- Hozirda Pekin Universiteti Xitoyda asosiy oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi. Uning tarkibida 31 ta kolleg, 12 ta fakultetlar mavjud. Darslar 101 ta bakalavrlik, 224 ta magistrlik, 202 ta doktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladi. Universitetda 216ta ilmiy tadqiqot institutlari bor. Osiyoda eng katta hisoblangan kutubxona Xitoyda joylashgan. Hozirda 46,074 talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4000 nafari dunyoning 80 davlatidan kelgan chet ellik talabalar hisoblanadi. Pedagogik tuzilmasi 4574 teng. 2010 yil 200 kollej va universitetlarning dunyo bo‘yicha reytingida 6 – o‘rinni Pekin universiteti egalladi.
Shanxay Universiteti - Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta‘lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor – o‘qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhandislik akademiyasi va Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir. Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ushbu universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar: - 1 B.F.Vulfson Sravnitelnaya pedagogika – M., 2003.
- 2. www.ziyo.net.
- 3. www.bilimdon uz
- 4.www.de.uz
- 5.www.plekhanov.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |