O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 25.82 Kb.
|
M. Ashurova.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislik: 70510101- Biologiya fan yo’nalishi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertaTsiya
- Samarqand - 2023 Mavzu: “ Galotolerant Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtamining mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy tavsifi hamda uning biotexnologik potensiali ”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida UO'K: 581,6 (575,147) Ashurova Madina Elderovna Galotolerant Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtamining mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy tavsifi hamda uning biotexnologik potensiali Mutaxassislik: 70510101- Biologiya fan yo’nalishi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertaTsiya
“Genetika va biotexnologiya ” kafedrasi mudiri: ___________b.f.d., dots. G. Dushanova ”___”_____________________2023 Samarqand - 2023 Mavzu: “ Galotolerant Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtamining mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy tavsifi hamda uning biotexnologik potensiali ” KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi мavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Insoniyat hozirgi zamonaviy dunyoda turli tuman muammolarga duch kelmoqda. Shulardan eng dolzarbi ekologik muammo hisoblanmoqda. Chunki bu muammo turli ekosistemalar, oziq -ovqat mahsulotlari, qishloq xo'jalik hamda o'simlik, hayvonot va insoniyat olamiga xavf solib kelmoqda. Shunday ekologik muammolardan misol qilib global isishni olsak. Global isish ya'ni, yer haroratining ko'tarilishi bir qator abiotik va biotik stressorlarni vujudaga keltirmoqda. Shunday stressorlardan sho'rlanish o'simliklar ayniqsa qishloq xo'jalik ekinlariga ta'sir ko'rsatuvchi eng katta abiotik stressorlardan biridir. Ushbu stressor butun dunyo bo'yicha qishloq xo'jalik mahsuldorligini keskin pasaytirmoqda. Hozirda dunyo bo'yicha 20% ga yaqin sug'oriladigan tuproq sho'rlangan hisoblanmoqda. O'zbekistonda esa 70% tuproq turli darajada sho'rlangan va bu foizlar yildan yilga oshib bormoqda. Sho'rlangan tuproq o'simliklar ayniqsa qishloq xo'jalik ekinlariga jiddiy fiziologik va metobolitik jarayonlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, tuproqda tuzning ko'payishi tuproq osmotik bosimini oshiradi va o'simliklar ildizining so'rish funksiyasi pasayadi. Ikkinchidan, o'simliklarda ortiqcha tuzlar to'planadi. Bunda salbiy ta'sir ko’rsatmaydigan tuzlar ham hujayrada to'planib, o'simlikni zaharlaydi. Bularga natriy xlorid (NaCl) va natriy sulfat (Na2SO4) tuzlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday holatga qarshi samarali biotexnologik usullarni ishlab chiqish asosiy vazifalarimizdan biri bo'lib turmoqda. Aniqlanishicha, galofit o'simliklar to'qimalarida galotolerant endofit bakteriyalarning jamoalari mavjud ekan. Bunday galotolerant endofit bakteriyalar o'simliklar o'sishini rag’batlantiradi va fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. Ushbu bakteriyalar rizosferada yashovchi bakteriyalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Ular o'simlik bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga kiradi va shu bilan hujayralar orasida aloqa oson bo'ladi. Shunday endofit bakteriyaga misol qilib, qora saksovul ( Haloxylon aphyllum)dan ajratib olingan Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammini aytishimiz mumkin. Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammini mikrobiologik, genetik va fiziologo-biokimyoviy xususiyatlarini chuqur o'rganishimiz va amaliyotda tadbiq etishimiz bir necha ekologik muammolarning bartaraf etishga yordam beradi. Xususan, insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bo'lgan oziq-ovqat masalasi.So'nggi ko'rsatkichlarga ko'ra, dunyo bo'yicha aholi soni 8 mlrd bo'lgan va bu son kun sayin ortib bormoqda. Ammo oziq -ovqat mahsulotlar yildan yilga kamayib bormoqda. Bu butun dunyoda ayniqsa O'zbekistonda tuproqning sho'rlanishi ortib borishi ham oziq-ovqat tanqisligi kelib chqiishiga sabab bo'luvchi eng katta omillardan biridir. Bacillus amyloliquefaciens HAPH2 shtammini qishloq xo'jalik ekinlarida qo'llashimiz esa qishloq xo’jalik ekinlarini bunday sharoitga ya'ni,sho’rlangan tuproqda o'sishini rag'batlantiradi.Bunday stressorga nisbatan chidamligini oshiradi. Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling