O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti matematika va informatika yo’nalishi mi 21-guruh talabasi karimov ismoilning pedagogik amaliyotidan yozgan hisoboti qabul


III BOB. CHIZMACHILIK FANIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURLARINI OSHIRISH SAMARADORLIGI


Download 0.53 Mb.
bet2/8
Sana09.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1179728
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot yuz magistr

III BOB. CHIZMACHILIK FANIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURLARINI OSHIRISH SAMARADORLIGI
3.1.Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazish......................................................................................................
3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va tahlili....................................
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.................................................................................
Xulosa.................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................................
Ilova....................................................................................................................

Kirish
Mustaqil O`zbekistonimizda ro`y berayotgan ijtimoiy siyosiy, sotsial-iqtisodiy va mafkuraviy islohot bozor munosabatiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurishga qaratilgan. Respublikamizning ma`naviy, iqtisodiy va intelektual jabhalarda qayta tiklanish va o`sishda so`zsiz yoshlarning roli katta, chunki yoshlarda bo`lgan kuch g’ayrat, yangilikka intilish ulardagi yaratuvchanlik, tabiiy mahorat va ta`lim-tarbiya tizimini oqilona tashkil etganda, albatta, yuksak ijobiy natija beradi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizdagi OTMlarining ish faoliyatini, kelajagini, ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu Farmonda:
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:
-oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
-O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
-Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
-oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
-xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
-oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
-oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
-oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
-xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
-oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
-O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
-oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
-talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
-oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
-ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni bajarish oldinga maqsad qilib qo‘yildi;
Respublikamiz har sohada tobora rivojlanib borayotgan bir davrda xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirish va moddiy ishlab chiqarishni o‘stirish, mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish, xalqning farovonligini yanada yaxshilash vazifalarini qo‘ydi. Bu vazifalarni hal etishda ishlab chiqarishni intensivlash, fan – texnika yutuqlari va ilg‘or tajribali joriy qilish, ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini yaxshilash asosiy ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish va fan – texnika taraqqiyotining o‘sishi muhandis kadrlar tayyorlashga katta talablar qo‘yildi. Oliy o‘quv yurtlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘z ixtisosligi yuzasidan chuqur nazariy bilimlarga va puxta amaliy malakalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlab yetishtirishdir.
Texnikaga doir bilimlarni muvaffaqiyat bilan egallashning shartlaridan biri grafik savodxonlikning, ya’ni chizmalarni o‘qiy va bajara bilishdir. Shu boisdan chizmalar chizishning asosi – chizma geometriya fanini mukammal egallash talab etiladi.
Chizmachilik fanlari hozirgi rivojlanib taraqqiy etib kelayotgan bir qator texnikaviy fanlarning asosi bo‘lib hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Grafik tasvirlar hozirgi ko‘rinishga kelguncha bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Chizmalar inson amaliy faoliyati, avvalo uy-joy qurishda, shahar va qal’alar qurilishlariga bog‘liq bo‘lgan. Dastlab chizmalar qurilishi olib boriladigan joylarni tekislab o‘sha yerlarning o‘ziga chizilgan, keyinchalik har xil tekis sopol plitalarga chizilgan. Chizmachilik o‘qitishning asosiy vazifasi talabalarni detallar chizmasini chizish va o‘qishga o‘rgatish uncha murakkab bo‘lmagan yig‘ish chizmalarini bajarish va detallarga ajratishdan iboratdir.
Talabalarda ba’zi hollarda chizmachilik faniga aloqador masalalar, grafik ishlar, metrik masalalar hamda fazoviy tasavvurni ishga solishni talab qiluvchi barcha topshiriqlarni bajarish birmuncha qiyin kechadi. Bunday qiyinchilikni bartaraf etish, talabalarning bilish faoliyatini yanada mustahkamlash va faollashtirish uchun dars (ma’ruza va amaliy mashg‘ulot) davomida maqbul interaktiv metod va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish lozim. Bu mavzuning dolzarbligini o‘zida namoyon etadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling