Sho’rchi 2-son kasb- hunar maktabi “Fizika. Astronomiya ” fanining ishchi dasturiga berilgan
TAQRIZ
Fizika va astronomiya fani ishchi dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
Fizika va astronomiya ishchi dasturining titul varog’i.
Kirish. Dasturning asosiy vazifalari, fanning maqsadi.
Asosiy qism.
Fizika va astronomiya fanning mavzular rejasi
O’quv dasturining talablari
Ishchi o’quv dastur mazmuni
Labaratoriya ishlari mavzulari.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
Tavsiya etilgan adabiyotlar royhati.
Fizika va astronomiya ishchi dasturining titul varog’ida kasb- hunar maktabining to’liq nomi, tayyorlov yo’nalishlari, kasb nomi va kvalifikatsiya nomlari keltirilgan.
Kirish qismida dasturning asosiy vazifalari, fanning maqsadi yoritib berilgan. Asosiy qismda fanning semestrlar bo’yicha nazariy, amaliy, labaratoriya ishi va mustaqil ish soatlari taqsimlangan. Fizika o‘quv fani (moduli)ning mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni o’quv dasturiga mos ravishda tuzilgan, mashg’ulot ustunida soatlar qo’yilgan, nazariy, amaliy, labaratoriya ishlariga ajratilgan, o’qitish natijalari, baholash natijalari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar yoritib berilgan. O’quv dasturiga qo’yilgan talablar fizika fanining barcha bo’limlaridan mavzular keltirilgan. Ishchi o’quv dastur mazmunida fizika fanining boblariga nazariy, amaliy, labaratoriya ishi soatlari taqsimlab chiqilgan.
Fizika va astronomiya fanida 8 ta labaratoriya ishlari mavzulari keltirilgan. Labaratoriya ishlari maktabning labaratoriya jihozlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan.
O’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini baholashda o’quvchilardan olinadigan joriy, oraliq va yakuniy baholashni mazmuni keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar va qo’shimcha adabiyotlar hamda internet saytlari keltirilgan.
Xulosa. Ushbu fizika va astronomiya fanining ishchi dasturi foydalanish uchun yaroqli, faqat taqvimiy mavzular rejasini shakllantirishda kasbga yo’naltirib ketilsin.
Ishchi dasturning baholanishi: Ushbu ishchi dastur “Yaxshi” deb baholandi.
Taqrizchi: __________________________________________________________________________________________
Kirish
Fizika o’quv fanidan ta’lim berishning I bosqichda kasb-hunar maktablarida umumiy ta’lim pridmeti sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalarva olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushoxada yuritish qobilyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dealiktik bog’liqligini ochib berish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |