O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent 2019


Download 0.53 Mb.
bet19/27
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1172352
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
O

Baholash me’yori uslubi g‘oyani uning barcha asosiy omillarining ahamiyatini chamalab, solishtirib, taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan baholashga imkon beradi. Muhimlikni o‘lchash uchun 0, +1, +2 va — 1, —2 shkalasidan foydalaniladi. Bu uslub baholashni jadval shaklida yoki grafik chizma ko‘rinishida amalga oshirishga imkon yaratadi. Har bir omilning salmog‘ini miqdoriy baholashdan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi (7.2-jadval).
Baholash me’yori uslubi tahlil qilinayotgan omillar mazkur g‘oyani xaridorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan tovarga aylantirishga qay darajada xizmat qilishini baholashga imkon beradi. Har bir omil bir qator baholar olib, ulardan har biri

g‘oyaning zarur talablarga qanchalik mos kelishini ko‘rsatadi. Har bir omil bo‘yicha ballar summasi aniqlanib, ularning asosida g‘oya ko‘rib chiqilgan omillar bo‘yicha alohida yoki birgalikda baholanadi. Shu tariqa baholash shkalasi usuli yangi tovar g‘oyasini ma’lum bir ehtimolga ega bo‘lgan holda miqdoriy baholash imkonini
beradi.
7.2-jadval
Baholash me’yori uslubi

Baholash omillari

Baholash me’yori
(-2 ; -1; 0; +1; 2)

1. Tovarni ishlab chiqish sohasidagi omillar:

  • turdosh tovarlarni ishlab chiqish tajribalari;

  • boshqa g‘oyalarni ishlab chiqishga jalb qilish;

  • raqobatchilardan ustunlik qilish, imitatsiyadan himoya qilish.







2. Bo‘lajak ishlab chiqarish ta’minoti sohasidagi omillar:

  • yangi ishlab chiqarish kuchlari bozorlarining mashhurligi, ta’minotchilar bilan mavjud aloqalardan foydalanish;

  • raqobatbardosh ta’minotchilar soni4

  • inqiroz sharoitlarida ta’minotchilar imkoniyatlari;

  • ishlab chiqarish kuchlari bozorlarida narx barqarorligi.







3. Tovar ishlab chiqarish sohasidagi omillar:

  • mavjud ishchi kuchini jalb qilish imkoniyati;

  • tovar ishlab chiqarish texnologiyasining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli (shovqin, chang, namlik va hokazo);

  • baxtsiz hodisalar xavfi;

  • mavjud texnologiyani o‘zgartirish qiyinchiliklari;

  • mavjud uskunalarni mahsulotni qayta ishlashga moslashtirish imkoniyati;

  • uskunalarning zahiradagi imkoniyatlari;

  • uskunalarni ta’mirlash imkoniyatlari.







4. Tovarni sotish sohasidagi omillar:

  • mavjud savdo tashkilotlaridan foydalanish,

  • iste’molchilarning xarid qilish qobiliyati,

  • eksport imkoniyatlari










  1. Yangilik kiritishning muvaffakiyati tahlili va ishlab chiqarish jarayoni

Yangi tovarning iqtisodiy tahlili uni ishlab chiqish, bozorga olib chiqish va sotish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, zarur oborotga ega bo‘lgan yangi tovarni ishlab chiqarish bilan asoslanuvchi tavakkalchilik va foydani baholash bilan bog‘liq. Buning uchun zararsizlik tahlili uslubi qo‘llanib, u savdodan tushuvchi daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘luvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling