O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
I-BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
I-BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI1.1. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixiHozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so’rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir mahsulotning sifati to’g’risidagi hujjat, ba’zi birovlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko’rsatilishi lozim bo’lgan hujjat deb ta’rif beradi. O’ylaymizki, darsligimizning ushbu boblarini o’qib va o’rganib chiqib shu bilan birga ma’lum ko’nikmaga ega bo’lganingizdan so’ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topasiz. Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi certifus(lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi. “Sertifikat” so’zi lotinchadan tarjima qilinganda “to’g’ri bajarilgan” ma’nosini anglatadi. Garchi “Sertifikat” atamasi kundalik hayotda va tijorat amaliyotida yaqinroq solishtirilganda XIX asrdan “Sertifikat” atamasi bilan tanilib va sertifikatlashtirish jarayoni sifatida qo’llanilib kelinmoqda. Tovarni ishlab chiqaruvchilar o’zining mahsulotini sifati kafolatlanganligini, shuningdek, uni yozma ravishda ta’minlanganligi , ya’ni (zamonaviy terminologiya bo’yicha) “muvofiqlik to’g’risida da’vo qilish” to’g’risidagi guvohnomasiga ega bo’lishgan. Metrologiyada sertifikatlashtirish asboblarni (toshlar, tarozilarni) tamg’alash va rasmiy tekshirish bo’yicha faoliyat sifatida allaqachon ma’lum bo’lib tanilgan. Tamg’alash asbobning metrologik va konstruktiv tavsiflari bo’yicha sertifikatlashtirish talablarini qanoatlantirishi to’g’risida guvohlik bergan. “sertifikat” atamasi 100 yildan ortiqroq xalqaro metrologik amaliyotda qo’llanilib kelingan. 1879 yilda Rossiya kilogramma portotipiga olingan ilova hujjati quyidagicha nomga ega bo’lgan: “O’lchov va tarozilar xalqaro qo’mitasi. №12 kilogramm portotipi uchun O’lchov va tarozilar xalqaro byurosi Sertifikati, Rossiya Imperiyasining Moliya vazirligiga berilgan”. Bu kilogramm portotipi uchun “sertifikatlashtirish sinovi” o’tkazilgan. Barcha guruhdagi portotiplar uchun (jami 42 ta) xalqaro (bosh) portotiplar bilan o’zaro taqqoslashtirish uchun 1092 tortish o’tkazilgan, ya’ni, o’z navbatida, arxivdagi kilogramlar bilan solishtirilgan. Bayon etilgan tajriba O’lchov va tarozilar xalqaro byurosi – uchinchi tomon sertifikatlashtirishiga misol bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda etakchi mamlakatlar XX asrning 20–30-yillarida sertifikatlashtirish jarayonlarini rivojlantirishni boshlashgan. Nemis standartlar instituti (DIN) Germaniyada standartlarga muvofiqlik belgisi DINni joriy qilib savdo belgilarini himoya qilish to’g’risidagi qonunga muvofiq GFRda ro’yxatga olingan. 1984 yilda sobiq ittifoqda eksport qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish to’g’risida qaror qabul qilingan. 1986 yildan Gosstandart tomonidan Mashinasozlik mahsulotlarini sertifikatlashtirishning vaqtinchalik tartibi amalga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati 1993 yildan “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonunga muvofiq xalq iste’mol tovarlarini majburiy sertifikatlashtirish bilan rasman boshlangan. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga mos kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirishg’tasdiqlash mumkin. “Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib va bu muhim tushuncha “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo’llanmasiga kiritilgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qayta ishlangan qo’llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasiga faqatgina izohlar berilgan: Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda (muvofiqlikni tasdiqlashda) uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish (tashkilotning sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini sertifikatlashtirish) bo’yicha yangi dolzarb yo’nalishni keltirib chiqardiki, ushbu yo’nalish bugungi kunda keng qo’llanilib, bozor iqtisodiyotidagi raqobatbardoshlik, o’zaro savdo-sotiqning samarasi va istiqbolilik darajalarini belgilab beradigan omillardan asosiysi sifatida sahnaga chiqmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miq’yosda tan olinishi ustida “O’zstandart” agentligi tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi (“O’zdavstandart”) va keyinchalik, 2002 yilda ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil “O’zstandart” agentligi tashkilotiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning maxsul sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga tushirish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yil “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi to’g’risida Qarorning qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling