O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimoti toshkent-2020 Reja


Download 1.55 Mb.
Sana14.12.2020
Hajmi1.55 Mb.
#167215
Bog'liq
1.1.Davlat moliya siyosatining olib borishning huquqiy asoslari

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Sirtqi bo’limi HBAC-63 talabasi Moydinova Mashhuraning “Moliya” fanidan “Davlat moliya siyosatining olib borishning huquqiy asoslari” mavzusida tayyorlagan


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TAQDIMOTI

Toshkent-2020

Reja:


Davlat moliya siyosatining mazmuni va prinsiplari.

Davlat moliya siyosatining tarkibiy qismlari

Hozirgi sharoitdagi davlat moliya siyosatini olib borishning huquqiy asoslari.

Kirish


XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.

Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning sohalari, mintaqalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyasiya jarayonlarini va hokozolarni boshqarishi mumkin.

1. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:


Bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining maium bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur boigan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish

Qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari, vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish

Qo’yilgan vazifalami yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil etish.

Uch mantiqiy xulosa:


Birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balkijamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak;

Ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;



Uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.

Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sogiom faoliyat ko’rsatishiga erishish;
  • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
  • raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
  • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
  • korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlarini barqaror o’stirish;
  • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
  • foydani maksimallashtirish;
  • xarajatlarni minimallashtirish;
  • rentabelli faoliyatni ta’minlash va boshqalar.

Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:

  • moliya tizimi bo’g’inlarining okziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
  • barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi:
  • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • oxirgi maqsadga bog’liqlik;
  • xo’jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi;
  • jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi;
  • haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalishlarining umumiy ko’lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: -moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; -makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub’ektlari darajasida iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos boigan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; -markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo’yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; -ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo’yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish; -iqtisodiy o’sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish.

XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keyinchilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshladi. Unga ko’ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo’naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o’zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: -aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; -tadbirkorlik faoliyati o’sdi; -qo’shimcha talab shakllantirildi; -MD ko’paydi; -ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo’ldi va hokozo.

2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) quyidagilardan iborat:  byudjet siyosati;  soliq siyosati;  pul siyosati;  kredit siyosati;  baho siyosati;  investitsion siyosat;  ijtimoiy-moliyaviy siyosat;  boj siyosati.

3. O’zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  davlat byudjetidagi defitsitni yo’1 qo’yilgan eng kam daraja doirasida (YalMning 3—4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;  davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o’zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o’sishini ko’zlab yo’naltirishni ta’minlash;  ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko’tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;  ijtimoiy himoyaning maqsadli botishiga erishish, moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;  Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;  byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;

Soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: — soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish; — korxonalar zimmasidagi soliq yukini, qo’shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; — soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol- mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning ilg’or tizimini joriy etish.  mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bolgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish;  Davlat byudjeti daromadlarining kattaqismini joylarga biriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;  soliq siyosati belgilab bergar. chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moiiya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar.

Xulosa Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida yuqori kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi. Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi. Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b.
  • Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq 2005. 220 b.
  • Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
  • Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
  • Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
  • Yo‘ldoshev Z., Malikov T. Uy xo‘jaligi moliyasi. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
  • Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
  • Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling