O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 25.82 Kb.
|
M. Ashurova.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi
- Ilmiy yangiligi.
Tadqiqot obyekti va predmeti:Qora saksovul (Haloxylon aphyllum) dan ajratib olingan galotolerant Baccilius amyloliquefaciens HAPH2 shtammini obyekt tariqasida tanladik. Mavzu predmeti tariqasida Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammining mikrobiologik , genetik va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlari tavsiflanadi va qishloq xo'jalik ekinlari o'sishini rag'batlantirish imkoniyatlari baholanadi.
Tadqiqot maqsadi: Ushbu ilmiy ishni bajarishdan maqsad Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammining mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlarini o'rganish va qishloq xo'jalik ekinlarida imkoniyatlarini qo'llash. Tadqiqotning vazifaiari: Tadqiqot ishlari oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammi haqida ilmiy adabiyotlardan ma'lumotlarni to’plash va tahlil qilish; Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammining mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlarini o’rganib chiqish; Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammi yordamida qishloq xo’jalik ekinlarini O’zbekistonning sho'rlangan tuproqlarida o'sishini rag’batlantirish; Ilmiy yangiligi. Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammini mikrobiologik,genetik va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish va qishloq xo'jalik ekinlarini sho’rlangan tuproqlarga nisbatan o'sishini rag’batlantirish. Tadqiqotning asosiy masalalari farazlari:Tadqiqotdan ko’zlangan asosiy masalalardan biri qora saksovul ( Haloxylon aphyllum) dan ajratib olingan Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammini gen ketma-ketligini, mikrobiologik va biokimyoviy xususiyatlarini shu bilan birgalikda uning rivojlanish, ko'payisha oziqlanish va shu kabi muhim fiziologik xusussiyatlarini o’rganish. Ushbu bakteriyani qishloq xo'jalik ekinlariga qo'llab, ularni sho'rlangan tuproqlarga nisbatan chidamligini oshirish. Olingan natija asosida inson hayotida muhim bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirish. Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling