiqlashnormativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lgan mutaxassislar.
Muvofiqlikni baholash sohasidagi umumiy printsiplar, akkreditatsiyalovchi idoralarga, sinov va kalibrlash laboratoriyalari omilkorligiga, sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralariga, turli xildagi nazorat idoralari faoliyatining umumiy mezonlariga hamda mutaxassislarni sertifikatlashtirish idoralariga qo’yilgan umumiy talablarni o’z ichiga olgan xalqaro standartlar O’zbekiston davlat standartlari sifatida qabul qilingan bo’lib ular quyidagicha nomlanadi:

  • OzDSt ISOG’IEC 17000 “Muvofiqlikni baholash. Lug’at va umumiy printsiplar”;

  • O‘zDSt ISOG’IEC 17011 “Muvofiqlikni baxolash idoralarini akkreditatsiyalovchi idoralarga qo’yilgan umumiy talablar”;

  • O‘zDSt ISOG’IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari omilkorligiga qo’yilgan umumiy talablar”;

  • O‘zDSt ISOG’IEC 17021 “Sifat tizimlari auditini o’tkazish va sertifikatlashtirish idoralariga qo’yilgan umumiy talablar”;

  • O‘zDSt ISOG’IEC 17020 “Turli xildagi nazorat idoralari faoliyatining umumiy mezonlari”;

  • O‘zDSt ISOG’IEC 17024 “Xodimlarni sertifikatlashtirish idoralariga qo’yilgan umumiy talablar”.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling