G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari


Download 226.67 Kb.
bet1/10
Sana10.12.2020
Hajmi226.67 Kb.
#163314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand fayllar org 2 2


Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand
G.A.DUSHANOVA, N.A.YUNUSOVA, S.A.XALILOVA

GENETIKADAN

MASALALAR YECHISH USULLARI


SAMARQAND - 2018


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

GENETIKADAN

MASALALAR YECHISH USULLARI

(Biologiya fan o`qituvchilari uchun qo`llanma)

SAMARQAND - 2018 YIL

G.A.Dushanova, N.A.Yunusova, S.A.Xalilova. Genetikadan masalalar yechish usullari.-Samarqand, 2018, 72 bet

TUZUVCHILAR:


G.A.Dushanova

SamDU biologiya fanlari nomzodi




N.A.Yunusova

SamDU huzuridagi XTXQTUMO hududiy markaz o`qituvchisi




S.A.Xalilova

SamDU huzuridagi XTXQTUMO hududiy markaz o`qituvchisi





TAQRIZCHILAR:


Z.T.Rajamuradov

SamDU biologiya fanlari doktori, professor




B.I.Usmanov

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri




S.K.Shukurova

Samarqand shahar 66-maktab biologiya fani o`qituvchisi


Ushbu uslubiy qo’llanmada biologiya fanidan genetik masalalar yechishga doir metodik tavsiyalar berilgan bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi uchun mo’ljallangan




Ushbu uslubiy ko’rsatma SamDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy metodik kengashining 2018 yil 28 dekabrdagi 4- 3/5 -sonli yig`ilish bayonnomasida tasdiqlandi va qaroriga nashrga tavsiya etildi.
SO`Z BOSHI
Hozirgi kunda biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga o`tish va unga moslanish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. Yangilangan ta’limda o`quvchining yuragidagi cho`g`ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib bilimdan bilimga yetaklab olib chiqadigan pedagogik faoliyat:

-samaradorlikni oshirish;

-o`qituvchi va o`quvchilar urtasida uzora hamkorlikni qaror topshirishi;

-o`quvchilarning uz imkoniyatlarini ruyobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishiga qaratilgan bulishi kerak.

Biologiya fanida irsiyat va o`zgaruvchanlikni o`rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bois jamiyatning har bir a’zosi genetikadan zarur bilimga ega bo`lmogi kerak. Umumiy biologiyadan daryo berayotgan o`qituvchilar ushbu fanning mazmuni “murakkab” deb o`ylaydilar. Ko`pchilik o`qituvchilar bilan qilingan suxbatlar, ular daryolarning kuzatish natijalarini taxlil qilish natijasida ular faoliyatida quyidagi muammolar borligi aniqlangani.

-genetikaga bagi`shlangan barcha darslarni oldingi bobdagi mavzular mazmuni bilan bog`lab utmaslik;

-tayyor ko`rgazmalardangina yuzaki foydalanib, o`quvchilarning mustaqil fikrlashi mantiqiy tafakurining rivojlantirishiga e’tibor bermaslik;

-nazariy bilimlarni amaliyot ayniqsa masalalar yyyechish bilan bog`lamaslik;

Genetik bilimlarni puxta o`zlashtirish uchun kuchli xotiragina emas, balki barqaror diqqat, utilgan boblarni yangi bob bilan uzviyligini ta’minlash. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, o`rganilayotgan mavzuga doir bilimlarni masala va mashq yechish bilan bog`lab olib borish, analiz-sintez qilish va xulosa chiqarishga benihoyat katta e’tibor qaratilishi kerak.Genetikadan masala yechish va mashq bajarish juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Bunda, birinchidan, o`quvchining fikrlash qobiliyati, mantiqiy tafakkuri rivojlanadi, chunki masala va mashqda ko`zda tutilgan vazifani hal etish uchun talaba ularning mazmunini, yechimini analiz, sintez qiladi, taqqoslaydi, umumlashtiradi va xulosa chiqaradi. Ikkinchidan, nazariy bilimlar mustahkamlanadi va ular tug`ri ekanligiga ishonch hosil qilinadi.Uchinchidan, nazariy bilimlarni amalda qo`llash imkonini beradi. To`rtinchidan, masala yechish va mashq bajarish davomida o`quvchilarning mustaqilligi, ijodiy aktivligi ortadi.Beshinchidan, ularda fan asoslarini yanada puxta o`zlashtirishga havas uyg`onadi.


I BOB. GENETIKA FANI HAQIDA TUSHUNCHA
Hujayralarning bo’linishi, jinsiy hujayralarning rivojlanishi va urug’lanish avlodlari o’rtasida moddiy izchillikni ta’minlaydi. Avlodlar o’rtasidagi moddiy izchillikning asosiy qonuniyatlari XIX asrning oxirlarida sitologlar tomonidan aniqlangan. Ularning hujara tuzilishini o’rganishda sitologik metodni ishlab chiqib, ota-ona belgi xususiyatlarining nasldan-naslga o’tishida xromosomalarning roli katta ekanligini isbot qildilar. Biroq organizmlarning irsiy belgi xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus genetik tekshirish metodlari zurur edi.

Chorvachilik va o’simlikshunoslik sohasida olib borilgan tajribalar natijasida irsiyatni o’rganish uchun boy material to’plandi. XVII asrning oxirlaridan boshlab o’simlikshunoslar bilan zootexniklar ota-ona belgi xususiyatlarining nasldan-naslga o’tish qonuniyatlarini o’rganish maqsadida juda ko’p tajribalar olib bordilar. Buning uchun ular har xil o’simlik va hayvon turlarini duragaylab, ularning avlodlarini o’rgandilar. Bu o’z navbatida genetika uchun ma’lum hissa bo’lib qo’shildi. Biroq ular irsiyatning umumiy qonuniyatlarini to’liq ochib beoa olmadi.

Irsiyatni o’rganishning asosiy metodi Chex olimi Gregor Mendel (1822-1884) tomonidan ishlab chiqildi. G.Mendel tajribalari natijalarini 1865 yil Fevral-mart oylarida Brno shahridagi tabiatshunoslar jamiyatida ma’lum qilib, 1866 yilda “O’simlik duragalari ustida tajribalar” nomi bilan nashr qildirdi. Biroq uning ishi 1900 yilgacha olimlarga keng miqyosda ma’lum bo’lmadi.

1900 yilda De Friz (Gollandiyada), K. Korrens (Germaniyada) va Chermak (Avstraliyada) o’z tajribalari natijasida, bir-birlaridan mustaqil ravishda, Mendel aniqlagan xulosalarga keladilar. Faqat shundan so’ng Mendelning ishlariga qiziqish orta boshlaydi.

Mendelning xizmatlari faqat irsiyat qonuniyatlarining kashf etishdan iborat bo’lma, balki uning mohiyatini tushuntrib berishda ham katta bo’ldi. Mendel tekshirishlarining asosiy xususiyatlaridan biri boshlang’ich ota-ona formalarini tanlashdan iborat edi. U chatishtirish uchun bir, ikki yoki uch juft belgisi bilan keskin farq qilaligan juft belgilar alternativ belgilar deb ataladi. Masalan, bitta o’simlikning guli qizil, boshqasiniki oq doni sariq va yashil; doni silliq va burishgan bo’ladi va hakozo. Mendel mtodining ikkinchi tomoni duragay o’simliklardagi Belgilarning miqdor jihatdan bir-biridan farq qilishini hisobga olish edi. Uchinchi xususiyati har bir o’simlikdan olingan avlodni keyingi bo’g’inlarda yakka-yakka (individual) analiz qilish, o’rganishdan iborat.

G.Mendel irsiyat qonuniyatlarini o’rganish uchun o’z tajribalarini no’xat o’simligi (Pisum sativum) ustida olib bordi. Bu o’simlik bir yillik bo’lib, o’zidan changlanadi. Shu bilan bir uning har xil navlarini sun’iy yo’l bilan o’zaro oson chatishtirish mumkin. Mendel genetik tekshirish maqsadida chatishtirish uchun olingan navlar irsiy jihatdan toza bo’lishiga alohida e’tibor beradi.



GENETIK SIMVOLLAR

Genetik analiz o’tkazish belgilarning nasldan-naslga o’tishini o’rganish uchun har xil jinsdagi ikkita organizmni chatishtirish kerak. Genetikada chatishtirish belgisi X bilan ifodalanadi. Chatishtirish sxemasin i yozishda birinchi o’ringa ona, ikkinchi o’ringa ota organizm yoziladi. Urg’ochi jins ♀ (Zuhro ko’zgusi), erkak jins ♂ (Marsning naza va qalqoni) belgisi bilan ifodalanadi. Chatishtirish uchun ota-ona organizmlar R (lotincha parentis – ota-ona so’zining bosh harfi) bilan ifodalanadi.

Irsiyatni har xil bo’lgan ikkmtv organizmni chatishtirib olingan organizm duragay deyiladi. Duragay bo’g’inlar F (lotincha filialis-bolalar so’zining bosh harfi) bilan ifodalanadi. F charfining tagiga yoziladigan son duragayning yoshini, nechanchi bo’g’in ekanligini ko’rsatadi.

Ba’zi belgilar bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin bir turga kiradigan ikkita organizmni chatishtirish, ular xil tur va avlodlarni chatishtirish tur iur ichida duragaylash deyiladi. Bundan tashqari, uzoq duragaylar ham bo’ladi, ular har xil tur va avlodlarni chatishtirishdan kelib chiqadi, javdarni bug’doy bilan chatishtirish, tog’ qo’chqorini (arxarni) xonaki qo’y bilan duragaylashdan olingan avlodlar uzoq duragaylarga misol bo’ladi.

Chatishtirish uchun olingan organizmlar bir, ikki juft va ko’p belgilar bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Shunga ko’ra, duragaylar monogibrid, digibrid va poligibrid deb ataladi.
MONODURAGAY CHATISHTIRISH

Bir juft belgisi bilan keskin (alternativ) farq qilgan ikkita organizmni chatishtirish monoduragay chatishtirish deb ataladi. Masalan, qizil gulli no’xatni oq gulli no’xat bilan chatishtirish, doni sariq no’xatni doni yashil no’xat bilan chatishtirish monogibrid chatishtirishga misol bo’ladi.

Agar ona o’simlik gulining guli qizil, ota o’simlikniki oq bo’lsa birinchi bo’g’in (F1) duragayning guli qizil bo’ladi. Birorta ham oq gulli no’xat o’simligi bo’lmaydi. Doni sariq va yashil no’xat o’simliklari chatishtirilsa, F1 o’simliklarning dona sariq bo’ladi.

Birinchi bo’g’in (F1) duragaylarda hosil bo’lgan belgilar (gulining qizil va donning sariq bo’lishi) dominant (ustun), rivojlanmagan belgilar resessiv deb ataldi.

Silliq va burishgan donli no’xat o’simliklari chatishtirilganda F1 da o’simliklar faqat silliq donli, F2 da silliq donninn burishgan donga nisbatan 3:1 bo’ladi.

Mendel 253 ta birinchi bo’g’in duragay o’simliklarini o’zaro chatishtirib, ikkinchi bo’g’inda 7324 ta don oladi, shulardan 5474 tasi silliq, 1850 tasi burishgan bo’ladi. Bu sonlar nazariy jihatdan qaraganda 3:1 nisbatga juda yaqin bo’lgan.

Birinchi nisbat fenotip, ya’ni tashqi ko’rinish bo’yicha, ikkinchi nisbat genotip, ya’ni irsiy xususiyat bo’yicha ajralish deb ataladi. Fanga “fenotip” va “Genotip” terminlari 1903 yilda V.Iogannsen tomonidan kiritiladi. Organizmdagi ajdodlardan o’tib kelayotgan barcha irsiy belgilar (genlar) yig’indisi deyiladi. Gepotipning tashqi sharoit bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida organizmdla bor individual rivojlanish davrida ruyobga chiqqan belgilar yig’indisi fenotip deyiladi.

Mendel duragay bo’g’inlarda belgilarning qonuni ravishda ajralish sabablarini tushuntirib berdi. Har bir belgininsh rivojlanishi irsiy nishonlarga, ya’ni genlarga bog’liq avlod bitta genni ota, ikkinchi genni ona organizmdan oladi.

Mendel genlarni harflar bilan ifodalashni fanga kiritdi. Domonant genlarni katta (A, B, C, D), resessiv genlarni kichik (a, b, c, d va hakozo) harflar bilan ifodalaydi. Keyin aniqlanishicha, genlar xromsomalarda bo’lar ekan.

Qizil gulli no’xatning ma’lum bir juft xromosomasida ikkita gen – AA bo’ladi. Oq gulli no’xatning xuddi shundan bir juft xromosomasida ham gulga oq rang beruvchi ikkita gen – aa bo’ladi. Ota – ona organizmlarida meyoz bo’linish yo’li bilan gametalar hosil bo’lishida har bir jinsiy hujayraga har bir juft xromosomaning faqat bittasi kiradi. Buning natijasida qizil gulli no’xatning barcha gametalari qizil rang beruvchi A genli xromosomaga, oq gulli no’xatning barcha gametalari esa oq rang beruvchi a genli xromosomaga ega bo’ladi. Chatishtirishda erkak va urg’och gametalari qo’shilganda birinchi bo’g’in duragaylardagi xromosomalarning biri A, ikkinchisi a genli bo’ladi. Shunday qilib, qizil rang beruvchi dominant gen – A, oq rang beruvchi resessiv gen – a dan butunlay ustun chiqadi va no’xatning birinchi bo’g’in (Aa) o’simliklari qizil gulli bo’ladi. Biroq gulga oq rang beruvchi resessiv gen – a duragaylarida butunlay yo’qolib ketmadi, balki o’z xususiyatlarini saqlaydi va faqat keyingi bo’g’inlarda ta’siri namoyon bo’ladi.

Birinchi bo’g’in duragaylarida A va a gendan iborat xromosomali ikki xil gameta hosil bo’ladi. Birinchi bo’g’in duragaylar (Aa) o’zaro changlatish o’li bilan ko’paytirilganda A genli gameta A yoki a genli gameta bilan bir xil urug’lanishi mumkin. Shuningdek, a genli urg’ochi gameta bir xil sharoitda A yoki a genli gametalar bilan urug’lanishi mumkin.

Chatishtirishda gametalarning qo’shilish sharoitini aniqlash uchun sxemadan foydalaniladi. Bu sxemani angilyalik genetik olim R. Pennet tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uning nomi bilan Pennet katagi (Reshetkasi) deb ataladi.

Katakchalarning yuqori gorizontal qismiga urg’ochi jinsning, chap yonboshidagi vertikal qismiga erkak jinsning gametalari, katakchalar ichiga esa gametalarning qo’shilish imkoniyatlari yoziladi.

NAMUNA.

No’xatda qizil gulli dominant (A), oq gulli resessiv (a). Tajribada qizil gulli no’xatlar bilan oq gulli no’xatlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?


  1. Agar F1 o’zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkm?


  2. F1 oq gulli no’xat bilan qayta chatishtirilsachi?




Yechish:

Agar F1 o’zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?

Bunda qizil gulli no’xat (A) harfi bilan belgilanadi

Oq gulli no’xat esa (a) harfi bilan belgilanadi



P ♀ AA x ♂ aa

↓ ↓



Gameta A a

F1 Aa

Demak, F1 Aa natija ya’ni qizil gulli no’xat hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan natija o’zini o’ziga chatishtirilsachi? Buning uchun biz hosil bo’lgan (Aa) va (Aa) ni pennet katagiga solib chatishtiramiz. Bu quyidagicha ifodalanadi.



PENNET KATAGI





A


a




A


AA

qizil

Dominant

gomozigota





Aa

qizil

Dominant

geterozigota







a


Aa

qizil

Dominant

geterozigota





aa

oq

Resessiv

gomozigota




Fenotep 3: 1 qizil: oq

Genotep 1:2:1 AA; Aa; Aa; aa.

V) F1 ya’ni (Aa) qizil gulli no’xat bilan (aa) oq gulli no’xat bilan qayta chatishtirilsachi?






A


a




a


Aa

qizil

Dominant

geterozigota





aa

oq

Dominant

gomozigota







a


Aa

qizil

Dominant

geterozigota





aa

oq

Resessiv

gomozigota



Bunda natijalar:

Genotipda: 2:2 ya’ni Aa : aa : Aa : aa; 50% ga 50%

Fenotipda: 2:2 ya’ni 2 ta qizil Aa : Aa, 2 ta oq aa : aa 50% ga 50%

Biz ko’rib chiqqan misoldagi duragaylashda 1AA : 2Aa : 1aa nisbatlar, ya’ni ¾ qism qizil va ¼ qism oq gulli o’simliklar hosil bo’ladi.

Bir xil genlarning (AA va aa) qo’shilishidan rivojlanatidan zigotalar gomozigota, har xil genlarning (Aa) qo’shilishidan rivojlanadigan zigotalar geterozigota deb ataladi.

Gomozigota organizmlar (AA va aa) turg’un bo’lib, kelgusi bug’inlarda belgilar bo’yicha ajraladi.

Gomozigota va geterozigota terminlari 1902 yilda V. Betson tomonidan taklif qilingan bo’lib, genetikada keng qo’llaniladi. Keskin farq qiluvchi juft belgilarni rivojlantiruvchi genlar allel genlar deb ataladi. Masalan, no’xat urug’iga sariq rang beruvchi gen bilan yashil rang beruvchi gen juftdir. Ana shu juft genlar allel genlar hisoblanadi. Allel genlar gomologik (juft) xromosomalarning bir xil o’rinlarida (lokuslarida) jolashadi. Meyoz bo’linish yo’li bilan jinsiy hujayralar hosil bo’lishida bunday genlar har xil gemetalarga qonuniy ravishda tarqaladi.



MENDEL QONUNLARI

1. Birinchi bo’g’in duragaylarida juft alternativ belgilaridan biri dominant, ikkinchisi resessiv bo’lib, resessiv belgi yuzaga chiqmaydi. Bu hodisa dominantlik (ustun kelish), keyinroq Mendelning birinchi qonuni yoki birinchi bo’g’in duragaylarning bir xil bo’lishi qonuni deb ataladi.

2. Ikkinchi bo’g’inda ham dominant, ham resessiv belgiga ega bo’lgan organizmlar paydo bo’lib, birining ikkinchisiga nisbat 3:1 ga teng bo’ladi. Bu hodisani 1900 yilda Gugo De Friz ajralish qonuni deb atadi, keyinroq bu Mendelning ikkinchi qonuni deb ataldi. Resessiv belgiga ega bo’lgan avlodlar o’zaro chatishtirilsa, keyingi bo’g’inlarda o’zgarmay, turg’un bo’lib qoladi.

3. Mendelning uchinchi qonunini: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.

Olimlar har xil mamlakatlarda G.Mendelning tajribalarini boshqa o’simliklarda tekshirib, u aniqlagan qonuniyatlarning to’g’riligini tasdiqladilar. keyinroq olimlarning aniqlashicha, Mendelning ajralish qonuniyatlarini faqat o’simliklrdagina emas, balki hayvon bilan odamlarda ham ko’rish mumkin ekan.

II BOB. GENETIKADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH

I. MONODURAGAY CHATISHTIRISHGA OID MASALALAR.
1-MASALA.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) bilan ifodalanadi. Bunda

  1. 1) dastlab chatishtirilayotgan ota-ona formalar yoziladi:




BERILGAN:

A-gulsimon toj

a-oddiy toj

Gulsimon toj oddiy toj



P ♀AA x ♂aa

(gomozigotali) (gomozigotali)

2) Gametalar olinadi va mazkur gametalar o`zaro chatishtirilib F1 (birinchi avlod) duragaylarini hosil qilinadi.
YECHISH:

Genotip: ♀AA x ♂aa

Gametala A a

F1 Aa

F1 avlod duragaylar G.Mendelning I qonuniga muvofiq genotib va fenotip bo`yicha bir xil ajralish nisbatiga ega bo`ladi.

JAVOB: Genotip bo`yicha 100% Aa (geterozigotali), fenotip bo`yicha 100% (gulsimon toj)

F2ni aniqlash usuli.


  1. 1) Agar F1avlod o`zaro chatishtirilsa, qanday natija kutishimiz mumkin?




BERILGAN:

Gulsimon toj Gulsimon toj



P ♀Aa x ♂Aa

(geterozigotali) (geterozigotali)




YECHISH:

2) Quyidagicha gameta olinadi.



Genotip: ♀Aa x ♂Aa

Gametalar: A a A a
IZOH:Bunda gametalar nisbari ♀ 2:2♂ demak, ♀ A a va ♂ A a
  1. Olingan gametalar pinnet katakchasiga joylashtiriladi va fenotip, genotip bo`yicha ajralish nisbati aniqlanadi:







A


a


A


AA

Gulsimon toj

Dominant

gomozigota





Aa

Gulsimon toj

Dominant

geterozigota





a


Aa

Gulsimon toj

Dominant

geterozigota





aa

Oddiy toj

Resessiv

gomozigota






Genotip: 1AA: 2Aa : 1 aa

Fenotip :(gulsimon toj ) 3:1 (oddiy toj)

b)F1 oddiy tojli xo`rozlar bilan chatishtirilsachi?



BERILGAN:

Aa x ♂ aa

( F1duragayi gulsimon toj) (oddiy tojli xo`rozlar)

Bunda ham dastab gameta olinadi.




YECHISH:

Genotip: ♀ Aa x ♂ aa

Gametalar: A a a
IZOH: bunda gametalar nisbati 2 (A) (a) : 1 (a)

Olingan gametalar Pinnet katakchasiga joylashtiriladi va genotip, fenotip bo`yicha ajralib nisbati aniqlanadi.






a


a


A


Aa

Gulsimon toj

Dominant

gomozigota





Aa

Gulsimon toj

Dominant

geterozigota





a


aa

Gulsimon toj

Dominant

geterozigota





aa

Oddiy toj

Resessiv

gomozigota





Genotip: 1Aa : 1aa

Fenotip: (gulsimontoj) 1:1 (oddiytoj) demak, 50% gulsimon(Aa), 50% oddiy (aa) tojli xo`rozlar vujudga keladi.

2-MASALA. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi ressisiv (b) bilan ifodalanadi. Quyidagi genotipli organizmlar o`zaro chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar hosil bo`ladi.
  1. Bb x Bb

  2. BB x bb

  3. Bb x BB

1) dastlab chatishtirilayotgan ota-ona formalar yoziladi:

BERILGAN:

B- Yungi uzun


Download 226.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling